Axmedov Jaxongir Adxamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi strukturali tikuv va kashta iplarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/T113.
Ilmiy maslahatchi: Daminov Asqarali Davlatovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Abdukarimova Mavjuda Zokirovna, texnika fanlari doktori, professor; Axmedxodjaev Xamit Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Ergashov Muxammadrasul, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy ipakdan yangi strukturali tikuv, kashtachilik iplarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolardan foydalangan holda buram berish orqali ipak tikuv iplarini ishlab chiqarishni to‘rtta o‘timga qisqartirilgan texnologiyasi yaratilgan;
eshilgan iplarni bir nechtasini qo‘shgan holda buram berish, so‘ngra ulardan o‘rish usuli bilan jarrohlik ipak iplarini ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi yaratilgan;
viskoza va atsetat sun’iy ipak iplaridan popop kashtachilik iplarini olish usuli yaratilgan;
tayyor mahsulot darajasiga keltirish, keyingi jarayonda foydalanishga qulaylik yaratish maqsadida tikuv va kashta iplarini bo‘yash hamda pardozlashning ratsional texnologik rejimlari ishlab chiqilgan;
ipakning nanozarralari bilan modifikatsiyalash orqali xususiyatlari yaxshilangan poliakrilonitril iplarini olish usuli yaratilgan;
yuqori sifatli «3A» sinfiga mos xom ipak ishlab chiqarish uchun pillalarni chuvishning texnologik parametrlari asoslangan;
iplar mexanikasi nazariyasi asosida, yuk ta’sirida eshilgan iplarni deformatsion harakatlarini elementar tolalar xatti-harakati bilan bog‘lash yo‘li orqali murakkab eshilgan, o‘rilgan jarrohlik va tikuv iplarini eshish burchaklarining qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tabiiy ipakdan yangi strukturali tikuv iplarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xom ipakka buram berib eshilgan ipak ipini olish usuli bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (№IAP 05253-2016 y.) ixtiroga patenti olingan. Natijada ipak mahsulotlari assortimentini kengaytirish va yangi texnologiyasini yaratish imkoni ochilgan;
viskoza va atsetat iplarini qo‘shib buram berish orqali popop kashta tikuv iplarini ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (№IAP 05415-2017 y.) ixtiroga patenti olingan. Natijada sifatli popop tikuv iplari ishlab chiqarish texnologiyasi va tikuv iplari assortimentini kengayishiga imkon yaratilgan;
xom ipakka buram berib qo‘lda tikish uchun eshilgan ipak kashta ipini olish usuli bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (№IAP 05447-2017 y.) ixtiroga patenti olingan. Natijada qo‘lda kashta tikish uchun ishlatiladigan iplarni olishning sanoat usuli yaratilgan;
o‘rilgan xirurgik iplar uchun xom ipak tayyorlash usuli bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (№IAP 04078-2009 y.) ixtiroga patenti olingan. Natijada olingan jarrohlik ipida chigallanish bartaraf etilgan va foydalanishda qulaylik yaratilgan;
tabiiy ipakdan yangi strukturali tikuv iplarini ishlab chiqarish texnologiyasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» va «O‘zbekipaksanoat» uyushmalari tasarrufidagi korxonalarda, jumladan, Toshkent shahrining «SHARQ GULI» MChJ, «LUSSO FASHION TEXTILE» MChJ, Farg‘ona viloyatining «NURLI TONG SILK» MChJ, «YODGORLIK» MChJ (Marg‘ilon sh.), Andijon viloyatining «XARIR TOLA» MChJ, «IYMON POKLIGI» MChJ va Andijon viloyati Marhamat tumani tibbiyot boshqarmasida joriy etilgan («O‘zbek-ipaksanoat» uyushmasining 2017 yil 21 dekabrdagi ShA-03-17/1298-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining joriy etilishi orqali xalqaro standart talablarining «3A» sinfiga mos xom ipak olish, yangi texnologiya va usulda ishlab chiqarilgan iplar assortimentini qo‘llashda ish unumdorligini 10-15% ga oshirish imkoni yaratilgan.