Kim Natal`ya Dek-xenovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy koreys tilida muloqot maqsadi ifodalangan gap turlari», 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fil36.
Ilmiy maslahatchi: Pak Nelli Sergeevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Islamdjanova Xazifaxan, filologiya fanlari doktori, professor; Rudniskaya Elena Leonidovna, filologiya fanlari doktori (RFA Sharqshunoslik instituti, Rossiya).
Yetakchi tashkilot: Xankuk chet tillari universiteti (Seul, Koreya), O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy koreys tilidagi mavqe munosabatlari darajasini hisobga olgan holda, kommunikatsiya sharoitida gapning axboriy etarliligini ta’minlovchi omillar va gapning muloqot maqsadiga ko‘ra turlarini isbotlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijiy va koreys tilshunosligi materiallari asosida zamonaviy koreys tilidagi lisoniy hodisalar, xususan, real kommunikativ vaziyatda sintaktik birliklarning ma’lumot etarililigi va to‘liqligi muammolari aniqlangan;
ilk bor kommunikatsiyadagi gapning axboriy to‘liqligi yoki etarliligini ta’minlovchi omillar, gap tuzilmasining «harakatchanligi» muammosi, shuningdek, o‘rganilayotgan tildagi gap komponentlari o‘rtasidagi aloqalar dalillangan;
koreys tilida gapning real kommunikativ vaziyatda ma’lumot etarliligi kommunikativ birlikni shakllanishiga yordam beruvchi yaxlit formal, semantik va kommunikativ tuzilma sifatidagi talqini asoslangan;
nutq onidagi kommunikatsiya ishtirokchilarining emotsional holatining formal-semantik belgilari (markerlari) aniqlangan va nutq vaziyati adresant yoki adresat nuqtai nazaridan muhim ma’lumotni ajratishga xizmat qiladigan komponentlarning ekspressiv yo‘nalganligiga bog‘liq bo‘lishi dalillangan;
nutq vaziyatida -군요 [-gunyo], -네요 [-neyo], -나요 [-nayo], -는데요 [-nindeyo], -더라 (-더라고요) [-dora (doragoyo)], -거든 (거든요) [-godin (-godinyo)] kommunikatsiya ishtirokchilarining emotsional holati markerlarining qo‘shilishi vositasida tadqiq etilayotgan tildagi kommunikativ birlikni tavsiflashda yangicha yondashuvlar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy koreys tilida muloqot maqsadi ifodalangan gap turlari tadqiqi jarayonida olingan natijalar asosida:
Markaziy Osiyodagi koreys dialekti haqidagi ma’lumotlardan OT-F1-71-raqamli «Ilk va o‘rta asrlar Markaziy Osiyo mintaqasida etnolingvistik vaziyat» fundamental loyihasida foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 1 noyabrdagi FTA-02-11/992-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi, xususan, til vaziyati bilan bog‘liq materiallar etno-lingvistik jarayonlarni tavsiflashda qo‘shimcha ma’lumot sifatida xizmat qilgan;
dialekt o‘zgarishlari, rasmiy-hurmat ma’nosidagi murojaatlar, ularning qo‘llanilishi, koreys tilidagi og‘zaki nutq, turli nutq vaziyatlariga oid natijalardan O‘zbekiston koreys madaniy markazlari tomonidan tashkillashtirilgan koreyslarning O‘rta Osiyoga ko‘chirilishi munosabati bilan o‘tkazilgan hukumat tadbirlarida («Koreys adabiy tili va O‘zbekiston koreyslarining shevasi materiallari asosida», «우즈베키스탄고려인들의사회역할에대하여. O‘zbekiston koreyslarining ijtimoiy roli haqida») foydalanilgan (O‘zbekiston koreys madaniy markazining 2017 yil 22 noyabrdagi 20-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot materiallari Koreya madaniyati, til, tarixi, an’analari va urf-odatlarini yoritishga asos bo‘lgan;
muloqot ishtirokchilari orasidagi murojaat shakllari va kommunikativ birlik tadqiqi bilan bog‘liq natijalardan O‘zbekistondagi Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi ta’lim markazida foydalanilgan (O‘zbekistondagi Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi ta’lim markazining 2017 yil 10 noyabrdagi 18-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot materiallari koreys tilini o‘rganuvchilar uchun og‘zaki nutqni o‘stirishda manba bo‘lib xizmat qilgan;
koreys tilini o‘rganuvchi talabalarning ta’lim samaradorligiga ta’sir ko‘rsatgan kommunikativ vaziyatlar, nutqiy namunalar, amaliy materiallar, nutqiy vaziyat bilan bog‘liq natijalar 세종 학당 (Sedjon Xakdan) markazida foydalanilgan (세종 학당, 2017 yil 16 noyabrdagi 126-son ma’lumotnomasi). Tahlil va ilmiy xulosalar koreys tili bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilarga Koreyada til vaziyatini yoritishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
darak va so‘roq maqsadli gap shakllari, mavqe munosabatlari «LEE BUILD TRADE» va «Technology Pover Service» kompaniyalari xodimlarining koreys tili g‘zaki nutqini o‘qitish bo‘yicha o‘quv materiallarda o‘z ifodasini topgan («LEE BUILD TRADE» va «Technology Pover Service» kompaniyasining 2017 yil 29 noyabrdagi LBT 17-11-29-son, TPS 2017-11-10-son ma’lumotnomalari), Natijada kompaniya xodimlarining grammatik konstruksiyalar, kommunikativ affikslarni o‘zlashtirish darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.