Savriev Jasur Faxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Navoiy viloyati tarixiy yodgorliklari ta’mirlanishining asosiy yo‘nalishlari (1991-2020 yy.)”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar869.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: To‘raev Halim Hojievich, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Aminov Bobir Bomuratovich, tarix fanlari doktori; Temirov Farrux Umedovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik
II.Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida Navoiy viloyati tarixiy yodgorliklari ta’mirlanishining asosiy yo‘nalishlarini tarixiy nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Navoiy viloyati tarixiy yodgorliklarining to‘liq geografik joylashuvi, mustaqillikka qadar sovet davrida, me’moriy obidalarni muhofaza qilish va ta’mirlash ishlarining ommaviy asosda yo‘lga qo‘yilishiga kommunistik mafkura siyosatining to‘sqinlik qilganligi, shuningdek, din va qadriyatlarga qarshi qaratilgan g‘oyalarning hukmronligi sovet hokimiyatining dastlabki o‘n yilligida ko‘plab qadimiy shaharsozlik namunalarining buzilishi natijada o‘nglab bo‘lmas darajada zarar etkazilganligi aniqlangan;
shaharlar bosh rejalari ishlab chiqilishida ilk bor xalq me’morchiligi qadriyatlari davlat muassasalari binolari bilan birga pasportlashtirilishi natijasida tarixiy arxitektura yodgorliklari tarkibiga kiritilgan noyob turar joy ob’ektlari buyicha batafsil tarhlar tuzilgani, tipik va antiqa turar joylar davlat himoyasiga olinishi tavsiyanomalari ishlab chiqila boshlanganligi dalillangan;
Navoiy viloyatidagi XV-XX asrga mansub me’morchilik yodgorliklari Mavlono Orif Deggaroniy jome’ masjidi, Raboti Malik, Sardoba, Mir Sayyid Bahrom, Qosim Shayx, Chashma yodgorlik majmuasi, Xo‘ja Xisrav, Mirzachorbog‘ kabi madaniy ob’ektlarning ilk arxitekturaviy ko‘rinishlarining tiklanishida “Navoiy viloyati restavratorlar maktabi” ustalarining loyihaviy takliflari asos qilib olinganligi dalillangan;
Navoiy viloyatidagi mavjud ziyorat ob’ektlarini ta’mirlashda arxitektura va shaharsozlikning o‘ziga xos rivojlanish yo‘llari, shaharlarning me’moriy-rejaviy echimi ochib berilib, boshqa viloyatlardagi hunarmandchilik va ganchkorlik usullaridan farqli tomonlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Navoiy viloyatidagi tarixiy yodgorliklarni ta’mirlash va qayta tiklash, restavratsiya ishlari muammolarini o‘rganish va tahlil qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Navoiy viloyati tarixiy yodgorliklarining to‘liq geografik joylashuvi, mustaqillikka qadar sovet davrida, me’moriy obidalarni muhofaza qilish va ta’mirlash ishlarining ommaviy asosda yo‘lga qo‘yilishiga kommunistik mafkura siyosatining to‘sqinlik qilganligi. shuningdek, din va qadriyatlarga qarshi qaratilgan g‘oyalarning hukmronligi sovet hokimiyatining dastlabki o‘n yilligida ko‘plab qadimiy shaharsozlik namunalarining buzilishi natijada o‘nglab bo‘lmas darajada zarar etkazilganligiga oid ma’lumotlardan Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi “Mustaqillik ekspozisiyasi”ni, shuningdek tegishli bo‘limlarni ilmiy-uslubiy materiallar bilan boyitishda, 2021 yil 15 noyabrda Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan “Karmana ‒ avliyolar qadami etgan diyor” nomli grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Navoiy viloyati Jamoat fondining 2022 yil 20 maydagi 27/10-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi viloyatda maxsus kovorking markazining (tarixiy-madaniy munosabatlarni keng targ‘ib etuvchi) tashkil etilgan hamda xorijiy sayyohlar va investorlar uchun “Karmana mo‘’jizalari” nomli maxsus qo‘llanma nashrga tayyorlangan;
Navoiy viloyatidagi mavjud ziyorat ob’ektlarini ta’mirlashda arxitektura va shaharsozlikning o‘ziga xos rivojlanish yo‘llari, shaharlarning me’moriy-rejaviy echimi ochib berilib, boshqa viloyatlardagi hunarmandchilik va ganchkorlik usullaridan farqli tomonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi dasturlarini bajarishda xususan, Markazning qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining III bob “Tarixiy qadamjolar va me’moriy obidalarning qurilishi, noyob arxitekturasi, ularning saqlanishi hamda ichki turizmni rivojlantirishdagi ahamiyati”ni targ‘ib etishga qaratilgan 3.1-bandi “Turizmni rivojlantirishda qadimiy‒me’moriy inshootlar, sardoba, karvonsaroy, bozor, savdo do‘konlari va boshqa maishiy muassasalarning ahamiyati”ni targ‘ib etishda keng foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 26 maydagi 02/05-1021-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlatchiligimiz tarixi, qadimiy me’moriy obidalar, qadimiy maishiy inshootlar qurilishi va ta’mirlanishini o‘rganish, boy ma’naviy merosimizni dunyoga tanitish hamda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy‒metodologik qo‘llanma yaratilgan;
shaharlar bosh rejalari ishlab chiqilishida ilk bor xalq me’morchiligi qadriyatlari davlat muassasalari bilan birga pasportlashtirilishi natijasida tarixiy arxitektura yodgorliklari tarkibiga kiritilgan noyob turar joy ob’ektlari buyicha batafsil tarxlar tuzilgani, tipik va antiqa turar joylar davlat himoyasiga olinishi tavsiyanomalari ishlab chiqila boshlanganligi Karmana tumanidagi tarixiy yodgorliklarni mustaqillik yillarida ta’mirlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni tahlil qilish hamda ularni targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirishda keng foydalanilgan (Madaniy meros agentligining 2022 yil 27 apreldagi 02-01/1199-son ma’lumotnomasi). Bu ma’lumotlar Navoiy viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan tarixiy ob’ektlarni xatlovga olish va ular haqida ma’lumotlar tayyorlash imkonini yaratgan;
Navoiy viloyatidagi XV-XX asrga mansub me’morchilik yodgorliklari Mavlono Orif Deggaroniy jome’ masjidi, Raboti Malik, Sardoba, Mir Sayyid Bahrom, Qosim Shayx, Chashma yodgorlik majmuasi, Xo‘ja Xisrav, Mirzachorbog‘ kabi madaniy ob’ektlarning ilk arxitekturaviy ko‘rinishlarining tiklanishida “Navoiy viloyati restavratorlar maktabi” ustalarining loyihaviy takliflari haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston MTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalida namoyish etilgan “Ko‘hna manzillar” nomli ko‘rsatuvni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 7 maydagi 4045-288-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi teletomoshabinlarga Navoiy viloyatidagi mavjud ziyoratgohlar, tarixiy ob’ektlar haqidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.