Ro‘zimurodov Jalol To‘rabekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Marganes bilan ionli implantatsiyalangan kremniyning magnit va transport xossalari», 01.04.09–Magnit hodisalari fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/FM75.
Ilmiy rahbar: Quvodinqov Obloqul Quvandiqovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.29.08.2017. FM.02.04.
Rasmiy opponentlar: Mukimov Komil Mukimovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; O‘sarov O‘ktam Truatovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ionlar implantatsiyasi usuli bilan legirlangan kuchli kompensirlangan monokristall kremniyda ferromagnit holatni hosil qilish, yuqori spinli magnit nanoklasterlardagi almashinuv ta’sirlashuv tabiatini va ularning tok transportiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
marganes ionlari implantatsiya qilingan kremniy tarkibida asosan marganes ionlaridan tashkil topgan nanoklasterlar mavjud bo‘lgan, ferromagnit xossali, kuchli kompensirlangan kremniy olish mumkinligi ko‘rsatilgan;
kuchli kompensirlangan Si<B,Mn> namunalari marganes bilan ionli legirlanganda yuqori spinli magnit nanoklasterlar hosil bo‘lishi aniqlangan;
kuchli kompensirlangan Si<B,Mn> namunalarida xona haroratida ferromagnetizmning mavjud bo‘lishi aniqlangan;
kuchli kompensirlangan Si<B,Mn> namunalarida magnit nanoklasterlar bilan bog‘liq bo‘lgan musbat magnitoqarshilik, magnit qarshilik kinetikasi va gisterezisi aniqlangan;
kuchli kompensirlangan Si<B,Mn> namunalaridagi ferromagnit xususiyatni paydo qiluvchi nanoklasterlar ichida magnit tabiatli kirishmalar orasida va klasterlararo almashinuv ta’sir modeli taklif etilgan;
namunalarda zaryad tashuvchilar transportiga yuqori spinli nanoklasterlarning ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ionlar implantatsiyasi usuli bilan olingan Si<B,Mn> namunalarining sirt morfologiyasini o‘rganish va magnit hamda elektrofizik xossalarini tadqiq qilish asosida:
kuchli kompensirlangan kremniy Si<B,Mn> namunalaridagi marganesning yuqori spin holati modeli II.9.1.3-raqamli «Fizicheskie svoystva nanokristallicheskix i nizkorazmernix magnetikov» (2010–2012) loyihasida magnit nanostrukturalari spin holati modelini qurishda qo‘llanilgan (Rossiya FA Sibir` bo‘limi Fizika institutining 2017 yil 25 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish metall/kremniy planar nanostukturalarda o‘tish guruhi metallari silidsidlarining magnit xossalari va faza shakllanishi jaryonlarini aniqlash imkonini bergan;
kuchli kompensirlangan kremniy Si<B,Mn> namunalarida magnit nanoklasterlar bilan bog‘liq bo‘lgan musbat magnitoqarshilik, magnit qarshilik kinetikasi va gisterezisi paydo bo‘lishiga olib keluvchi namunalarni olish texnologiyasi va rejimlari N06-02-16604- raqamli «Magnitnie, magnitotransportnie i magnitopticheskie svoystva razbavlennix magnitnix poluprovodnikov i mul`tisloev» (2006–2008) loyihasida implantatsiya dozasini va kuydirish rejimini tanlashda qo‘llanilgan (Moskva davlat universitetining 2017 yil 19 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish Si:Mn namunalarini olish texnologiyasi rejimlarini to‘g‘ri tanlash imkonini bergan;
marganes magnit nanoklasterlaridagi bilvosita almashinuv ta’sirlashuvi mavjudligi va nazariy modeli hamda magnitlanish va magnit klasterlar konsentratsiyalari qiymatlari «The project of the Ukrainian State program Nanotechnologies and nanomaterials» loyihasi doirasidagi «Research of resonance excitation of evanescent waves in periodic nanostructures made of semiconductors and superconductors» (2010–2014) loyihasida yarimo‘tkazgichlar va o‘ta o‘tkazgichlardagi davriy nanostrukturalarda so‘nuvchi to‘lqinlarni uyg‘otish jarayonini tadqiq qilishda qo‘llanilgan (Ukraina FA Radioastronomiya institutining 2017 yil 26 dekabrdagi 237-687/20-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi marganesning magnit nanoklasterlari spin holatining va klaster ichidagi almashinuv ta’sirlashuvining davriy nanostrukturalarda so‘nuvchi to‘lqinlarni rezonansli uyg‘otishdagi ta’sirini aniqlash va tahlil qilish imkonini bergan;
Si<B,Mn> namunalari marganes bilan ionli legirlanganda yuqori spinli magnit nanoklasterlar hosil bo‘lishi, magnit qarshilik, aniqlangan magnit qarshilik kinetikasi va gisterezisi va ularning elektrofizik va magnit xossalariga doir o‘lchash natijalari hamda Mn+2, Mn+4 tipdagi yuqori spinli magnit nanoklasterlardagi almashinuv ta’sirlashuvlari modellari F2-FQ-0-47339, F2-015-raqamli «Kvant o‘lchamli nanostrukturalar fizikasi» (2012–2016) fundamental loyihasida nanoklasterlarda sochilish mexanizmlarini tahlil qilishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublika Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 7 dekabrdagi FTA–02-11/1282-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yuqori spinli va katta lateral yutishga ega bo‘lgan nanoklasterli yarimo‘tkazgichlar olish va ularning qo‘llanilish sohalarini topish bo‘yicha nanoklasterlarning tok tashish xarakteriga ta’siri jarayonlarini aniqlash imkonini bergan.