Narzieva Ma’mura Norpulatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy qiyofa va manzara yaratishning adabiy-poetik tadqiqi (Abdulla Oripov she’riyati misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1576.
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshev Boynazar, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Hamroev Jumaqul, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdulla Oripovning poetik manzara va badiiy qiyofa yaratish mahorati, ularning shoir asarlarida voqelanishi, qonuniyatlari hamda badiiy-estetik ta’sirchanlikni ta’minlashdagi vazifasini ilmiy-nazariy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdulla Oripov lirikasida badiiy xarakter yaratishda dehqon, dorboz kabi milliy hamda ota, ayol, go‘dak singari umuminsoniy portretlar poetik tasvirda badiiy-estetik vazifa bajaruvchi portret-peyzaj, portret-detal`, psixologik portret kabi kategoriyalar orqali ifodalangani aniqlangan;
ijodkor she’riyatida peyzajning sof tabiat lavhalari, falsafiy obraz, ruhiy kayfiyatni ifodalash kabi vazifalarda qo‘llanilganligi dalillangan;
shoirning inson badiiy qiyofasini yaratishda mimika, imo-ishora, kulgi, ko‘zyosh, umr yoshi, ovoz, rang kabi portret fragmentlaridan foydalanganligi isbotlangan;
ijodkor mahorati badiiy qiyofa va manzara yaratishdagi temir odam, noma’lum odam, lo‘ttiboz kabi oddiy insonlar, Amir Temur, Pahlavon Mahmud, Sharof Rashidov singari tarixiy shaxslar qiyofasi hamda tabiat, yil fasllari va istiqlol manzaralari orqali yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdulla Oripov asarlarida badiiy qiyofa va manzara yaratishning adabiy tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Abdulla Oripov lirikasida badiiy xarakter yaratishda milliy va umuminsoniy portretlarning o‘rni poetik tasvirda badiiy-estetik vazifa bajaruvchi portret-peyzaj, portret-detal`, psixologik portret kabi kategoriyalar orqali ifodalanganiga oid xulosalardan O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihaning fol`klorshunoslik qismini bajarishda foydalanilgan (O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 16 oktyabrdagi 17-01-254-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy va umuminsoniy portretlar, portret-peyzaj, portret-detal`, psixologik portret kabi kategoriyalarni yaratishda xalqona ohanglarning badiiy-estetik qimmati va uning ahamiyatini ko‘rsatishga erishilgan;
shoirning inson badiiy qiyofasini yaratishda mimika, imo-ishora, kulgi, ko‘zyosh, umr yoshi, ovoz, rang kabi portret fragmentlaridan foydalanganligi kabi xulosalardan O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-GOO2 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihaning adabiy janrlar qismini bajarishda foydalanilgan (O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 22 noyabrdagi 17-01-255-son ma’lumotnomasi). Natijada poetik janrlarda portret va badiiy qiyofaning o‘ziga xos jihatlariga oid xulosalar ilmiy-nazariy dalillar orqali isbotlanishiga xizmat qilgan;
ijodkor she’riyatida peyzajning sof tabiat lavhalari, falsafiy obraz, ruhiy kayfiyatni ifodalash kabi vazifalarda qo‘llanilganligiga oid ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlanadigan “Adabiy jarayon” va “Tadqiqot” ko‘rsatuvlari uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali davlat muassasasining 2021 yil 13 sentyabrdagi 01-16/165-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur xulosalar ko‘rsatuvlarda poetik peyzaj va manzaraning adabiy poetik talqinini keng yoritish imkonini bergan;
Abdulla Oripovning badiiy qiyofa va manzara yaratishdagi mahorati zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi yetakchi tamoyillarga bog‘liq holda o‘rganilgan o‘rinlardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Onajonim she’riyat” to‘garagi ma’ruzalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 13 sentyabrdagi 01-03/1073-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy qiyofa, manzara tushunchalarining mazmun-mohiyati yoritilib, Abdulla Oripov she’riyatining inson ma’naviyatini boyitishdagi o‘rnini ko‘rsatishga erishilgan.