Parpieva Malika Mominovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda autopedagogik kompetentlikni  shakllantirish metodikasi (5112100-“Texnologik ta’lim” ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3614.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ismadiyarov Yashin Utkirovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mullaxmetov Radik Gilazovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak  o‘qituvchilarda autopedagogik kompetentlikni shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda autopedagogik kompetentlikni shakllantirishning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik tuzilmasi motivatsion, kommunikativ, ijodiy va gnostik komponentlarni yaxlit pedagogik jarayonning uzviylik, ko‘rgazmalilik kabi didaktik va o‘zaro yordam kabi sotsiologik muhitida qayta aloqali munosabatda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
autopedagogik kompetentlikning jarayonli, muammoli-mazmunli, tashkiliy-texnologik, natijaviy-mezonli ko‘rsatkichlari o‘quv jarayonni modellashtirishning operatsion-texnologik, kongnitiv-didaktik, refleksiv-baholash bosqichlarida sotsiologik va kibernetik o‘quv topshiriqlari uyg‘unligini kvalimetrik nisbatda ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning ilmiy-metodik va didaktik ta’minoti akmetexnologiyalar va elektron o‘quv kontentning grafikli modellarini mustaqil qayta ishlash munosabatida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
texnologik ta’lim yo‘nalishida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi bo‘lajak o‘qituvchining autopedagogik kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan akmeologik modelni spiralli o‘qitish jarayonida shaxsning psixofiziologik zahiralaridan foydalanishga ustuvorlik berilgan muhitda qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnologik ta’lim yo‘nalishida bo‘lajak o‘qituvchilarning autopedagogik kompetentligini  shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘qituvchi autopedagogik kompetentligining motivatsion, kommunikativ, ijodiy, gnostik va refleksiv komponentlarni yaxlit pedagogik jarayonning umumiy qonuniyat va tamoyillariga mazmunan singdirish asosida ishlab chiqilgan bo‘lajak o‘qituvchilarda autopedagogik kompetentlikni shakllantirishning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik tuzilmasi hamda metodikasi shaxsning psixofiziologik zahiralaridan foydalanishga uzviy yondashish va autopedagogik kompetentlikni shakllantirishning dasturiy-maqsadli akmeologik modelini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Xalq hunarmandchiligi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-sonli buyrug‘i, 285-116-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda autopedagogik kompetentlikni shakllantirishning metodik va didaktik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;  
ta’lim-tarbiya jarayonida gnoseologik, tashkiliy, psixologik, didaktik, sotsiologik va kibernetik qonuniyatlarning uyg‘unligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan autopedagogik kompetentlikning komponentlari, ko‘rsatkichlari hamda pedagogik bosqichlari borasidagi xulosa va takliflardan  PZ-2017927124 raqamli  “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda  foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 26 yanvardagi 02-07-228/04-son dalolatnomasi). Natijada, texnologik ta’lim yo‘nalishida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni samaradorligi oshirilgan;
akmetexnologiyalar, metodikalar, elektron o‘quv kontent natijalarining samarali jihatlarini innovatsion ta’lim muhiti sharoitida amaliy qo‘llash orqali takomillashtirilgan talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-metodik va didaktik ta’minotning shakl hamda mazmuniga oid tavsiyalar asosida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining televideniyasi orqali “Diyor yangiliklari” informatsion dasturida “Bo‘lajak o‘qituvchilarda autopedagogik kompetentlikni shakllantirish metodikasi” mavzusidagi ko‘rsatuv ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 28 martdagi 10-12/205-son ma’lumotnomasi). Natijada, akmetexnologiyalar va metodikalarni ta’lim amaliyotida qo‘llash mexanizmlarini joriy qilishni kuchaytirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish