Sayt test rejimida ishlamoqda

Shokirova Xavasxon Nurmamatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tilning lingvosemiotik strukturasi (cemantik-sigmatik, sintaktik-pragmatik aspekt asosida)”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Fil239.
Ilmiy rahbar: Hakimov  Muhammad  Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona  davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Xurinisa Sharopovna, filologiya fanlari doktori, professor; Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Muhamedova Saodat Xudoyberdievna,  filologiya fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi lingvosemiotik birlik sifatida lingvistik belgining semantik-sigmatik, sintaktik-pragmatik jihatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
olam milliy-lisoniy manzarasi semiotik belgilar va ularning tildagi ifodasini namoyon etishi, tilning mukammal sohasi hisoblangan semiotika semantika, sigmatika, sintaktika va pragmatika kabi tarkibiy qismlardan tashkil topishi  asoslangan; 
 lingvistik belgida semiotikaning semantik, sintaktik va pragmatik xususiyatlari, sigmatik aspektda ayrim so‘zlar etimoni va shakllanishi, ma’no, tushuncha, konsept paradigmasi va semantik modellar o‘zgarishi dalillangan;
lisoniy belgining nutqqa ko‘chishi, olam milliy lisoniy manzarasini anglashda so‘zning belgilik tabiati, belgining ifodalovchi va ifodalanmish jihatlari lingvosemiotik aspektda  ochib berilgan; 
lisoniy belgining semantik-sigmatik, sintaktik-pragmatik kontekstual xususiyatlari, unda shaxs omilining o‘rni, belgining konnotativ strukturasi hamda ifodaning eksplisit va implisit tarzda namoyon bo‘lishi  aniqlangan; 
kvazipragmatika pragmatik konsepsiya sifatida adresant manipulyasiyasi va kvaziperformativ ifodaning yashirin belgi orqali yuzaga chiqishi diskursning  yashirin pragmalingvistik qonuniyati asosida  isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tilning lingvosemiotik strukturasi (cemantik-sigmatik, sintaktik-pragmatik aspekt asosida) mavzusidagi tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:  
olam milliy-lisoniy manzarasi semiotik belgilar va ularning tildagi ifodasini namoyon etishi, tilning mukammal sohasi hisoblangan semiotika semantika, sigmatika, sintaktika va pragmatika  kabi tarkibiy qismlardan tashkil topishiga doir xulosalardan  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  Akademiyasi Qoraqalpog‘iston  bo‘limi  Qoraqalpoq  gumanitar  fanlar  ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillari bajarilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 21 yanvardagi 17-01/15-son ma’lumotnomasi). Natijada nazariy fikrlar va ilmiy xulosalar turkiy tillar leksikasi tasnifi, semiotik belgi, so‘z yasalishining funksional xususiyatlarini ilmiy dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
lingvistik belgida semiotikaning semantik-sintaktik va pragmatik xususiyatlari, sigmatik aspektda ayrim so‘zlar etimoni va shakllanishi,   ma’no, tushuncha, konsept paradigmasi va semantik modellar o‘zgarishiga doir materiallardan 2012-2014  yillarda  olib borilgan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 21 yanvardagi 17-01/14-son ma’lumotnomasi). Natijada nazariy fikrlar turkiy  tillarni o‘rganish sistemasida sigmatik-pragmatik taraqqiyot yo‘lini yoritishda, tadqiq qilishda asosli va tizimli xulosalar chiqarishga yordam bergan; 
lisoniy belgining nutqqa ko‘chishi, olam milliy lisoniy manzarasini anglashda so‘zning belgilik tabiati, belgining ifodalovchi va ifodalanmish jihatlari lingvosemiotik aspektda ochib berilganligiga oid takliflardan “Hozirgi o‘zbek tili” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 fevraldagi 01-237-son buyrug‘i). Natijada o‘zbek tili leksikasi tasnifi, lingvistik modellar tahlili hodisasiga oid fikr-mulohazalar darslik materiallarining ilmiy dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
lisoniy belgining semantik-sigmatik, sintaktik-pragmatik kabi kontekstual xususiyatlari, unda shaxs omilining o‘rni, belgining konnotativ strukturasi hamda ifodaning eksplisit va implisit tarzda namoyon bo‘lishi   haqidagi nazariy qarashlardan  “Pragmalingvistika asoslari” nomli darslik materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 24 yanvardagi 01-236-sonli buyrug‘i, 418-045-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada mazkur darslikning “Tilshunoslikning qiyosiy-tarixiy, sistem-struktur va antropotsentrik ilmiy paradigmalari”, “Pragmatikaning semiotik ildizlari”, “Leksopragmatika”, “Tilning konseptual, verbal va semantik strukturasi”, “Pragmatika, semantika, stilistika” kabi   mavzulari nazariy jihatdan takomillashgan; 
kvazipragmatika pragmatik konsepsiya sifatida adresant manipulyasiyasi va kvaziperformativ ifodaning yashirin belgi orqali yuzaga chiqishi diskursning  yashirin pragmalingvistik qonuniyati xususidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va  adabiyoti universitetida 2017-2018 yillarda bajarilgan OT-A1-018 “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 14 dekabrdagi 04/1-2532-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida chop etilgan “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” mavzusidagi  monografiya materiallarining mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan;
milliy tilimizning semantik-sigmatik va sintaktik-pragmatik tahlili, so‘zlarning tarixiy-etimologik xususiyatlariga doir xulosalardan doir xulosalardan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining “Qadriyat”, “Ma’naviyat sarchashmasi”,  “Til – millat faxri”, “Ziyo sari”, “Durdona”, “Zamondosh”, “Adabiy muhit” ko‘rsatuvlari hamda “Til – millat g‘ururi”, “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi”, “Ziyo maskanlarida” va “Oila maktabi” nomli radioeshittirishlari dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 27 dekabrdagi 400-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar yurtdoshlarimiz, xususan, yosh avlodni xalqimizning buyuk  ilmiy va ma’naviy merosiga hurmat, ona tilimizga muhabbat ruhida tarbiyalashga, ularning ilmiy bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish