Mirjamolov Mexriddin Xayriddinovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1. PhD/Ped85.

Ilmiy rahbar: Calamov Raxmatilla Salamovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.

Rasmiy opponentlar: Usmonxo‘jaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Akramov Jasur Anvarovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.

Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy hamda amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning funksional va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida organizm funksiyalarini qayta tiklashga qaratilgan klaster dasturini ishlab chiqishdan iborat.          

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tayanch-harakat apparati shikastlangan o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda fitbol gimnastikasi, muvozanat saqlashni yaxshilovchi, qaddi-qomatni shakllantiruvchi mashqlar majmuasi ishlab chiqilgan;

tayanch-harakat apparati shikastlanishlarining turli darajalari uchun adaptiv jismoniy tarbiyaning tiklashga qaratilgan  klaster dasturi ishlab chiqilgan;

klaster dasturi asosida mashg‘ulot olib borishning oylik va haftalik reja ishlab chiqilgan;

dasturda tayanch-harakat apparati shikastlangan o‘quvchilarning harakatlanish imkoniyatlari asosida jismoniy sifatlarini baholash mexanizmlari takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 

O‘zbekistonda jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish asosida:

ishlab chiqilgan klaster dasturidan Respublika ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejining tayanch-harakat apparati (THA) shikastlangan o‘quvchilar bilan olib boriladigan o‘quv mashg‘ulot jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport dalat qo‘mitasining 2017 yil 20 dekabrdagi  01-07-08-3931-son ma’lumotnomasi). Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kolleji tayanch-harakat apparati shikastlangan o‘quvchilarning harakat imkoniyatlarini rivojlantirishga imkon bergan;

fitbol gimnastikasi, muvozanat saqlashni yaxshilovchi, qaddi-qomatni shakllantiruvchi mashqlar majmuasi O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, bolalar-o‘smirlar sport maktablarining tayanch-harakat apparati shikastlangan shug‘ullanuvchilari va Pauerlifting federatsiyasi jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan olib boriladigan pauerlifting mashg‘ulotlarini olib borishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport dalat qo‘mitasining 2017 yil 20 dekabrdagi 01-07-08-3931-son ma’lumotnomasi). Natijada  tezkorlik sifati yakuniy natijalari 26%ga, chaqqonlik sifati 34.4%ga, egiluvchanlik sifati 63.6%ga, kuch sifati 47.3% o‘sishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish