Mavlyanov Abdulaziz Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kirishma atomlari klasterlariga ega bo‘lgan kremniy xossalarini tadqiq etish», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/ FM37.
Ilmiy rahbar: Iliev Xolmurat Madjitovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.34.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatov Axmad Zaynidinovich, texnika fanlari doktori; Matchanov Nuriddin Azatovich, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Si2Mn2S (kremniy ikki-marganes ikki-oltingugurt)yacheykasiga ega bo‘lgan klaster struktura parametrlarini sonli hiosoblash va Mn hamda S bilan legirlangan monokristall kremniyning fotoelektrik xususiyyatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori haroratda oltingugurt bilan legirlangan yuzasida emirilish to‘liq yo‘qotilgan kremniy monokristal namunalari olingan;
S ga ega bo‘lgan monokristall kremniy namunasida ionizatsiya sathlari, fotoo‘tkazuvchanlikni infraqizil so‘ndirish (FO‘IQS) va to‘g‘ri ulangan holatda manfiy fotoo‘tkazuvchanlik aniqlangan;
Mn va S bilan legirlangan KDB-1da T=123K va T=198K haroratlarda oltingugurt hamda marganes bilan bog‘liq bo‘lgan chuqur sathlarining qayta zaryadlanishi bilan bog‘liq zaryad tashuvchilari ishorasining o‘zgarish effekti topilgan;
Mn va S ga ega bo‘lgan monokristall kremniy namunasidagi qisqa tutashuv toki zichligi va salt kuchlanishining qiymatlarida IQ-tashkil qiluvchining ham salmoqli hissasi mavjud bo‘lishi aniqlangan;
Si2Mn2S yacheykalarga ega bo‘lgan strukturaning to‘liq energiyasi, infraqizil tebranma va elektron spektrlari hamda elektronlarning joylashuv tartibi hisoblab chiqilgan;
Si2Mn2S yacheykalarga ega bo‘lgan klasterli strukturaning tebranishlar moddasi, taqiqlangan zonasi tirqish o‘lchamining qiymati Mn va S bilan legirlangan namunalarning tebranish spektri va fotoo‘tkazuvchanligi bo‘yicha olingan tajribaviy qiymatlari bilan etarlicha mos kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Si2Mn2S yacheykasiga ega bo‘lgan struktura parametrlarini sonli hisoblash va Mn hamda S bilan legirlangan monokristall kremniyning fotoelektrik parametrlarining xususiyligini ochish asosida:
kremniyni II va VI gruppa elementlari bilan ligerlash rejimlari «Trasporte Mono-y Bipolar en Estructuras Semiconductors» mavzusidagi Meksika innovatsiyalar markazining loyihasini bajarishda korroziyasiz yarimo‘tkazgichli strukturalar olishda qo‘llanilgan (Meksika innovatsiyalar markazining 2017 yil 5 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi yarimo‘tkazgichli nanoklasterli fotosezgir strukturalarning spektral diapazonini kengaytirish imkonini bergan;
kremniyni bir nechta bosqichda haroratni asta sekin oshirish yo‘li bilan emirishsiz diffuzili legirlashning texnologik jarayonlari «FOTON» aksiyadorlik jamiyatida yarimo‘tkazgichli asboblar ishlab chiqishda qo‘llanilgan («O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining2017 yil 6 oktyabrdagi 02-2075-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish yarimo‘tkazgichli asboblarning yuzasini emirishsiz holatda teng taqsimlangan legirlashni ta’minlashga imkon bergan;
ko‘p bosqichli past haroratda diffuziya o‘tkazgandan so‘ng namunani tezda sovutish yo‘li bilan kirishma atomlarni kremniy monokristallida tegishli chuqurlikda p-n-o‘tishli diod struktura hosil qilish usulidan YoA-FA-F004-raqamli «Katta diametrli monokristall kremniy asosida ikki koordinatali sezgir detektorni shakllantirish va tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 4 dekabrdagi FTA-02-11/1247-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish kremniyda diffuziya chuqurligini bir xilligini ta’minlashga imkon bergan.