Ravshanov Sherbek Tursunqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Turkistonga Rossiya imperiyasi aholisi ko‘chib kelishining ijtimoiy tarixi (XIX asr ikkinchi yarmi – 1917 yil)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2019.3.PhD/Tar539.
Ilmiy rahbar: Alimova Dilorom Agzamovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Murtazaeva Raxbar Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor; Rasulov Abdulla Nuritdinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr ikkinchi yarmi – 1917 yilda Turkistonga Rossiya imperiyasidan ko‘chirilgan aholining ijtimoiy tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkistonda amalga oshirilgan ko‘chirish siyosati o‘lkani boshqarish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etganligi hamda general-gubernatorlik ma’muriyati ko‘chirib keltirilganlarga mahalliy aholining noroziliklariga qarshi turadigan  tayanch va xalqni ruslashtira oladigan kuch sifatida qaraganligi aniqlangan;
Turkiston o‘lkasini boshqarishga doir 1886 yildagi, ko‘chirishga doir 1903 yildagi ishlab chiqilgan qonun va tartiblarda Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlarida ko‘chirilgan aholi uchun ajratilishi kerak bo‘lgan er va suv resurslarining mavjudligi bilan bog‘liq muammolar, o‘lka ma’muriyati ko‘chirish tadbirlarini o‘zboshimchalik bilan amalga oshirganligi, ularni joylashtirish, er ajratish hamda moliyaviy ta’minotga oid vaziyat nazarda tutilmaganligi kabi muammolarning yuzaga kelgani, natijasida imperiya hukumatining qabul qilgan qarorlari istiqbolli emasligi asoslangan;
Rossiya imperiyasi aholini Turkistonga ko‘chirish asosida markaziy guberniyalarida vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy tanglikni yumshatish, shuningdek, turli o‘lkalardan ko‘chirib keltirilgan aholini imperiya manfaatlari atrofida yanada jipslashtirib, ularning ko‘chi orqali mustamlaka boshqaruvini mustahkamlash, o‘sha paytgacha ancha havfli hisoblab kelingan mahalliy aholi orasiga chuqurroq kirib borish orqali mustamlaka mavqeini yanada mustahkamlash nazarda tutilganligi ochib berilgan;
ko‘chirib keltirilganlar mahalliy aholidan ajratilgan holda alohida posyolka va massivlarga joylashtirilishi, harbiy nozirlar tomonidan mahalliy aholiga qarshi kuch sifatida foydalanib, ularga qurol tarqatilishi, ko‘chirilgan oilalar farzandlari uchun maktab, tibbiy xizmat markazlarining juda past ekanligi, turmush tarzida ularga ajratilgan pul mablag‘larining faqat qog‘ozda qolib ketganligi hamda mahalliy va ko‘chirilgan aholi o‘rtasidagi har qanday nizo ko‘chirilgan aholining foydasiga hal etilganligi o‘lka boshqaruv tizimi tengsizlik asosida qurilganligini ko‘rsatuvchi omillar ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri ‒ XX asr boshlarida Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko‘chirib kelgan aholining ijtimoiy hayoti tahlili natijasida olingan ilmiy yangiliklar va amaliy takliflar asosida:
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining aholini ko‘chirish tajribasini yoritish asosida Turkistonda amalga oshirilgan ko‘chirish siyosati o‘lkani boshqarish va nazorat qilishda muhim strategiya ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti ilmiy – tadqiqot ishlari rejasining OT-F1-132-son “O‘zbekiston davlatchiligi tarixi tarixshunosligi: nazariyasi va shakllanishining tarixiy bosqichlari” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasi doirasida bajarilgan “O‘zbekiston davlatchiligi tarixshunosligi ocherklari” nomli kitobida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2022 yil 24 martdagi 3/1255-657-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining  joriy etilishi Turkiston general-gubernatorligi ma’muriyati ko‘chirib keltirilganlarga mahalliy aholining noroziliklariga qarshi tura oladigan tayanch va uni ruslashtira oladigan kuch sifatida qaraganligi ko‘rsatib berishga xizmat qilgan;
Turkiston o‘lkasini boshqarishga doir 1886 yildagi, ko‘chirishga doir 1903 yildagi ishlab chiqilgan qonun va tartiblarda Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlarida ko‘chirigan aholi uchun ajratilishi kerak bo‘lgan er va suv resurslarining mavjudligi bilan bog‘liq muammolar, o‘lka ma’muriyati ko‘chirish tadbirlarini o‘zboshimchalik bilan amalga oshirganligi, ularni joylashtirish, er ajratish hamda moliyaviy ta’minotga oid vaziyat nazarda tutilmaganligi kabi muammolarning yuzaga kelgani asosida imperiya hukumatining qabul qilgan qarorlari istiqbolli emasligi asoslangan xulosalardan O‘zMTRK “O’zbekiston tarixi” telekanalida efirga o‘zatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “O’zbekiston” teleradiokanali DUKning  2021 yil 30 noyabrdagi 01-40-1829-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar Turkistonga Rossiya imperiyasi aholisi ko‘chib kelishining ijtimoiy tarixi (XIX asrning ikkinchi yarmi – 1917 yil)ni jamoatchilikka kengroq taqdim etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish