Shukurov Mirjalol Norpulotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kurashchilarni texnik harakatlarga o‘rgatishda klaster uslubidan foydalanishni takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped1490.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
  Ilmiy rahbar: Artiqov Zoxidjon Sobirovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSs), professor; Aliev Iskandar Baxromovich, pedagogika fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tayyorgarlik bosqichlarida klaster uslubi yordamida kurashchilarni jarohatlanish holatlarini oldini olish va musobaqa sharoitida maxsus-tayyorlov mashqlar samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kurashchilarning qiyin harakatlanish sharoitlarida tanani katta amplitudada bukish bilan bajariladigan raqibni turli xil balandlik va holatdan gilamga tushirishga majbur qiladigan tashlashlarda tayanch-harakat apparatini yuklamalarga tayyorlovchi oldinga, orqaga va elka orqali umboloq oshish kabi kondision mashqlarini mashg‘ulotga kiritish hisobiga jarohatlanishni oldini olish imkoniyati kengaytirilgan;
kurashchilar biror usulni ishlatganda ta’sir qilish va qarshi ta’sir qilish kuch momentini uzaytirish uchun raqib harakatidan kelib chiqib hujumni yo‘nalish burchagini minimal holatga keltirish va kengligini oshirish hisobiga o‘zini-o‘zi tik holatda saqlash va texnik hujum harakatining variativ usullarini qo‘llash imkoniyati kengaytirilgan;
mashg‘ulotning tayyorlov qismida mushaklarni cho‘zish uchun tana egiluvchanligi, harakat erkinligi, plastikligini oshirishga qaratilgan korreksiyalovchi mashqlarni ishlab chiqish hisobiga kurashchilarni texnik harakatlarga o‘rgatish imkoniyati takomillashtirilgan;
kurashchilarning texnik harakatlarga o‘rgatishdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun antropometrik (bo‘y vazn) ko‘rsatkichlari asosida texnik usullarni elementlarga bo‘lib qat’iy tartiblashtirishga qaratilgan klaster usulidagi “Blok sxema”ni (supurma, ko‘krakdan oshirib tashlash) mashg‘ulotga kiritish evaziga texnik usullarni bajarish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kurashchilarni texnik-taktik harakatlarga o‘rgatishda klaster uslubidan foydalanishni takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quv-trenirovka jarayonida texnik-taktik tayyorgarlikni takomillashtirishda kondision mashqlar klasteri majmuasini qo‘llash bo‘yicha takliflar “Sport pedagogik mahoratini oshirish” (kurash) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-sonli buyrug‘iga asosan 110-198-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, kurashchilarni texnik harakatlarni jarohatlarsiz takomillashtirish darajasi 17,2% ga yaxshilangan;
kurashchilarni tayyorlash jarayonida hujum harakatlari texnikasini qo‘llash texnik harakatdan keyin tananing yuqori amplitudada bukish bilan muvozanatini saqlab qolish bo‘yicha takliflar “Sport pedagogik mahoratini oshirish” (kurash) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligini 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘iga asosan 110-198-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, mazkur pedagogik mashqlarni bajarish kurashchilarning tayanch-harakat apparatida jarohatlar paydo bo‘lishi ehtimoliligi 14-15,5% ga kamaytirgan;
kurashchilarni tayyorlash samaradorligini ta’minlovchi mushaklar, bo‘g‘imlar, paylarni mustahkamlash uchun maxsus-tayyorlov va korreksiyalovchi mashqlarni bajarishning hajmi va jadalligini ma’qbul variantlari qo‘llash bo‘yicha takliflar Respublika olimpiya zahiralari kolleji kurash ixtisosligi o‘quvchilarining mashg‘ulot jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 6 apreldagi 03-08-08-507-son nashr guvohnomasi). Natijada, tayanch-harakat apparati tizimidagi bo‘g‘imlar va paylarni jarohat olishi ehtimolligi 23-27%ga kamaygan, koreksiyalovchi mashqlar klasterini qo‘llash texnik harakatlarni o‘zlashtirish darajasi 16,3-17,2%gacha oshirilgan;
o‘quv-trenirovka jarayonida kurashchilarning tayanch-harakat apparatiga ta’sir qilish darajasini aniqlash hamda antropometrik (bo‘y, vazn) ko‘rsatkichlari asosida maxsus-tayyorlov mashqlar klasterini takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Sport pedagogik mahoratini oshirish” (kurash) nomli o‘quv qo‘llanma nashr qilingan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 6 apreldagi 03-08-08-507-son nashr guvohnomasi). Natijada, jarohat turlari va jarohat davomiyligi 13-17% ga kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish