Xatamov Farxod Faxritdinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Inson huquqlari konsepsiyasi - O‘zbekistonda siyosiy islohotlarni amalga oshirishning muhim mexanizmi sifatida», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Ss55.
Ilmiy maslahatchi: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raqulov Furqat Noryigitovich, siyosiy fanlar doktori; To‘ychiev Berdiqul, falsafa fanlari doktori, professor; Turg‘unov Murod Tursunboevich, yuridik fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy islohotlar negizida inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilishda davlat organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharq va G‘arb an’analarida inson huquqlarini ommalashtirish, ijtimoiy hayotga joriy qilinganlik darajasini baholashda madaniy va ma’naviy xususiyatlari bir-biridan jamoaviylik va individualizm jihatidan farq qilsa-da, jamiyatning xavfsiz - barqaror taraqqiyotiga xizmat qiluvchi diniy bag‘rikenglik va milliy mansublik kabi ustuvor insoniy qadriyatlar bir xil asoslarga ega bo‘lishi zaruriyati ochib berilgan;
tahlikali globallashuv sharoitida inson huquqlarini amalga oshirish o‘ziga xos murakkabliklarni vujudga keltirayotgan bir davrda davlat hokimiyati organlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining bosh mezoni sifatida insonning huquqiy extiyojlarini amalga oshirishning samarali mexanizmlari sifatida individual yondashuv va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurati asoslab berilgan;
inson huquqlarining qaror topishi asosiy qonun bilan tartibga solinib, jamiyatda insonning faol takomillashuviga zarurat tug‘diruvchi: ijtimoiy hayotdagi korrupsiyaning oldini olish, xususiy mulkka bo‘lgan daxlsizlikni ta’minlash, ishsizlik darajasini qisqartirish, turli siyosiy-mafkuraviy tazyiqlardan insonlarni himoya qilish hamda fuqarolarda loqaydlik, befarqlik kabi salbiy omillarni oldini olishning tegishli qonunlar asosida mustahkamlab qo‘yilishi insonlarning rozilik darajasiga ijobiy ta’sir qilishi asoslangan;
jamiyat ma’naviy-ma’rifiy darajasining yuksalib borishi insonning huquqiy extiyojlarini anglashi, siyosiy-huquqiy madaniyatining shakllanib borishiga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, u inson siyosiy faollik darajasining tezlashishiga hamda jamiyat barqaror taraqqiyoti davlat hokimiyati organlari va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan tezkor va manzilli hal qilinishi bilan belgilanishi ochib berilgan;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda siyosiy partiyalar hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini yanada kuchaytirishda qonunchilikka “maslahat berish” va “baholash” funksiyalarining qoida tarzida kiritilishi jamiyatda inson huquqlarini ta’minlash natijadorligini yanada oshirishga olib kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotganligi bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
Sharq va G‘arb an’analarida inson huquqlarini ommalashtirish, ijtimoiy hayotga joriy qilinganlik darajasini baholashda madaniy va ma’naviy xususiyatlari bir-biridan jamoaviylik va individualizm jihatidan farq qilsa-da, jamiyatning xavfsiz - barqaror taraqqiyotiga xizmat qiluvchi diniy bag‘rikenglik va milliy mansublik kabi ustuvor insoniy qadriyatlar bir xil asoslarga ega bo‘lishi zaruriyati borasidagi taklif va tavsiyalardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda tinglovchilarida inson huquqlari bo‘yicha siyosiy-huquqiy bilim, ko‘nikma va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan “Tarbiya”, “Siyosiy madaniyat”, “Siyosat falsafasi” kabi fanlarning darslik, o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqishda va o‘qitishda foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 21 yanvardagi 89-06-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, vazirlik tizimidagi respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalar va tinglovchilar uchun inson huquqlari bo‘yicha siyosiy-huquqiy bilim, ko‘nikma va dunyoqarashni takomillashtirishga qaratilgan tegishli fanlardan o‘quv adabiyotlarini, uslubiy-metodik ishlanmalarni hamda fan dasturlarini ishlab chiqilishi yoshlarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini oshishiga xizmat qilgan;
tahlikali globallashuv sharitida inson huquqlarini amalga oshirish o‘ziga xos murakkabliklarni vujudga keltirayotgan bir davrda davlat hokimiyati organlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining bosh mezoni sifatida insonning huquqiy extiyojlarini amalga oshirishning samarali mexanizmlari sifatida individual yondashuv va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurati yuzasidan bildirilgan amaliy xulosalardan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida respublika miqyosidagi shahar, tuman IIB boshliqlari va o‘rinbosarlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishida inson huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan “Sektorlar faoliyatida fuqarolarning huquqlarini himoya qilish” chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining 2022 yil 8 avgustdagi 5/1299-son dalolatnomasi). Natijada, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimiga jalb etilgan rahbar-xodimlarning hududlarda sektorlar faoliyatini tashkil etishda fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy extiyojlarini qonuniyligini ta’minlash shuningdek, tizim xodimlarining xalq bilan samarali muloqot olib borishining profilaktik mexanizmi yaratilishiga xizmat qilgan.
