Xolboev Yusubjon Xakimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mochevina hosilalari asosida yangi tovarlar olish va ularni xalq tabobatidagi o‘rni», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/K136.
Ilmiy maslahatchilar: Maxsumov Abduxamid Gofurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Asqarov Ibrohim Raxmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K.60.05.
Rasmiy opponentlar: Madixonov Ne’matxon, kimyo fanlari doktori, professor; Smanova Zulayho Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor; G‘ofurov Maxmudjon Bakievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aromatik ikkilamchi aminlar, diizotsianatlar, mochevina hosilalariasosida yangi turdagi biologik faol birikmalarsintez qilish, ularning kimyoviy tarkibini aniqlash, hamda dorivor o‘simliklar asosida tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqish va kimyoviy tarkibi asosida sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
N,N1 -geksametilen bis-[(aminoaroil) mochevina]lar geksametilendiizotsianat bilan ikkilamchi aromatik aminlarning DMFA muhitida yuqori unum (84-94%) bilan sintez qilingan;
ilk bor bis-karbamoillash reaksiyasi difenilamin, dibenzilamin, karbazol, izatin, 5-bromizatin bilan sodir bo‘lishi isbotlangan;
N,N1- geksametilen bis-[(aminoaroil) mochevina]lar hosil bo‘lish mexanizmining ehtimolli nazariy konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
sintez qilingan birikmalarni kimyoviy o‘zgarishlarga uchrashi: N,N1- dixlorlash va -dibromlash o‘rganilgan. Bis-[(aminoaroil) mochevina] larni N-H guruhi galogenli birikmalar bilan oson reaksiyaga kirishib, N,N1 -digalogeno birikmalari sintez qilingan;
N,N1 -geksametilen bis [(dibenzilamino) mochevina] ni chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyalari ishlab chiqildi va jarayonni texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
psoriaz kasalligini samarali davolash va oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan yangi oziq-ovqat qo‘shilmasi ishlab chiqilgan;
“Psoralin” oziq-ovqat qo‘shilmasi tarkibidagi apigenin, kempferol, gall kislota, kversitrin, rutin kabi flavonoidlarning tarkibi va miqdorini aniqlangan;
“Psoralin” oziq-ovqat qo‘shilmasi tarkibidagi mikroelementlar, vitaminlar, β-karotin kabilarning tarkibi va miqdorini aniqlangan;
mochevina va bis-mochevina hosilalari asosida sintez qilingan birikmalar va “Psoralin” oziq-ovqat qo‘shilmasi uchun kimyoviy tarkibi asosida xalqaro kod raqamlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mochevina hosilalari asosida biostimulyatorlar sintez qilish hamda o‘simliklar asosida shifobaxsh oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqish, ularni kimyoviy tarkibi asosida sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
geksametilendiizotsianatning mochevina va bis-mochevina hosilalaridan sintez qilingan «XYuX-2»ning har xil konsentratsiyali eritmalaridan iborat qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘stiruvchi biostimulyatorlar Andijon viloyatidagi (2019-2021 yy.) jami 360 gektar g‘o‘za maydonlariga joriy etilgan (Andijon Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2022 yil 22 sentyabr`dagi 01/11-11119-son, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 14 martdagi 07/35-04/3012-son ma’lumotnomalari). Natijada, biostimulyator bilan ishlov berilgan maydonlardan 3-4 s gacha qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan;
“Archa o‘simligi meristemasi asosida tayyorlangan va boshqa dorivor o‘simliklari” uchun – 1212 30 000 6 kod raqamlari ishlab chiqilgan va bojxona amaliyotidagi TIFTNda amaliyotga qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yilning 22 yanvardagi 02/16-0032-son ma’lumotnomasi). Natijada, archa o‘simligi meristemasi asosida tayyorlangan va dorivor o‘simliklar bilan boyitilgan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari bo‘yicha sinflash imkonini bergan;
tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha mochevina va bis-mochevina hosilalari bo‘yicha “N,N1- bis aminoaroil mochevinalar” uchun -2929 90 000 1kod raqami ishlab chiqilgan va bojxona amaliyotidagi TIFTNda amaliyotga qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yilning 22 yanvardagi dagi 02/16-0031-son ma’lumotnomasi). Natijada, aromatik ikkilamchi aminlarni diizotsianatlarga nukleofil birikishi asosida hosil bo‘lgan birikmalarni kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash imkonini bergan.