Imamov Bobir Xujanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalar (1991-2018 yy.)”, 07.00.05 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tar463.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi ilmiy darajalarni beruvchi PhD/03/30.12.2021/SS/TAR.21.02 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qirg‘izboev Abdug‘affor Karimjonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Sultonova E’tibor Siddiqovna, siyosiy fanlar doktori, professor; Abdimuminov Oybek Bektemirovich, tarix fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2018 yillarda O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy sohalardagi aloqalari tarixining asosiy hamda o‘ziga xos xususiyatlarini tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asrning 90-yillarda O‘zbekiston tashqi siyosatida Turkiya Respublikasi bilan sarmoyaviy va intellektual aloqalarni rivojlantirish jarayonida hamkorlikning dastlabki bosqichida tashkiliy-huquqiy asoslarni shakllantirish, istiqbolli siyosiy muloqotlarni faollashtirish kabi masalalar dastlabki choralar sifatida ko‘rilganligi dalillangan;
O‘zbekiston va Turkiya Respublikalarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda o‘zaro aloqalarining rivojlanish tarixining uch bosqichi, ya’ni (1991-1999 yillar) siyosiy-huquqiy asoslarini yaratish, (2000-2016 yillar) o‘zaro munosabatlarning sovuqlashish va pasayishi hamda (2017 yil-h.v.) o‘zaro munosabatlarning keng qamrovli rivojlanishi kuzatilayotganligi tarixiy-tahliliy interpretatsiya asosida asoslangan;
davlatlar o‘rtasida ilm-fan, ta’lim, teatr va san’at sohalaridagi aloqalar, ijtimoiy integratsion jarayonlar hamda madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro manfaatli kelishuvlar xalqlar milliy madaniyatlarining boyishi, yuksalishi hamda ikki davlatning mushtarak milliy manfaatlari va istiqbollariga mos kelishi asoslab berilgan;
davlatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari O‘zbekistonda turizm va bozor munosabatlari infratuzilmasi zamonaviy talablar asosida takomillashtirilib, savdo va to‘qimachilik sanoatidagi muqobil sayyohlik yo‘nalishlarini tashkil etishda yangi tarixiy bosqichga o‘tish bilan bog‘liq o‘ziga xos jihatlar o‘z samarasini berayotganligi dalillar bilan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy sohalardagi hamkorligiga oid ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va takliflar asosida:
XX asr 90-yillarda Markaziy Osiyo mintaqasida geosiyosiy va geoiqtisodiy jarayonlar, O‘zbekistonning Turkiya bilan yaqin aloqalar o‘rnatilishining muhim tarixiy jihatlari va o‘ziga xos xususiyatlari hamda ikki davlat o‘zaro aloqalarining rivojlanish tarixining uch bosqichi ya’ni (1991-1999 yillar) siyosiy-huquqiy asoslarini yaratish jarayonlari, (2000–2016 yillar) o‘zaro munosabatlarning sovuqlashish va pasayish voqeliklari hamda (2016 yil-h.v.) o‘zaro munosabatlarning faollashuvi va keng qamrovli rivojlanishi kuzatilayotganligi tarixiy-tahliliy asosdagi ilmiy xulosalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida taqdim etilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi” telekanalining 2021 yil 3 maydagi 02-40-673-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash ahamiyatini aholining keng qatlamiga tushuntirishda qo‘shimcha ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qilgan;
O‘zbekiston va Turkiya bilan (1991-2018 yy.) tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, turizm, fan, ta’lim va madaniy sohalaridagi hamkorlik jarayonlarini asosiy xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlarini ilmiy va tarixiy dalillar asosida yoritish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tasarrufida bajarilgan FZ-2016-0908223644-son “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” (4 jild) mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 6 sentyabrdagi 3/1255-2432-son ma’lumotnomasi). Natijada ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi hamda rivojlanish tarixi, o‘zaro munosabatlarning asosiy yo‘nalishlari investisiya, engil sanoat, ilm-fan, turizm sohalaridagi o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha ilmiy bilimlarni rivojlantirish imkonini bergan;
O‘zbekiston va Turkiya madaniy hamkorligi, ikki xalqlar o‘rtasida madaniyat va san’at sohalaridagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Turkiya madaniyat vazirliklari bilan fan, ta’lim, madaniyat va san’at sohalari bo‘yicha hamkorlik qilishda davlatlararo kelishuvlar bajarilishini asoslash hamda o‘zbek-turk madaniy markazlar va do‘stlik jamiyati faoliyatini yoritishga oid materiallar Respublika turk madaniy markazlari va “O‘zbekiston–Turkiya” do‘stlik jamiyati faoliyatlariga (2018-2019 yy.) tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2019 yil 24 dekabrdagi 01-09-2382-son ma’lumotnomasi). Natijada Qo‘mitaning millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda hamda markazlar va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan.