Saidova Mohinur Jonpo‘latovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Ped330.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori; Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligi zamonaviy shart-sharoitlar, tashkiliy, metodik-texnik, pedagogik-psixologik omillarni aniq va kognitiv vaziyatlarda diversifikatsion tashkil eta olishi hamda kasbiy etuk pedagog darajasiga amaliy erishish barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy-metodik kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmining komponentlari mustaqil ta’lim olish, mahorat darslarini amalga oshirish bosqichlarining texnologik taraqqiyoti hamda boshlang‘ich ta’limda o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha yangiliklarni o‘zlashtirish dinamikasini hisobga olib, ijodiy yondashuvli faoliyatini individuallashtirish asosida takomillashtirilgan;
masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining integrativ metodik tayyorgarligi zamonaviy texnik innovatsion, integratsion, modifikatsion, adaptiv, diversifikatsion, imitatsion, kognitiv vositalarni qo‘llash, amaliy va mustaqil ishlash ta’minoti mobilligini ta’minlash hamda unifikatsiyalash asosida bosqichma-bosqich takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini o‘quv materiallarini mediaresurslar orqali masofaviy ta’lim sharoitida taqdim etish, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining o‘zlashtirishini elektron nazorat qilish, ijodiy veb-kvestlarni masofaviy-kognitiv bajarish, o‘zini o‘zi kasbiy-shaxsiy rivojlantirish, pedagogning shaxsiy-motivatsion yo‘nalganligiga ustuvorlik berish omillarini o‘zaro samarali optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirish modeli maqsadli-motivatsion, konseptual-maqsadli, jarayonli-kreativ, integrativ-kognitiv, natijaviy-baholash komponentlari hamda modifikatsion faoliyatni ta’lim jarayoniga olib kirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligi zamonaviy shart-sharoitlar tashkiliy, metodik-texnik, pedagogik-psixologik omillarni aniq va kognitiv vaziyatlarda diversifikatsion tashkil eta olishi hamda kasbiy etuk pedagog darajasiga amaliy erishish barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Matematika o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 2 avgustdagi 257-son buyrug‘i, 257-022 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik parametrlari va zaruriy shart-sharoitlar mazmunini takomillashtirishga imkon yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy-metodik kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmining komponentlari mustaqil ta’lim olish, mahorat darslarini amalga oshirish bosqichlarining texnologik taraqqiyoti hamda boshlang‘ich ta’limda o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha yangiliklarni o‘zlashtirish dinamikasini hisobga olib ijodiy yondashuvli faoliyatini individuallashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Ta’limda mul`timedia texnologiyalaridan foydalanish” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i, berilgan 500-103 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy-metodik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi oshgan;
masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirish modeli maqsadli-motivatsion, konseptual-maqsadli, jarayonli-kreativ, integrativ-kognitiv, natijaviy-baholash komponentlari hamda modifikatsion faoliyatni ta’lim jarayoniga olib kirish asosida takomillashtirish yuzasidan ma’lumotlar “Matematika o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 2 avgustdagi 257-son buyrug‘i, 257-022 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining integrativ metodik tayyorgarligi zamonaviy texnik innovatsion, integratsion, modifikatsion, adaptiv, diversifikatsion, imitatsion, kognitiv vositalarni qo‘llash, amaliy va mustaqil ishlash ta’minoti mobilligini ta’minlash hamda unifikatsiyalash asosida bosqichma-bosqich takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Ta’limda mul`timedia texnologiyalaridan foydalanish” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i, 500-103 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini rivojlantirishda zamonaviy texnik vositalarni qo‘llash imkoni yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini o‘quv materiallarini mediaresurslar orqali masofaviy ta’lim sharoitida taqdim etish, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining o‘zlashtirishini elektron nazorat qilish, foydalanuvchilar va ular o‘rtasida ma’lumot almashinish, ijodiy veb-kvestlarni masofaviy-kognitiv bajarish, yangi tasavvurlar, g‘oya va fikrlarni o‘zida qamrab olgan elektron veb-saytni (http://dlpe-method.com) yaratish, o‘zini o‘zi kasbiy-shaxsiy rivojlantirish, pedagogning shaxsiy-motivatsion yo‘nalganligiga ustuvorlik berish omillarini o‘zaro samarali optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2020042147 raqamli “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot-ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 11 oktyabrdagi 02-07-3482/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada masofaviy ta’lim sharoitida mustaqil o‘quv faoliyatida elektron ta’lim muhitini yaratish hamda boshlang‘ich ta’limga doir fanlarni o‘qitish metodikasi va samaradorligini oshirish istiqbollarini strategik aniqlashga erishilgan.