Rustamov Raxmatali Muradovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinalariga hududiy firmaviy texnik servis ko‘rsatish tizimini takomillashtirish», 05.07.02–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T60.

Ilmiy maslahatchi: Toshboltaev Maxamad Tojalievich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.01.

Rasmiy opponentlar: Nuriev Karim Katibovich, texnika fanlari doktori, professor; Sharipov Qo‘ng‘irot Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor; Shoobidov Shoraxmat Asqarovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: «O‘zagroservis» AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinalariga hududiy firmaviy texnik servis ko‘rsatish tizimi tuzilmalarini takomillashtirishga doir ilmiy echimlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

murakkab qishloq xo‘jaligi mashinalariga hududiy firmaviy texnik servis ko‘rsatish tizimi yangi firmaviy texnik servis punktlarini 36-40 km radiuslari bo‘yicha joylashtirish asosida takomillashtirilgan;

«Firma–ijrochi–buyurtmachi» tizimi vektorlarini boshqarishning mazkur tizim samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan texnikaviy, texnologik va iqtisodiy manbalari asoslangan;

firmaviy texnik servis tizimining strukturaviy parametrlari va samara ko‘rsatkichlarini, shu jumladan haydov va chigit ekish agregatlari, g‘alla kombaynlari ish jarayonlarining tasodifiy momentlarida yuzaga keladigan (tizimga kirayotgan) talablar oqimining ko‘chma ustaxonaning yuk-lanishi va xizmat ko‘rsatish intensivligi kabi parametrlari qiymatlariga ta’sir etadigan statsionarlik va ordinarlik xossalari, ularning eksponensial va normal taqsimot qonunlari bo‘yicha o‘zgarishi asoslangan;

mashinalarda bir birlik vaqt ichida  sodir bo‘lgan nosozliklarning matematik kutilishi, bitta nosozlikka ko‘chma ustaxona tomonidan o‘rtacha xizmat ko‘rsatish davomiyligi, nosoz mashinalarga xizmat ko‘rsatishda ko‘chma ustaxonaning ratsional yuklanish koeffisienti, dalada tuzatilishini kutayotgan mashinalardan tashkil topgan navbatning uzunligi, bitta mashinani tuzatilishini kutib, dalada to‘xtab qolgan o‘rtacha vaqtini aniqlash va ularning turli xususiy hollarga mos son qiymatlarini hisob-lash imkoniyatlarini beradigan analitik bog‘lanishlar ishlab chiqilgan;

taklif etilgan firmaviy texnik servis punktlari samaradorligining asosiy mezoni bo‘lgan tizimdan chiqayotgan talablar (tuzatishlar) oqimining ratsional qiymatlari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinalariga hududiy firmaviy texnik servis ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalari asosida:

respublika viloyatlari kesimida qishloq xo‘jaligi mashinalariga firmaviy texnik servis ko‘rsatishni hududiy strukturali tizim asosida tashkil etishga doir ilmiy natijalar «O‘zagromashservis» uyushmasida joriy qilingan (2016 yil 12 sentyabrdagi 02/12-2016-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida servis markazlaridan uzoqda joylashgan tumanlarda yangi firmaviy texnik servis punktlarni tashkil qilish hisobiga nosoz mashinalarni tuzatish vaqtini  2,6 martaga qisqartirish imkoni yaratilgan;

viloyat servis markazlaridan uzoq tumanlardagi mashina-traktor parklari negizida qo‘shimcha firmaviy texnik servis punktini tashkil etish bo‘yicha asoslangan parametrlar «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tizimidagi «O‘zagroservis» uyushmasi «O‘zKeysservis» qo‘shma korxonasining Namangan va Buxoro Servis markazlarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 31 iyuldagi 02/23-410-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida bitta kombayndagi bitta nosozlikni tuzatishga sarflangan o‘rtacha vaqtning 2,57 soat yoki 62 foizga qisqartirish imkoni yaratilgan;

tadqiqot natijalaridan KAZ-014 «Old yetakchi ko‘prikli yuqori manevrli paxtachilik chopiq traktoriga yagona universal rama asosida keng qamrovli resurstejamkor qishloq xo‘jalik mashinalarining agregatlanishini tadqiq etish, parametrlarini asoslash va agrotexnik ko‘rsatkichlarini aniqlash» mavzuidagi ilmiy-amaliy loyihada (2012-2014 yy.) ekish chuqurligi, o‘rta va yondosh qatorlar orasining kengligi hamda agregat o‘tgandan so‘ng himoya zonasi, ishlov berish chuqurligi, begona o‘tlarning yo‘qotilishi va tuproqni uvalanish darajalarining ehtimoliy-statistik xarakteristikalarining son qiymatlarini aniqlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 15 fevraldagi FTK 0313/160-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi qishloq xo‘jaligi agregatlarining tanlangan konstruktiv va texnologik parametrlarini to‘g‘riligini tekshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish