Raxmanov Zafar Odilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi shimoliy hududlarining o‘zlashtirilish bosqichlari (arxeologik yodgorliklarning o‘rganilishi asosida)», 07.00.06. - Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tar151.
Ilmiy rahbar: Isamiddinov Muhammad Hasanovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy arxeologiya markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSc.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: Asqarov Ahmadali, tarix fanlari doktori, professor, akademik; Qudratov Solijon Sulaymonovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysi shimoliy hududlarining qadimgi davrdan ilk o‘rta asrlargacha bo‘lgan o‘zlashtirilishi bosqichlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shimoliy Farg‘ona hududidagi Xok, Aflotun xazinalari, Norin, Qoradaryo va Qorasuv havzalaridan topilgan qadoqtoshlarga ko‘ra ilk bronza davrlarida O‘rta Zarafshon, O‘rta Osiyo janubi va Yaqin Sharqning qadimgi dehqonchilik qabilalarining o‘zaro aloqalari mavjudligi dalillangan;
Shimoliy Farg‘ona hududida aniqlangan 150 dan ortiq arxeologik yodgorliklar joylashuviga ko‘ra Chodaksoy, G‘ova-Sumsarsoy, Kosonsoy, Podshotasoy, Chortoqsoy, Uchqo‘rg‘on-Norin nomli 6 ta sug‘orish mikrovohalariga ajratilgan;
Quyultepadan olingan yangi arxeologik materiallarga ko‘ra yodgorlikning davrlashtirilishi ilgari taklif etilgan miloddan avvalgi II–I – milodiy V–VI asrlar bilan emas, balki milodiy II asrning ikkinchi yarmi – V–VIII asrlarga tegishli ekanligi isbotlangan;
Qovunchi madaniyatining ta’siri Farg‘ona vodiysining shimoli-g‘arbiy qismiga nisbatan (III–IV asrlar) vodiyning shimoli-sharqiy hududlarida VI–VII asrlarda, ya’ni G‘arbiy Turk xoqonligi hukmronligi o‘rnatilgandan so‘ng kuchayganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Farg‘ona vodiysi shimoliy hududlarining o‘zlashtirilish bosqichlari (arxeologik yodgorliklarning o‘rganilishi asosida)” mavzusidagi tadqiqot bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Shimoliy Farg‘ona hududidagi Xok, Aflotun xazinalari, Norin, Qoradaryo va Qorasuv havzalaridan topilgan qadoqtoshlar ilk bronza davrlarida Yaqin Sharq, O‘rta Osiyo janubi va O‘rta Zarafshon vohasining qadimgi dehqonchilik qabilalari va  Farg‘ona vodiysi hududidagi ilk bronza davri dehqon jamoalarining o‘zaro aloqalari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Arxeologik tadqiqotlar institutining “O‘zbekistonning qadimgi dehqonchilik madaniyatlari va ko‘chmanchi chorvadorlar dunyosi: mil. avv. III – milodiy I ming yilliklari boshlarida o‘zaro aloqalar va ta’sirlar muammosi” (2012-2016 yy) mavzusidagi fundamental loyiha faoliyatida foydalanilgan. Bu O‘zbekiston tarixining qadimgi davrlari bo‘yicha yangi ma’lumotlar bazasini yaratishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 16 noyabrdagi 3/1255-3179-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysining shimoliy hududlarini dehqon jamoalari tomonidan o‘zlashtirilishi ilk bronza davrida amalga oshirilganligi arxeologik manbalar asosida ilmiy asoslab berilgan;
Shimoliy Farg‘ona hududida aniqlangan 150 dan ortiq arxeologik yodgorliklar joylashuviga ko‘ra Chodaksoy, G‘ova-Sumsarsoy, Kosonsoy, Podshotasoy, Chortoqsoy, Uchqo‘rg‘on-Norin kabi 6 ta sug‘orish mikrovohalariga ajratish Fanlar akademiyasi Arxologik tadqiqotlar insitutining arxeologik yodgorliklarni ro‘yxatini tuzish faoliyatida foydalanilib, arxeologik yodgorliklar katalogini tuzshi bo‘yicha olingan ma’lumotlar Shimoliy Farg‘ona (Namangan viloyati) hududida joylashgan madaniy meros ob’ektlari pasportlarini yaratishga, turistik marshrutlarni shakllantirishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 16 noyabrdagi 3/1255-3179-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysi shimoliy hududlari qadimgi va ilk o‘rta asrlar davri arxeologik yodgorliklarini hisobga olish, hozirgi kunda ularning soni va geografik joylashuviga aniqliklar kiritishga doir ishonchli ma’lumotlarni berish imkoniyati yaratilgan;
Kuyultepadan olingan yangi arxeologik materiallar asosida yodgorlikning davrlashtirilishi  ilgari taklif etilgan  miloddan avvalgi II-I – milodiy V-VI asrlar bilan emas, balki milodiy II asrning ikkinchi yarmi – V-VIII asrlarga tegishli ekanligi haqidagi xulosalardan “O’zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“O’zbekiston” teleradiokanali DUKning 2020 yil 30 yanvardagi 02-40-225-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysi shimoliy hududlari kulolchiligi tarixiga doir yangi ishonchli ma’lumotlar berish imkoniyati yaratilgan;
Quyultepada olib borilgan tadqiqotlar natijasida Qovunchi madaniyatining ta’siri Farg‘ona vodiysining shimoli-g‘arbiy qismiga nisbatan (III–IV asrlar) vodiyning shimoli-sharqiy hududlarida VI–VII asrlarda, ya’ni G‘arbiy Turk xoqonligi hukmronligi o‘rnatilgandan so‘ng kuchayganligi isbotlanganligi, o‘rta asr arxeologik yodgorliklarini boshqa mintaqalar bilan qiyosiy tahliliga ko‘ra olingan tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining “Dunyo bo’ylab” telekanalida 2019 yilda efirga uzatilgan “Ekspedisiya” ilmiy-ma’rifiy teleko‘rsatuvini tayyorlashda manba sifatida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo’ylab” DUKning 2019 yil 22 oktyabrdagi 08–14-434-son ma’lumotnomasi). Yuqoridagi ma’lumotlar ko‘rsatuvni ilmiy dalillar bilan boyitish va uning ommabopligini ta’minlash bilan birga, mamlakatimiz madaniy merosining o‘rni va ahamiyatini xalqimizga etkazish vositasi bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish