Axmadaliev Shoxrux Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘qsimmetrik shakldagi detallarni kombinatsiyalangan siqib chiqarishli shtamplash texnologik jarayonlarini ishlab chiqish va tadqiqot qilish”, 05.02.01–“Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi)” ixtisosligi.
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2649
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor; Chorshanbiev Shuxrat Maxmatmurodovich, texnika fanlari falsafasi doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqotning maqsadi o‘qsimmetrik shakldagi detallarni kombinatsiyalangan siqib chiqaruvchi shtamplash texnologik jarayonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kombinatsiyalashgan siqib chiqarish usuli tashqi kuch ta’sirida hosil bo‘ladigan metall oqimini murakkab shakl bo‘yicha taqsimlanish sxemasi asosida ishlab chiqilgan;
zagotovkani plastik deformatsiyalash texnologiyasi zagotovka materialining deformatsiya o‘chog‘ining shakli asosida ishlab chiqilgan;
shtamp uskunasining yangi konstruksiyasi siqib chiqarilayotgan murakkab shakldagi pokovka parametrlari asosida ishlab chiqilgan;
yalpi va ichi bo‘sh zagotovkalardan flanesga ega bo‘lgan pokovkalarni siqib chiqarishli shtamplash texnologik jarayonlari siqib chiqarilayotgan metall xossalariga bog‘liq ravishda ishlab chiqilgan;
plastik deformatsiya o‘chog‘ining nostatsionar xajmi va og‘irligi bo‘yicha zagotovkaning kuchlanganlik holatini aniqlash usuli zagotovkaning oquvchanlik xossasi asosida ishlab chiqilgan;
o‘qsimmetrik shakldagi murakkab pokovkalarni siqib chiqarish texnologik jarayonining parametrlarini aniqlash usuli zagotovka materialining plastikligiga bog‘liq ravishda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.O‘qisimmetrik shakldagi detallarni kombinatsiyalangan siqib chiqarishli shtamplash texnologik jarayonlarini ishlab chiqish va tadqiqot qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kombinatsiyalashgan siqib chiqarish usuli “Geoburtexnika” AJ ga tadbiq etildi (“Geoburtexnika” AJ ning 02.08.2021 yildagi №01/07-165-son ma’lumotnomasi). Joriy etish natijasida metall sarfi 25-30% ga kamaygan;
zagotovkani plastik deformatsiyalash texnologiyasi “Geoburtexnika” AJ ga tadbiq etildi (“Geoburtexnika” AJ ning 02.08.2021 yildagi №01/07-165-son ma’lumotnomasi). Joriy etish natijasida detallarning xizmat muddati 1,4-1,5 martaga oshgan;
shtamp uskunasining yangi konstruksiyasi “Geoburtexnika” AJ ga tadbiq etildi (“Geoburtexnika” AJ ning 02.08.2021 yildagi №01/07-165-son ma’lumotnomasi). Natijada bitta detal ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqt 20-30% ga kamaygan.