Asamatdinova Jamiyla Paxratdinovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Axloqiy-estetik tarbiya jarayonida o‘quvchilarda qadriyatga yunalganlikni rivojlantirish texnologiyasi», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped128.

Ilmiy rahbar: Annamuratova Svetlana Karimovna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.20.02.

Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.

Dissertatsiya yunalishi: nazariy va amaliy  ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: axloqiy-estetik tarbiya jarayonida o‘quvchilarda qadriyatga yo‘nalganlikni rivojlantirish texnologiyasi mazmuni va didaktik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘quvchilarda qadriyatga yo‘nalganlikni rivojlantirish jarayoni komponentlari (identiv, motivatsion-faoliyatli, emotsional-irodaviy, refleksiv-baholovchi) ijtimoiy funksionallik va hamkorlikdagi ijodiy faoliyat uyg‘unlashuviga ko‘ra aniqlashtirilgan; 

qadriyatga yo‘nalganlikni rivojlantirishning ijtimoiy  va pedagogik-psixologik omillari tarkibi terminal va instrumental qadriyatlarning (abstrakt, shaxsiy, etik, konformistik, altruistik) ijtimoiy munosabatlar va o‘zgarishlarga o‘zaro bog‘liqligiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;

qadriyatga yo‘nalganlikni rivojlantirish texnologiyasi shaxs emotsional holatini verbal (“estafeta”, “erkin mikrofon”, “assotsiatsiyalar”) va noverbal (“zinama-zina”, “maqsadlar daraxti”, “akvarium”) usullar orqali baholash imkoniyatlari asosida takomillashtirilgan;

 sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda qadriyatga yo‘nalganlikni rivojlantirishning didaktik ta’minoti o‘qitish bosqichlarida “Insoniylik va o‘z-o‘zini anglash” mualliflik dasturini kiritish asosida takomillashtirilgan. 

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

 Axloqiy-estetik tarbiya jarayonida o‘quvchilarda qadriyatga yo‘nalganlikni rivojlantirish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:

qadriyatga yo‘nalganlikni rivojlantirishning ijtimoiy  va pedagogik-psixologik omillari, terminal va instrumental qadriyatlarning ijtimoiy munosabatlar va o‘zgarishlarga o‘zaro bog‘liqligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2015 yil 31 mart  “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 7-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan me’yoriy-metodik hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 10 noyabrdagi 01-01/2-4227-son ma’lumotnomasi). Natijada “Barkamol avlod” markazlari uchun yangi avlod o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, o‘qitish mazmuni samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;

o‘quvchilarda qadriyatga yo‘nalganlikni rivojlantirish jarayoni komponentlari, ijtimoiy funksionallik va hamkorlikdagi ijodiy faoliyat, qadriyatga yo‘nalganlikni rivojlantirish texnologiyasi, shaxs emotsional holatini baholash imkoniyatlariga doir tavsiyalardan “Insonni angla, Shaxsga aylan!” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2018 yil 7 dekabrdagi  06-04/5-12/1664-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi” fanlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitish samaradorligiga erishilgan; 

o‘quvchilarda qadriyatga yo‘nalganlikni rivojlantirishning didaktik ta’minoti, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish, “Insoniylik va o‘z-o‘zini anglash” mualliflik dasturiga oid takliflardan  “Oila etikasi va asoslari”, “Oila psixologiyasi”, “Ekologiya asoslari”, “Hayot faoliyati xafsizligi” o‘quv qo‘llanmalari mazmuniga singdirilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2018 yil 7 dekabrdagi  06-04/5-12/1664-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda qadriyatga yo‘nalganlikni rivojlantirish ko‘lamini oshirish, qadriyatli yondashuv asosida fanlararo integrativlikni ta’minlash imkoniyati kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish