Tillaboev Azlarxon Magbarxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Astronomiya kursini o‘qitishda zamonaviy ilmiy-tadqiqot natijalaridan foydalanish metodikasi (pedagogika oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (astronomiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3645.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Tursunov Ikromjon Gulamjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Ernazorova Gulnora Oblokulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Narbaev Azamat Baxramovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalarida astronomiya kursini o‘qitishda zamonaviy ilmiy-tadqiqot natijalaridan foydalangan holda, talabalarda ilmiy xabardorlik kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy ilmiy-tadqiqot natijalaridan foydalanishning didaktik modeli astronomiya fani o‘quv dasturlari mazmuni hamda talabalarning individual ehtiyojlar asosida auditoriyada va masofaviy o‘qitishga doir mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda uyg‘unlashtirish (Buffet) modellarini milliy kredit-modul` tizimiga adaptivlik darajasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida astronomiya kursi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilishning metodik shart-sharoitlari ilmiy natijalarining astronomiya kursiga integratsiyalashgan o‘quv faoliyatini ishonchlilik, ilmiy asoslanganlik, ommaviylik, izchillikni ta’minlash, avtonomligini qo‘llab-quvvatlash orqali mustaqil ta’lim samaradorligini oshirishning didaktik tizimini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining astronomiyadan ilmiy xabardorlik kompetensiyalarni rivojlantirish modelining didaktik ta’minoti (VIREO, MaxIm DL, Stellarium, Starry Night) dasturiy pedagogik vositalarni qo‘llashga hamda mustaqil ta’lim asosida ilmiy xabardorlik kommunikativligi darajasi interaktivligi va refleksivligini bevosita hisobga olish orqali ishlab chiqilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining ilmiy xabardorlik kompetensiyalarni rivojlantirishning zamonaviy ilmiy-tadqiqot natijalarini astronomiya kursini o‘qitishda an’anaviy va fundamental o‘qitish metodlarining integratsiyalashgan faoliyatli tuzilmasini astronomiya fani mazmuniga singdirishning pedagogik jihatlari asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Astronomiya kursini o‘qitishda zamonaviy ilmiy-tadqiqot natijalari va dasturiy maxsulotlardan vosita sifatida foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining ilmiy xabardorlik kompetensiyalarni rivojlantirishning zamonaviy ilmiy-tadqiqot natijalarini astronomiya kursini o‘qitishda an’anaviy va fundamental o‘qitish metodlarining integratsiyalashgan faoliyatli tuzilmasini astronomiya fani mazmuniga singdirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi «Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4884-son qarori ijrosiga binoan «O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimlarida o‘quv dasturlarining uzviyligini ta’minlash konsepsiyalari» hamda «O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim milliy dasturlari»ni takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 2022 yil 27 apreldagi 03-1006-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur uzluksiz ta’lim milliy dasturlari talabalarning tayanch va fanga oid ilmiy xabardorlik kompetensiyalari tarkibiy qismlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy ilmiy-tadqiqot natijalaridan foydalanishning didaktik modeli astronomiya fani o‘quv dasturlari mazmuni xamda talabalarning individual ehtiyojlar asosida auditoriyada va masofaviy o‘qitishga doir mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda uyg‘unlashtirish (Buffet) modellarini milliy kredit-modul` tizimiga adaptivlik darajasini ta’minlashga oid taklif va tavsiyalardan “60110700 - Fizika va astronomiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqilgan malaka talablari va “Astronomiya kursi” fan dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi 2022 yil 10 maydagi 02/01-01-08-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning fizika va astronomiya kursini o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida astronomiya kursi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilishning metodik shart-sharoitlari ilmiy natijalarining astronomiya kursiga integratsiyalashgan o‘quv faoliyatini ishonchlilik, ilmiy asoslanganlik, ommaviylik, izchillikni ta’minlash, avtonomligini qo‘llab-quvvatlash orqali mustaqil ta’lim samaradorligini oshirishning didaktik tizimini ishlab chiqishga tavsiyalardan F-2-07 raqamli “Quyosh toji yorug‘ nuqtalarining evolyusiyasi va chaqnash mexanizmlarining ilmiy-uslubiy tadqiqi” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022 yil 13 maydagi 02-07-1296/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarda ilmiy xabardorlik kompetensiyalarini rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining astronomiyadan ilmiy xabardorlik kompetensiyalarni rivojlantirish modelining didaktik ta’minoti (VIREO, MaxIm DL, Stellarium, Starry Night) dasturiy pedagogik vositalarni qo‘llashga hamda mustaqil ta’lim asosida ilmiy xabardorlik kommunikativligi darajasi interaktivligi va refleksivligini bevosita hisobga olish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflardan VA-FA-F2-009 raqamli “Quyosh aktivligi va toji tuzilmalari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022 yil 13 maydagi 02-07-1296/04-son dalolatnomasi). Natijada pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining dasturiy pedagogik vositalardan foydalanish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga erishilgan.