Ro‘zieva Dilshoda Mavlonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik yillarida O‘zbekiston xotin-qizlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi ishtiroki (Navoiy viloyati misolida)”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar769.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Agzamxodjaev Saidakbar Saidovich, tarix fanlari doktori, professor; Djuraeva Nilufar Dalibaevna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida O‘zbekiston xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotdagi ishtirokini Navoiy viloyati misolida ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayollarga munosabat masalasidagi davlat siyosati Navoiy viloyati xotin-qizlarining oila va jamiyatdagi mavqeini yuksaltirishda, gender tenglikni ta’minlashda hamda ularning davlat, jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etgan holda, haqiqiy siyosat sub’ekti bo‘lishida namoyon bo‘layotganligi dalillangan;
Navoiy viloyati ayollar bandligini ta’minlashda kasanachilik va oilaviy biznes, xususiy tadbirkorlik, servis xizmati kabi samarali shakllarning bozor iqtisodiyoti talablari asosida zamonaviy tadbirkorlik, erkin raqobat muhitiga transformatsiyalashuvi iqtisodiy mustaqillikka xizmat qilganligi asoslangan;
Navoiy viloyatida xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining kelib chiqishi, ichki va tashqi migratsiyada ayollar ishtiroki ko‘rsatkichining o‘sib borishi, erta nikoh holatlari va oilaviy ajrimlarning kuzatilishida oiladagi nosog‘lom muhit, iqtisodiy etishmovchilik, ishsizlik kabi salbiy holatlar bosh omillar ekanligi dalillangan;
Navoiy viloyatida jinoyat yo‘liga kirgan har bir ayolga mahallalardagi faol ayollar biriktirilganligi, ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish viloyat markazi tomonidan xotin-qizlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishida yaqindan ko‘maklashayotgani ayollar o‘rtasida jinoyatchilikning kamayib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston xotin-qizlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi ishtiroki (Navoiy viloyati misolida) mavzusi bo‘yicha ilmiy xulosa, takliflar asosida:
ayollarga munosabat masalasidagi davlat siyosati Navoiy viloyati xotin-qizlarining oila va jamiyatdagi mavqeini yuksaltirishda, gender tenglikni ta’minlashda, ularning davlat, jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etgan holda, haqiqiy siyosat sub’ekti bo‘lishida namoyon bo‘layotganligi haqidagi ma’lumotlar va ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining «Xotin-qizlar huquqiy madaniyatini rivojlantirishning istiqbollari», «Oila muqaddas», «Ayol e’zozda», «Kelin va qaynona», «Ibratli oila», «Siz qonun himoyasidasiz», «O‘zbek ayoli» kabi mavzulardagi tadbirlar mazmunini nazariy va ilmiy jihatdan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining 2022 yil 1 iyuldagi 04-03/143-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada keltirilgan ilmiy yangiliklar orqali keng jamoatchilikda, xususan, xotin-qizlarga munosabat, gender tenglik masalalari ularga nisbatan hurmat hissini shakllantirish hamda jamiyatda o‘z o‘rniga ega ekanligini alohida ko‘rsatib berish orqali ma’naviy-axloqiy g‘oyalarni yuksaltirish, ayollar va erkaklar o‘rtasida murosa madaniyatini shakllantirish, pirovardida, jamiyat farovonligi va taraqqiyotini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarning samaradorligini oshirishda xizmat qilgan;
Navoiy viloyati ayollar bandligini ta’minlashda kasanachilik va oilaviy biznes, xususiy tadbirkorlik, servis xizmati kabi samarali shakllarning bozor iqtisodiyoti talablari asosida zamonaviy tadbirkorlik, erkin raqobat muhitiga transformatsiyalashuvi iqtisodiy mustaqillikka xizmat qilayotganligi asoslangan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi qoshidagi Navoiy viloyati Xotin-qizlar tadbirkorlik markazining grant loyihasidagi rejalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi qoshidagi Navoiy viloyati Xotin-qizlar tadbirkorlik markazining 2022 yil 4 martdagi 01/09-111-son ma’lumotnomasi). Mazkur materiallar asosidagi taklif va tavsiyalar viloyatda ayollar bandligini ta’minlashda kasanachilik, oilaviy biznes, xususiy tadbirkorlik, servis xizmati kabi samarali shakllardan xotin-qizlar orasida kasb egallash, halol mehnat qilish madaniyatini shakllantirish yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
xotin-qizlar masalasidagi davlat siyosati ayollarning oila va jamiyatda mavqeini yuksaltirishga, Navoiy viloyatida xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining kelib chiqishi, ichki va tashqi migratsiyada ayollar ishtiroki ko‘rsatkichining o‘sib borishi, erta nikoh holatlari va oilaviy ajrimlarning kuzatilishida oiladagi nosog‘lom muhit, iqtisodiy etishmovchilik, ishsizlik kabi salbiy holatlar bosh omillar ekanligi ko‘rsatilgan xulosalar, taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston tarixi» telekanali «Taqdimot» ko‘rsatuvining 2022 yil 19 aprel` kuni efirga uzatilgan sonlari ssenariysini tayyorlashda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 19 apreldagi 06/28-717-son ma’lumotnomasi). Ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish, mustahkam oilani shakllantirishga oid amaliy va nazariy-uslubiy tamoyillari asosida keng jamoatchilikka transformatsiyalash maqsad qilib olindi va maqsadga erishilgan.