Usmonova Nargiza Baxtiyorbekovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Infokommunikatsiya tarmoq tizimlarida assotsiativ o‘zaro harakatlar», 05.04.01–Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T39.

Ilmiy maslahatchi: Qosimov Sodiqjon Sobirovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.

Rasmiy opponentlar: Bekmuratov To‘lqin Fayzievich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Maraximov Avazjon Raximovich, texnika fanlari doktori, professor; Musaev Muxamedjon Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: taqsimlangan muhitda assotsiativ o‘zaro harakat modellari va mexanizmlari asosida infokommunikatsiya tarmoq strukturalari faoliyat samaradorligini oshirishning ilmiy-metodologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

infokommunikatsiya tarmoq strukturalarida dasturiy ta’minotning oraliq muhitini tashkil qilish tamoyili asosida axborot jarayonlarini amalga oshirish mexanizmlari takomillashtirilgan;

infokommunikatsiya tarmoq strukturasi komponentlarining xatti-harakatini intellektuallashtirishga imkon beruvchi assotsiativ o‘zaro bog‘lanishni amalga oshirish tamoyillari yaratilgan;

taqsimlangan hisoblash tizimlarida ob’ektlarni turli funksiyalar amalga oshirishda xatti-harakatini aks ettirilishi orqali takomillashtirishning konseptual asoslari yaratilgan;

assotsiativ aloqalarni hisobga olgan holda, infokommunikatsiya tarmoq  strukturasida komponentlarning funksional o‘zaro bog‘lanish modellari va mexanizmlari ishlab chiqilgan;

axborotni qayta ishlash va almashish jarayonlarida bir-biriga ta’siri munosabati, ob’ektlar munosabatida formal sxemalar hamda muhim xususiyatlarini aks ettiradigan taqsimlangan hisoblashlarda ishtirok etuvchi jarayonlar va/yoki mexanizmlarni intellektual boshqarish tizimining konseptual modeli yaratilgan;

taqsimlangan infokommunikatsiya tarmoq strukturalarida algoritm va dasturlar uchun samarali ish tartibini tashkil qilish imkonini beradigan komponentlar orasida tizim ichida va tizimlararo axborot almashishning turli mexanizmlari asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Infokommunikatsiya tarmoq strukturalardagi jarayonlarni assotsiativ o‘zaro harakatlanish asosida takomillashtirish usullari va mexanizmlari, taqsimlangan tizim va tarmoqlar doirasida komponentlar, ilovalar va servislar funksionalligi intellektuallashish yondashuvi asosida:

zamonaviy infokommunikatsiya xizmatlar va resurslarni amalga oshirishda tarmoq va tizim komponentlarining samarali o‘zaro ishlash usullari «UZINFOCOM» markazi DUK ishlab chiqarish faoliyatida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 14 dekabrdagi 33-8/8473-son ma’lumotnomasi). Natijalarni qo‘llanilishi taqsimlangan muhit vazifalari va jarayonlarini amalga oshirishda ob’ektlar to‘plamini aniqlashga va aloqa operatorlari uchun axborot resurslarni samarali boshqarish va tarmoqning funksionalligini kengaytirish hamda dasturiy ta’minot faoliyatida takomillashgan virtual mashinalar uchun ketadigan xarajatlarni 14%gacha qisqartirish imkonini bergan;

ob’ektga yo‘naltirilgan loyihalash konsepsiyasida taqsimlangan tarmoq va tizimlarni takomillashgan boshqarish usullari, axborot, hisoblash va kommunikatsiya resurslarini turli foydalanuvchilarga taqdim etishning tizimli yaratish va amaliy qo‘llash vositalari «O‘zbektelekom» AK filiali “InfoSystems” korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 14 dekabrdagi 33-8/8473-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi bulutli hisoblash muhitida hisoblash masalalarni dasturiy ta’minot arxitekturasiga mos kelishi, taqsimlangan arxitekturasi hamda o‘zaro ishlovchi protokollar, servislar va interfeyslar uchun tizim strukturasini konfiguratsiyalanadigan hisoblash resurslarga moslashtirish asosini yaratgan va bulutli hisoblashlar vositasida axborotni yillik qayta ishlash narxini 12-20%gacha kamaytirish hisobiga foydalanuvchilarga xizmatni taqdim etadigan muhit sifatida tashkilotlar infratuzilmasidagi sarfni, boshqaruvga ketadigan vaqtni tejash imkonini namoyon qilgan.

tarmoqning mantiqiy va fizikaviy qurilmalarini ishlatishning taqsimlash va birlashtirish konsepsiyasini amalga oshirish asosida infokommunikatsiya tarmog‘i funksionalligini kengaytirishga mo‘ljallangan algoritm va dasturiy vositalari «O‘zbektelekom» AK «BRM» filiali faoliyatida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 14 dekabrdagi 33-8/8473-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari tarmoqning tizimli komponentlarini modellashtirish, ma’lumot uzatish va qayta ishlash tizimlar xarakteristikalarini aniqlash, shuningdek, ekspluatatsiya qilinayotgan tarmoqning ishlash jarayonlarining yaxshilanishiga olib keluvchi parametrlarini chegaraviy qiymatlarini aniqlashga imkon bergan;

axborotni uzatish va qayta ishlash infrastrukturasining modellari va mexanizmlari xamda dasturiy ta’minoti taqsimlangan tizim va resurslarga bo‘lgan talablarni bajarishga va axborot almashinuv jarayonlarini yaxshilashga imkon berishi Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi «UNICON.UZ» DUKda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 14 dekabrdagi 33-8/8473-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalarining amaliy axamiyati muayyan amaliy masalalar uchun joriy qilinishi (so‘rovni qayta ishlash vaqtini kamaytirish hisobiga) foydalanuvchilar talablarini qoniqtirishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish