Malikov Kozim Gafurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Aksonometrik proeksiyalarni qurish vositasida talabalarning kreativligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta`lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped622.
Ilmiy rahbar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Saidaliev Saidkarim Saidnabievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksonometrik proeksiyani qurish vositasida talabalarning kreativligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kreativligini rivojlantirish metodikasining modeli samaradorlikni belgilovchi tuzilmaviy komponentlarning virtuallik va animatsiya, dizayn kabi illyustrativlik xususiyatlarining proektiv identivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
aksonometrik proeksiyalarning standart izometrik va diametrik proeksiyalari zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash dasturining didaktik imkoniyatlari va innovasion ta’lim texnologiyalarini produktiv ta’lim bilan qayta aloqasini hisobga olish asosida rivojlantirilgan;
aksonometrik proeksiyalarni qurish vositasida talabalarning kreativligini rivojlantirish videodarslar, loyihalash-konstruktorlik va grafik topshiriqlar talabalar kreativligini rivojlantirish tuzilmasining motivatsion-qadriyatli hamda ta’limning imitatsion-variativ va vizual-amaliy jarayoniga elektron ta’lim resurslarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kreativligini rivojlantirish traektoriyasi aksonometrik tekislikka proeksiyalash ko‘rsatkichlari samaradorligiga intensiv ta’sir ko‘rsatish darajasining gorizontal va vertikal uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladigan tashkiliy-funksional model` ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksonometrik proeksiyalarni qurish vositasida talabalarning kreativligini rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalarning kreativligini rivojlantirish metodikasini rivojlantirish modeli samaradorlikni belgilovchi tuzilmaviy komponentlarning virtuallik va animatsiya, dizayn kabi illyustrativlik xususiyatlarining proektiv identivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Arxitektura elementlarini loyihalash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 dekabrdagi 648-son buyrug‘i, 648-141-son nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning mantiqiy fikrlashi va fazoviy tasavvurlarini kengaytirish samaradorligi oshgan;
aksonometrik proeksiyalarning standart izometrik va diametrik proeksiyalari zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash dasturining didaktik imkoniyatlari va innovasion ta’lim texnologiyalarini produktiv ta’lim bilan qayta aloqasini hisobga olish asosida rivojlantirishga doir ma’lumotlar “Arxitektura elementlarini loyihalash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 dekabrdagi 648-son buyrug‘i, 648-141-son nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalar uchun chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanini o‘zlashtirish imkoni kengaytirilgan;
aksonometrik proeksiyalarni qurish vositasida talabalarning kreativligini rivojlantirish videodarslar, loyihalash-konstruktorlik va grafik topshiriqlar talabalar kreativligini rivojlantirish tuzilmasining motivatsion-qadriyatli hamda ta’limning imitatsion-variativ va vizual-amaliy jarayoniga elektron ta’lim resurslarni kiritish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Arxitektura elementlarini loyihalash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 dekabrdagi 648-son buyrug‘i, 648-141-son nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarning moslashuvchanlik, kommunikativlik sifatlarini rivojlantirish imkoni oshgan;
talabalarning kreativligini rivojlantirish traektoriyasi aksonometrik tekislikka proeksiyalash ko‘rsatkichlari samaradorligiga intensiv ta’sir ko‘rsatish darajasining gorizontal va vertikal uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladigan tashkiliy-funksional modelni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir takliflar “Arxitektura elementlarini loyihalash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 dekabrdagi 648-son buyrug‘i asosida berilgan 648-141-son nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarning izlanuvchanlik sifatlarini rivojlantirishga sharoit yaratilgan.