Yakubjanova Dilobar Batirovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak defektologlarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish texnologiyasi», 13.00.03–Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped184.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Ilmiy rahbar: Muminova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nazarova Dildora Asatovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak defektologlarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim olish tamoyillari asosida bo‘lajak defektologlarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, rag‘batlantiruvchi va aks ta’sir omillari aniqlangan;

bo‘lajak defektologlarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirishning motivatsion, kognitiv, faoliyatga yo‘naltirilgan va kreativ bosqichlarini loyihalashtirish asosida lokal-modulli texnologiya ishlab chiqilgan;

“Matematika o‘qitish maxsus metodikasi” fani bo‘lajak defektologlarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan korreksion va hamkorlik ta’lim yondashuvlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;

bo‘lajak defektologlarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirishning ehtiyoj-rag‘bat, kognitiv-hissiy va ma’naviy-ruhiy komponentlardan iborat modeli kasbiy-muammoli va korreksion vaziyatlarni loyihalashga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti tuzilmasi asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bo‘lajak defektologlarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy natijalar:

bo‘lajak defektologlarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va omillarini aniqlashga “Matematika o‘qitish maxsus metodikasi” fanining mazmunini kasbiy ijodkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan korreksion va hamkorlik ta’lim yondashuvlari asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Pedagogika” ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining va maxsus pedagogika (surdopedagogika) magistratura mutaxassisligining Davlat ta’lim standarti mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika oliy ta’lim muassasalari defektologiya yo‘nalishi talabalari uchun “Maxsus pedagogika (surdopedagogika)”, “Maxsus psixologiya”, “Matematika o‘qitish maxsus metodikasi” va “Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi” fanlaridan o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari uchun “Matematika” darsliklari yaratilish imkonini bergan;

kasbiy ijodkorlikni rivojlantirishning ehtiyoj-rag‘bat, kognitiv-hissiy va ma’naviy-ruhiy komponentlari, bo‘lajak defektologlarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirishning pedagogik akmeogrammasi hamda lokal-modulli texnologiyasiga oid takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Defektologiya” yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari pedagog-kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 29 iyuldagi 4/2-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak defektologlarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish