Egamberdieva Guzal Akramjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda turizm sohasidagi transformatsiya jarayonlari (1991-2020 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar495.
Ilmiy rahbar: Kobzeva Ol`ga Petrovna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Shadmanova Sanovar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor; Raximov Mirzoxid Akramovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2020 yillarda O‘zbekistonda turizm sohasidagi transformatsiya jarayonlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillikning dastlabki yillarida turizm iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solingan tarmog‘i hali rivojlanmaganligi, turizm sohasida prognozlash, uzoq muddatli rejalashtirish va hududiy tashkil etishga e’tibor berilmaganligi, soha o‘zini-o‘zi moliyalashtirganligi, turizm faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasi yo‘qligi, turizm muassasalari bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lmaganligi kabi sabablarga ko‘ra turizm sohasining uzoq yillar davomida rivojlanmay qolganligi dalillangan;
1990-yillarda yagona sayyohlik zonasining qulashi, ijtimoiy muammolar (ishsizlik, daromadlarning kamayishi, an’anaviy), Inturist bilan mehnat sayohatlari va turistlar tranziti borasidagi aloqalarning uzilishi O‘zbekistonda sayyohlik hamkorligining yo‘qolishiga olib kelganligi, dunyoda turli pandemiyalarning tarqalishi tufayli 1990 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda MDH hududiga mintaqaviy sayyohlar oqimi kamayib borganligi aniqlangan;
turizm turlarini isloh qilish uchun turizm rivojlangan davlatlar tajribasining qo‘llanilishi, xususan, Fransiyaning qishloq turizmini rivojlantirish (Varganza), Germaniyaning etnografik qishloqlar barpo etish (Konigil, Sentob, Kumushkon), Rossiya va Hindistonning “Oltin halqa” brendidan foydalanish (Xorazm oltin halqasi, Toshkent viloyati oltin halqasi) Xitoyning uzoq muddatli dam olish kunlari kabilar mavsumiy bo‘lmagan davrlarda ham ichki sayyohlarni jalb qilish imkonini berganligi asoslangan;
O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishning asosiy bosqichlari aniqlanib, me’yoriy-huquqiy bazaning shakllanishi va isloh qilinishiga ko‘ra 4 davrga bo‘linganligi, birinchi bosqichda (1990-1998 yy.) turizm tarmog‘i infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab olinganligi, ikkinchi bosqichda (1999-2005 yy.) turizm sohasida bozor mexanizmining faoliyati va uning davlat tomonidan tartibga solinishi yo‘lga qo‘yilganligi, uchinchi bosqichda (2005-2016 yy.) turizm sohasidagi investisiya va marketing chora-tadbirlari aniqlanganligi, to‘rtinchi bosqichda (2017-2021 yy.) turizm iqtisodiyotning strategik tarmog‘iga aylanganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda turizmni rivojlanishiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishning asosiy bosqichlarini aniqlash imkonini berdi va me’yoriy-huquqiy bazaning shakllanishi va isloh qilinishiga ko‘ra 4 davrga bo‘linganligi, birinchi bosqichda (1990-1998 yy.) turizm tarmog‘i infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab olinganligi, ikkinchi bosqichda (1999 – 2005 yy.) turizm sohasida bozor mexanizmining faoliyati va uning davlat tomonidan tartibga solinishi yo‘lga qo‘yilganligi, uchinchi bosqichda (2005-2016 yy.) turizm sohasidagi investisiya va marketing chora-tadbirlari aniqlanganligi, to‘rtinchi bosqichda (2017-2021 yy.) turizm iqtisodiyotning strategik tarmog‘iga aylanganligi haqidagi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan hududlarda turistik infratuzilmalarni rivojlantirishga qaratilgan maqsadli dasturlarni ishlab foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 26 avgust 17-02-5631-son ma’lumotnomasi). Natijalar “O‘zbekiston Respublikasida mintaqaviy turizm statistikasi” loyihasini ishlab chiqish va turizm sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishni yanada mustahkamlashga xizmat qilgan;
turizm turlarini isloh qilish uchun Xitoy, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Rossiya tajribasi qo‘llanilishi, qishloq turizmini rivojlantirish (Varganza), etnografik qishloqlar barpo etish (Konigil, Sentob, Kumushkon), “Oltin halqa” brendidan foydalanish (Xorazm oltin halqasi, Toshkent viloyati oltin halqasi) mavsumiy bo‘lmagan davrlarda ham ichki sayyohlarni jalb qilish imkonini berganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha Qo‘mita tomonidan hududlardagi ziyorat turizmi ob’ektlaridan samarali foydalanish yuzasidan yo‘riqnomalar ishlab chiqish foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning 2021 yil 3 iyundagi 02-06/3621-son ma’lumotnomasi). Bu jamoatchilik, ishbilarmon doiralar va din arboblari orasidan xorijlik mutaxassislarni jalb etgan holda sayyohlar oqimini yanada kengroq jalb etish maqsadida O‘zbekistonda yangi sayyohlik obektlarini qamrab olish, ziyorat turizmining yangi yo‘nalishlarini belgilash imkonini bergan.