inson huquqlarining qaror topishi asosiy qonun bilan tartibga solinib, jamiyatda insonning faol takomillashuviga zarurat tug‘diruvchi: ijtimoiy hayotdagi korrupsiyaning oldini olish, xususiy mulkka bo‘lgan daxlsizlikni ta’minlash, ishsizlik darajasini qisqartirish, turli siyosiy-mafkuraviy tazyiqlardan insonlarni himoya qilish hamda fuqarolarda loqaydlik, befarqlik kabi salbiy omillar oldini olishning tegishli qonunlar asosida mustahkamlab qo‘yilishi insonlarning rozilik darajasiga ijobiy ta’sir qilishi bilan bog‘liq xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning O‘zbekistonda davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan inson huquq va erkinliklarini ta’minlanganligini monitoring qilishga qaratilgan baholash mezonlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili – Ombudsmanning 2022 yil 1 apreldagi 01-son ma’lumotnomasi). Natijada, Inson huquqlari bo‘yicha vakil – Ombudsman tomonidan O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini ta’minlanganligini monitoring qilishga qaratilgan baholash tizimi davlat va nodavlat tashkilotlarining ijrochilik faoliyatida funksional vazifalarini mas’uliyat bilan bajarish, normativ huquqiy hujjatlarni joriy etishda inson manfaatlari, inson extiyojlarini birlamchi hisobga olish hamda tartibga solishda muhim nazariy manba sifatida olingan;
jamiyat ma’naviy-ma’rifiy darajasining yuksalib borishi insonning huquqiy extiyojlarini anglashi, siyosiy-huquqiy madaniyatining shakllanib borishiga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, u inson siyosiy faollik darajasining tezlashishiga hamda jamiyat barqaror taraqqiyoti davlat hokimiyati organlari va fuqarolik jamiyati instiutlari tomonidan tezkor va manzilli hal qilinishi bilan belgilanishi yuzasidan berilgan ilmiy-nazariy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda xalq birdamligi va daxldorligini kuchaytirishga qaratilgan “Uyg‘onish ma’rifati” nomli turkum ko‘rsatuvlar hamda “Inson qadri” g‘oyasini targ‘ib qilishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 08 sentyabrdagi 02/02/1294-son dalolatnomasi). Natijada, markazning respublika va hududiy miqyosda olib borayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarida fuqarolarimizda jumladan, mamlakat yoshlarining mas’uliyat, siyosiy madaniyat, daxldorlik, xulq-atvor kabi milliy o‘zlikni anglashga qaratilgan ma’naviy qiyofasini yuksaltirishga hamda jamiyatda xalq birdamligi va daxldorligini kuchaytirishga qaratilgan teleko‘rsatuvlar va ilmiy seminarni tashkil etishga xizmat qilgan;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda siyosiy partiyalar hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini yanada kuchaytirishda qonunchilikka “maslahat berish” va “baholash” funksiyalarining qoida tarzida kiritilishi jamiyatda inson huquqlarini ta’minlash natijadorligini yanada oshirishga olib kelishi bilan bog‘liq xulosalaridan O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasida jamiyatda inson huquqlariga tahdid omillarini oldini olishga qaratilgan partiya dasturlarini ishlab chiqishda hamda partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiya deputatlarining “Inson huquqlari milliy markazi” faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan xulosalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining 2022 yil 8 sentyabrdagi 01-27/405-son dalolatnomasi). Natijada, inson huquqlari sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi milliy markazlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining qonuniy vakolatlarini aniq belgilash, ularning davlat hokimiyati organlari bilan ijtimoiy hamkorligini huquqiy tartibga solishda me’yoriy asoslardan biri sifatida xizmat qilgan.