Oltiev Azim To‘yqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yog‘larni pereeterifikatsiyalash xomashyolarining zaxirasini kengaytirish», 02.00.17–Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T260.
Ilmiy rahbar: Majidov Kahramon Xalimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximov Saidakbar Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Azimjon Normo‘minovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: «O‘zpaxtayog‘» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: soya va paxta moylaridan samarali foydalanib pereeterifikatsiyalangan yog‘lar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va xomashyo bazasini kengaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta va soya moyi aralashmalarini fraksiyalab salat moyi va pal`mitin olish uchun fraksiyalanilayotgan kupajdagi dezodoratsiyalangan paxta moyi, dezodoratsiyalangan soya moyi, rafinatsiyalanmagan soya moyi kupajining 50:44:6 nisbatini qo‘llash isbotlangan;
fraksiyalash jarayonini tezlashtirish bilan birga olinadigan fraksiyalash mahsulotlarining, xususan salat va paxta-soya pal`mitinining yog‘ kislotalari nisbatini talabga muvofiq mutanosiblashtirish maqsadida rafinatsiyalanmagan soya moyini qo‘llash asoslangan;
fraksiyalash jarayonida olingan paxta-soya pal`mitini va paxta-soya salat moyini pereeterifikisiyalangan yog‘lar ishlab chiqarishda yog‘li asos tarkibi sifatida foydalanish aniqlangan;
pereeterifikatsiyalangan yog‘lar ishlab chiqarish texnologiyasida paxta-soya pal`mitini va paxta-salat moylarini qo‘llash natijasida ω-6:ω-3 yog‘ kislotalari zaruriy mutanosibligini ta’minlash isbotlangan;
mahalliy xomashyolar asosida pereeterifikatsiyalangan yog‘lar olish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pereeterifikatsiyalangan yog‘lar ishlab chiqarish uchun xomashyo turlarini kengaytirish bo‘yicha olingan natijalarni amaliyotga joriy qilish asosida:
paxta va soya moylarini fraksiyalash jarayonini jadallashtirish texnologiyasiga «Toshkent yog‘-moy kombinati» aksionerlik jamiyatida texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqilgan (TSh 86-13/2009, TI.27.04.2012 y). Natijada fraksiyalash jarayonini intensivlashtirish imkonini bergan;
pereeterifikatsiyalangan yog‘lar ishlab chiqarish texnologiyasi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zpaxtasanoateksport» XKning 2017 yil 18 oktyabrdagi GP/2-2313-son ma’lumotnomasi). Natijada ω-6 va ω-3 yog‘ kislotalari bilan boyitilgan paxta-soya pal`mitinidan sifatli pereeterifikatsiyalangan yog‘ olish imkonini bergan;
paxtamoyinifraksiyalash jarayonini jadallashtirish va olinadigan pal`mitin asosida margarin ishlab chiqarish texnologiyasi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zpaxtasanoateksport» XKning 2017 yil 18 oktyabrdagi GP/2-2313-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’lum uchgliserid tarkibli yog‘larni aralashtirish, pereeterifikatsiyalash natijasida olingan yog‘li asoslar yordamida margarin mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini bergan.