Primova Xolida Anorboevnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sust shakllangan jarayonlar noravshan modellarini qurishning nokorrekt masalalarini echish usul va algoritmlari», 05.01.03–Informatikaning nazariy asoslari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/T120.

Ilmiy maslahatchi: Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Gulyamov Shuxrat Mannapovich, texnika fanlari doktori, professor; Usmanov Rishat Niyazbekovich, texnika fanlari doktori, professor; Nurmuxamedov Tolaniddin Ramziddinovich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sust shakllangan jarayonlar holatini baholash modellarini qurishda nokorrekt masalalarni noravshan to‘plamlar nazariyasi va Z-sonlar asosida echishning usul va algoritmlarini  ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sust shakllangan jarayonlar holatini baholashning noravshan modelini qurish jarayonida  yuzaga kelgan nokorrekt masalalarni aniqlash usuli noravshan holatda korrektlikning shartlarini tekshirish asosida takomillashtirilgan;

turli xil tegishlilik funksiyalar yordamida korrektlikning kompakt va kompakt bo‘lmagan sinflarini aniqlash usullari noravshan to‘plamlar nazariyasi va Z-sonlar  asosida takomillashtirilgan;

 turli xil tegishlilik funksiyalari yordamida sust shakllangan jarayonlar holatini baholash modelini qurishda yuzaga kelgan nokorrekt masalalarning turg‘un echimini olish usuli noravshan to‘plamlar nazariyasi asosida takomillashtirilgan;

nokorrekt masalalarning turg‘un echimini olish usuli Z-sonlar asosida takomillashtirilgan;

sust shakllangan jarayonlarni baholashning noravshan mantiqiy modelini qurishda hamda qaror qabul qilish  tizimini qo‘llab-quvvatlovchi tizimlarni takomillashtirishda shakllangan turg‘un bo‘lmagan masalalarni noravshan to‘plamlar nazariyasi asosida echish algoritmlari ishlab chiqilgan;

sust shakllangan jarayonlar holatini baholash modellarini qurishda yuzaga kelgan nokorrekt masalalarni Z-sonlar asosida echish algoritmi  ishlab chiqilgan;

noravshan to‘plamlar nazariyasi va Z-sonlar asosida noravshan muqobillashtirish masalasini echish algoritmi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sust shakllangan jarayonlar noravshan modellarini qurishning nokorrekt masalalarini echish usuli va algoritmlari hamda dasturiy vositalari asosida:

turli xil tegishlilik funksiyalar yordamida korrektlikning kompakt va kompakt bo‘lmagan sinflarini noravshan to‘plamlar nazariyasi va Z-sonlar  asosida aniqlashning takomillashtirilgan usullari Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan zarar bilan ishlayotgan korxonalarni moliyaviy holatini baholash uchun joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 22 noyabrdagi 33-8/7925-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida zarar bilan ishlayotgan korxonalarni baholash orqali 2013 yilda avvalgi yilga nisbatan ularning miqdorini Toshkent viloyatida 23%ga kamayishiga imkon bergan hamda ko‘rilgan zararlarni 3%ga kamaytirish imkonini bergan;

qaror qabul qilish  tizimini qo‘llab-quvvatlovchi tizimlarni takomillashtirishda shakllangan turg‘un bo‘lmagan masalalarni noravshan to‘plamlar nazariyasi asosida echish algoritmi va dasturi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan zarar bilan ishlayotgan korxonalarni iqtisodiy barqarorligi monitoringini o‘tkazish uchun joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 22 noyabrdagi 33-8/7925-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida yaratilgan dastur zarar bilan ishlayotgan korxonalarni iqtisodiy barqarorligi monitoringini o‘tkazish 2016 yil yakuni bo‘yicha avvalgi yilga nisbatan ularning miqdorini Toshkent viloyatida 15%ga kamayishiga, respublikada iqtisodiy nochor bo‘lgan korxonalarni 20%ga kamayish  imkonini bergan;

nokorrekt masalaning noravshan echimi, turg‘un noravshan echimini olish algoritmlari  “Bo‘kadavsuvmaxsuspudrat”  davlat unitar korxonasi tomonidan korxonaning iqtisodiy moliyaviy holatini baholash uchun joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 22 noyabrdagi 33-8/7925-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida korxonaning moliyaviy holatini baholash natijasida aylanma mablag‘lar hajmi 21,9 % ga oshishga xizmat qilgan;

nokorrekt masalalarni Z-sonlar asosida echishning algoritmik ta’minoti  “Alp Crypto” MChJda joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 22 noyabrdagi 33-8/7925-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida axborot tizimlarida aylanayotgan ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish va konfidensial ma’lumotlarni tashqariga chiqib ketishini oldini olishni  10-15 %ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish