Tursunova Nargiza Xamraqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Al`ber Kamyu prozasining xususiyatlari («Sizif haqida afsona», «Begona» va «Vabo» asarlari misolida)», 10.00.04 – «Evropa, Amerika va Avstraliya xalqalari tili va adabiyoti» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.02.PhD/Fil823.
Ilmiy rahbar: Karshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12. 2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Nasirov Azimidin Normamatovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat jahon tillar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr postmodernizm adabiyotining yirik yo‘nalishlaridan biri ekzistensializm davri adabiyotini va Al`ber Kamyuning «Sizif haqida afsona», «Vabo» va «Begona» asarlari poetikasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr badiiy ijodida ekzistensializm yo‘nalishi yangi model` sifatida yuzaga kelgan postmodernizmning ko‘rinishlaridan biri ekanligi A.Kamyuning 40-yillardan keyin yozgan asarlari asosida aniqlangan;
Sizif A.Kamyuning asosiy afsonaviy qahramonlaridan biri bo‘lib, uning Xudolar tomonidan yolg‘izlikka mahkum qilinganligi, umrining oxirigacha xarsang toshni cho‘qqiga yumalatishdan to‘xtamaganligi va engilmasligi dalillangan;
«Sizif haqida afsona» essesi, «Begona» qissasi va «Vabo» romani qahramonlarining taqdirlarini taqqoslashga ko‘ra ushbu yaratilgan obrazlar o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlik borligi asoslangan;
«Begona» qissasida «absurd dunyo va absurd inson» holatlarini tasvirlashda muallif turli badiiy tasvir vositalaridan foydalangani, «Vabo» romanida qahramonlar hayoti rivojini kuzatish uchun aynan yopiq Oran shahri makon sifatida aks etgani dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Al`ber Kamyu ijodida ekzistensializm g‘oyalari, absurd inson va absurd olamni tasvirlashda poetik tasvir xususiyatlari va qahramonlar ruhiy olamini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
J.-P.Sartr, A.Kamyu, J.Joys, V.Vul`flar XX asr adabiyotining ekzistensializm yo‘nalishi vakillari bo‘lganligi, ushbu ijodkorlar tomonidan yaratilgan asarlardagi qahramonlarning «absurd olami»ga oid olingan xulosalardan Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan 2018-2020 yillarda amalga oshirilgan I-204-4-5 «Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish» nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 2 martdagi 533/30.0201-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va fransuz adiblari asarlari qahramonlarining absurd olami inson ruhiy holatiga ta’siri haqida ma’lumot olishga erishildi;
XX asr badiiy ijodida ekzistensializm yo‘nalishi yangi model` sifatida yuzaga kelgan postmodernizmning ko‘rinishlaridan biri ekanligiga oid xulosalardan «Littérature française du XXe siècle» (XX asr fransuz adabiyoti) o‘quv qo‘llanmasida XX asrning buyuk yozuvchilari hayoti va ijodi haqida ma’lumot, badiiy asarning qisqacha mazmuni, asarning paydo bo‘lishi, fransuz tilida badiiy matndan parcha, matn yuzasidan savollar, matnga doir fransuz, rus va o‘zbek tillarida lug‘at va asarning har bir qahramoniga ta’rif berilgan bo‘lib, u 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish, 5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (fransuz tili), 5120200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (fransuz tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining «Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti» fanidan qo‘llanma sifatida tavsiya etilib, mazkur qo‘llanmada ekzistensializm vakillari J.-P.Sartr va A.Kamyu hayoti va ijodi yoritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-sonli buyrug‘i). Natijada qo‘llanmada A.Kamyuning 40-yillardan keyin ushbu yo‘nalishda yozgan asarlari haqidagi ma’lumotlar kiritilgan va bu sohada talabalar bilimining boyishiga xizmat qilgan;
fransuz ekzistensializm adabiyotiga, aynan Al`ber Kamyu asarlariga bo‘lgan qiziqishni oshirishga oid xulosalardan Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi adabiyot sohasidagi madaniy aloqalar dasturida foydalanilgan (O‘zbekistondagi Fransiya elchixonasi qoshidagi «Alliance Française» o‘quv markazining 2020 yil 5 oktyabrdagi 110-son ma’lumotnomasi). Natijada XX asr badiiy asarlarida uchraydigan ayrim an’anaviy jihatlar, xususan, hozirgi kunda insoniyat hayotida muammoga aylanib borayotgan «absurd» holatning jahon adabiyotidagi badiiy talqiniga xos xususiyatlari haqidagi ilmiy tasavvur va tushunchalarni boyitishga yordam bergan;
A.Kamyuning «Vabo» romanining tahlili asosida olingan xulosalardan Samarqand viloyati radiosi «Suhbatdosh» eshittirishilarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 14 oktyabrdagi 09-01/307-son ma’lumotnomasi). Natijada G‘arb adabiyoti tinglovchilarbning qiziqishini oshirishga xizmat qilgan hamda XX asr badiiy ijodida yangi model` sifatida yuzaga kelgan ekzistensializm postmodernizmning ko‘rinishlaridan biri ekanligi A.Kamyuning «Vabo» romani qahramonlari talqini orqali yoritib berilgan.