Ishtaev Javlon Mavlonboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tezkor – kuch sport turlarida sportchilarning portlovchi harakat qobiliyati shakllanishining metodologik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped.84
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti.
Ilmiy rahbar: Gapparov Zaxid Gapparovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Shoumarov G‘ayrat Baxromovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Kerimov Fikrat Azizov, pedagogika fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand Davlat Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy hamda amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tezkor – kuch sport turlarida sportchilarning portlovchi harakat qobiliyati shakllanishining metodologik asoslarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
portlash qobiliyati rivojlantirish psixofiziologik mexanizmlari (portlash qobiliyati aynan faoliyat jarayonida shakllanishi, uning keskin rivojlanishiga maqsadli ustanovkani ta’siri, maqsadni qabul qilish, ongli ravishda harakatni boshqarish, qayta ma’lumot olish, o‘sib boruvchi maqsadga nisbatan korreksiya etishlar) asosida takomillashtirilgan;
sportchilarning mashg‘ulot jarayonida ularning yoshiga, jinsiga va sport turlarini inobatga olib o‘quv mashg‘ulotlar jarayoniga portlovchi harakat qobiliyatni rivojlantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
“SPORK” moslamasi psixometrik usullarga qo‘yilgan talablarga mosligi ob’ektivlik, komplekslik, dinamiklik, taxliliy-sintetik o‘rganish tamoyillari asosida ishlab chiqilgan;
vertikal sakrash bo‘yicha musobaqa jarayonida qo‘llar simmetrik harakat bajarishi uchun “SPORK” moslamasining elektron baholash mezoni yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tezkor – kuch sport turlarida sportchilarning portlovchi harakat qobiliyati shakllanishining metodologik asoslarini takomillashtirish asosida:
“Bunyodkor” akademiyasining yosh futbolchilari mashg‘ulot jarayoniga portlash qobiliyatni keskin rivojlantirishda “SPORK” moslamasi joriy etildi. (Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2017 yil 20 fevraldagi 01-11-06-1286-son ma’lumotnomasi). Natijada 15-17 yoshli futbolchilarning portlash qobiliyati 3 oy ichida 45,6 sm dan 55,2 sm gacha ya’ni 10 santimetrga yaxshilandi; mehr –shafqat kollejining 7 vazn toifali kurashchilarida o‘tkazilgan 3 oylik tadqiqot natijalari quyidagicha bo‘ldi. Portlash qobiliyati 12 santimetrga o‘sdi, natijada umumjamoa hisobida 4–o‘rindan 1–o‘ringa ko‘tarilishiga xizmat qilgan;
“SPORK” moslamasi yordamida yuqori toifali sportchilarning maxoratini tabaqalashtirish imkoniyati yaratildi; erkin kurash bo‘yicha terma jamoa hamda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston va jahon chempionlarida portlash qobiliyatni sport toifasi bilan bog‘liqligini aniqlashda foydalanildi (Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2017 yil 20 fevraldagi 01-11-06-1286-son ma’lumotnomasi). Natijada halqaro toifadagi sport ustalari 55-58 sm, sport ustalari 47-49sm, sport ustaligiga nomzodlar esa 42-46sm ko‘rsatkichlar mavjudligi aniqlandi; portlash qobiliyatini keskin rivojlantirish og‘ir atletikachilarning shaxsiy omillariga ijobiy ta’siri va yuqori natijaga erishishda muxim manba sifatida xizmat qilgan.