Dusiyarov Sherzod Xolmurotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1302.
Ilmiy rahbar: Urmonov Jahongir Jaloldinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Xayrulla Abdurasulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlarning soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi hajmiga qarab aylanmadan olinadigan soliqni joriy etish taklifi ishlab chiqilgan;
aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlarini ishlab chiqish hamda soliqqa tortishni soddalashtirish taklif etilgan;
bir nechta faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ekti har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘lashi, faoliyat bilan ikki va undan ortiq aholi punktlarida shug‘ullanganida esa, faoliyat amalga oshirilgan joy uchun o‘rnatilgan soliqni to‘lash taklif qilingan;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar, oyiga qat’iy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda soliqqa tortish (to‘lashligi) taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlarning soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi hajmiga qarab aylanmadan olinadigan soliq joriy etish bo‘yicha bergan takliflari 2020 yil 1 yanvardan amalga kiritilgan Soliq kodeksining 461-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 3 maydagi 06/04-01-03-29/1077-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard so‘mdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so‘mdan oshgan, lekin bir milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashi to‘g‘risidagi taklifi amaliyotga joriy etilgan va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 2020 yilda 379,4 mlrd.so‘m miqdorida aylanmadan olinadigan soliqni to‘lagan;
aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-son qarorida o‘z aksini topgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 3 maydagi 06/04-01-03-29/1077-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ishlab chiqilgan va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni ro‘yxatga olish bo‘yicha mobil ilova, soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti hamda soliq idoralarining o‘zida jami 950 mingdan ortiq fuqarolar ro‘yxatdan o‘tishiga erishilgan;
tadbirkorlik sub’ekti har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘lashi, faoliyat bilan ikki va undan ortiq aholi punktlarida shug‘ullanganida esa, ushbu aholi punktlari uchun o‘rnatilgan yuqori stavkada soliq to‘lashi bo‘yicha taklifi amaliyotga joriy etilgan va O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 383-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 3 maydagi 06/04-01-03-29/1077-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, 2020 yilda ya’ni, bir nechta faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi har xil hududdagi 11232 nafar YaTTlardan 5638,1 mln.so‘m qat’iy belgilangan daromad solig‘i undirilishiga erishilgan;
I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar, oyiga qat’iy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lashligi bo‘yicha taklifi amaliyotga joriy etilgan va O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-659-son Qonuniga asosan,  Soliq kodeksining 383-moddasiga o‘zgartirish kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 3 maydagi 06/04-01-03-29/1077-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida, 2020 yil davomida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar ixtiyorida 9,7 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar qolishiga imkoniyat yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish