Tosheva Dildora Abdumalikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zoonim komponentli maqollarning lingvokul`turologik xususiyatlari», 10.00.11–Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil224.
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti DSc.27.06.2017.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotningmaqsadi: zoonim komponentli maqollarni lingvokul`turologiya nuqtai nazaridan tahlil qilish, semantikasini yoritish, xalq madaniyati, qadriyatlari, urf-odat, an’analari, ijtimoiy munosabatlariga doir konseptlarni aniqlash, tavsiflash va tasnif qilish, shu asosda zoonim komponentli matnlarning lingvistik qiymatini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zoonimlar xilma-xilligining xalq madaniy muhiti bilan belgilanishi aniqlangan;
zoonimlarning maqollarda til va madaniyat munosabatlarini aks ettiruvchi birliklar sifatida ma’lumot berishi asoslangan;
milliy qadriyat, urf-odat va an’analarning, ijtimoiy munosabatlarning zoonim komponentli maqollarda ifodalanish darajasi aniqlangan;
zoonim komponentli o‘zbek maqollarining semantik va lingvokul`turologik xususiyatlari ochib berilgan, konseptual guruhlari aniqlangan;
zoonim komponentli maqollarda metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik kabi ko‘chim turlarining namoyon bo‘lishi va shu asosda ta’sirchanlikni ta’minlashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Zoonim komponentli maqollarning lingvokul`turologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
poetik matnda qo‘llangan xalq maqollari va frazemalar bilan bog‘liq o‘rinlarni tahlil qilishda, xalq dostonlarida qo‘llangan epik ot, tuya, it, bo‘ri va boshqa jonivorlar obrazining mifologik asoslari masalasini yoritishda xalq maqollaridagi jonivorlar bilan aloqador xalq ishonchlari hamda ular to‘g‘risidagi tasavvurlarning kelib chiqish tarixiga doir qarashlardan “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari” fundamental loyihasining o‘ttiz to‘rtinchi (“Zulfizar” dostonlar) jildida berilgan “Zulfizar” dostoni variantlarini nashrga tayyorlash, matn yuzasidan lug‘at tuzish va ilmiy izohlar yozishda tadqiqot natijalaridan foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 14 iyuldagi FTA-02-11/315-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi natijasida ilmiy izohlar tuzilgan, poetik matnda qo‘llangan xalq maqollari va frazemalar bilan bog‘liq o‘rinlar tahlil qilingan;
Alisher Navoiy ijodida keng qo‘llangan it, ot timsollarining badiiy-estetik ahamiyati hamda mazmunini yoritishda “Alisher Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga bag‘ishlangan o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash va nashr etish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 27 noyabrdagi 89-03-2994-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida “Ta’lim bosqichlarida Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish” o‘quv qo‘llanmasi yangi ilmiy manba va qarashlar bilan boyigan.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanalining “Bilimdon” intellektual tanlovida bo‘ri komponentli maqollardagi totemizm bilan bog‘liq qarashlardan, “Biz uchun muhim”, “Zakovat” ko‘rsatuvlarida tilning to‘plash vazifasi, maqollarning milliy-madaniy qarashlarni aks ettirishdagi o‘rni, shaxs xarakteri bilan bog‘liq konseptlarni yoritishda tuya, ot, tulki, arslon komponentli maqollar tahlilidan, zoonimlarning shaxs fe’l-atvorini ta’sirchan ifodalashdagi ahamiyatini ko‘rsatishda qush, baliq, it komponentli maqollar izohidan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanalining 2017 yil 29 noyabrdagi 02-13-2019-son ma’lumotnomasi). Bu orqali ushbu ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan, yangi manbalar bilan takomillashgan.