Sayfullaev Anvar Islamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Predlog va ko‘makchilarning nominativ-sintagmatik va tipologik strukturaviy maqomi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil76.
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Qosimjon Pozilovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sa’dullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotningmaqsadi: hozirgi zamon ingliz tilidagi predloglar tizimi va o‘zbek tili ko‘makchilarining tipologik xususiyatlari, doimiy qo‘llanish me’yorini ko‘rsatuvchi semantik va kontekstual tavsifini berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tili predloglari tizimi va o‘zbek tili ko‘makchilari orasida struktur jihatdan tipologik o‘xshashlik va farqli tomonlari asoslangan;
predlog va ko‘makchilarning lisoniy maqomi, lisoniy qiymati, so‘z turkumlari tizimidagi o‘rni va ularni lingvistik modellashtirish asoslari va sintaktik xususiyatlari aniqlangan;
predlog va ko‘makchilar semantik jihatdan nomustaqil so‘zlar sirasidan o‘rin olishi, morfologik jihatdan o‘zgarmas so‘zlar qatorida bo‘lishi, ko‘makchilar esa sintaktik jihatdan kelishiklar bilan bir paradigmatik tizimga kirishi dalillangan;
predlog va ko‘makchilarning matn hosil qilish imkoniyati, yakka va tarkibli predloglarning kontekstual xususiyati hamda matniy o‘zgaruvchanligi asoslab berilgan;
predlogli va ko‘makchili qurilmalarni tarjima qilishdagi muammolar mavjudligi asoslangan va ularning echimiga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz va o‘zbek tillarida predlog va ko‘makchilarning nominativ-sintagmatik hamda tipologik xususiyatlarini tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:
o‘zbek tili ko‘makchilari FA-F1-G04-raqamli “O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish” mavzusidagi (2012–2016) fundamental loyihasi doirasida “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni agentligining 2017 yil 16 noyabrdagi FTA-02-11/1096-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan materiallar tegishli lug‘aviy birliklarning izohlanishida asos bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz tili predloglari va o‘zbek tili ko‘makchilari IOT-2012 -1.-32-raqamli Filologiya va tarjimonlik yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fanidan darslik va o‘quv-uslubiy kompleks yaratish” mavzusidagi (2012–2013) innovatsion ilmiy tadqiqot loyihasida qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 26 sentyabrdagi 87-03-2070-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjimaning grammatik muammolari bo‘limida predlog va ko‘makchilarning kontekstdagi vazifalari hamda ularning tarjimada berishdagi o‘ziga xos muammolarini yoritishga xizmat qilgan;
ingliz tili predloglaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali tomonidan efirga uzatiladigan “Imtihon” intellektual ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” davlat unitar korxonasining 2017 yil 5 sentyabrdagi 01-17/687-son ma’lumotnomasi). Natijada predloglarning kontekstdagi vazifalariga doir yangi yondashuvlar intellektual turkum ko‘rsatuv materiallarini tayyorlash jarayonida asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan.