Adashev Azimjon O‘rinboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes sub’ektlarini barqaror rivojlantirish va samaradorligini oshirish (Namangan viloyati misolida), 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt1049.
Ilmiy rahbar: Qosimova Dilorom Sobirovna,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Muftaydinov Qiyomiddin Xamdamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Doniyor Tairovich,  iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kichik biznes sub’ektlarining barqaror rivojlantirishni ta’minlash va samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ixtisoslashuv (IDopt = 0,45), autsorsingda ishtirok etish (Aopt = 0,25)  va  ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash (IChDopt = 0,28)ning optimal darajalarida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini kichik biznes korxonalariga transformatsiyalash asosida samaradorlikni oshirish taklif etilgan;
hudud miqyosida kichik biznes sub’ektlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga mutassadi idoralar tomonidan korxonalarni boshqarishning umumiy mazmunga ega jarayonlari uchun tavsiyaviy optimal xarajat tarkibi va qiymatlari paketini taqdim etish orqali samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
hudud miqyosida kichik biznes sub’ektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mutanosib taqsimlanishi darajasi (TDIF)ga ta’sir ko‘rsatish orqali sog‘lom raqobat muhitining shakllanishi hamda kichik biznes barqaror rivojlanishini ta’minlash taklifi asoslangan;  
kichik biznes sub’ektlarining barqaror va samarali rivojlanishini ta’minlash asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmining 2026 yilga qadar ikki ssenariyli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznes sub’ektlarini barqaror rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ixtisoslashuv (IDopt = 0,45), autsorsingda ishtirok etish (Aopt = 0,25)  va  ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash (IChDopt = 0,28)ning optimal darajalarida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini kichik biznes korxonalariga transformatsiyalash asosida samaradorlikni oshirish taklifi  O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 7 oktyabrdagi 07/09-10/10-3919-son, Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 30 avgustdagi 11/03-15-7291-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifdan foydalanish natijasida Namangan viloyati Chortoq tumanida faoliyat yuritayotgan «Chortoq temir beton» ma’suliyati cheklangan jamiyatida ushbu model joriy etilgan holda, zamon talablariga mos turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilib iste’molchilarga etkazib berish imkoniyatini bergan;
hudud miqyosida kichik biznes sub’ektlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga mutassadi idoralar tomonidan korxonalarni boshqarishning umumiy mazmunga ega jarayonlari uchun tavsiyaviy optimal xarajat tarkibi va qiymatlari paketini taqdim etish orqali samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 7 oktyabrdagi 07/09-10/10-3919-son, Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 30 avgustdagi 11/03-15-7291-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifdan foydalanish natijasida «TEKSTIL LIBOS» mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2021 yildagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2020 yilga nisbatan oshirilishiga hamda korxonani asosiy vositalarini 8 foiz (26001,5 mln. so‘m), ishchilar sonini 7,8 foiz (142 kishi) ortishiga erishilgan;
hudud miqyosida kichik biznes sub’ektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mutanosib taqsimlanishi darajasi (TDIF)ga ta’sir ko‘rsatish orqali sog‘lom raqobat muhitining shakllanishi hamda kichik biznes barqaror rivojlanishini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021 yil 25 mart «2022-2026 yillarda hududlar, tarmoqlar va sohalarni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish to‘g‘risida»gi AF-219-son-f hamda Namangan viloyati hokimining 2021 yil 29 martdagi 96-f-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyatining 2022-2026 yillarda hududlar, tarmoqlar va sohalarni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha dastur qismlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2021 yil 11 avgustdagi 02/10-1175-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish natijasida viloyatda kichik biznes sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish, aholi bandligi va daromadlarini ko‘paytirish orqali yalpi hududiy mahsulotning 3,6 foizga oshishiga imkon yaratilgan;
kichik biznes sub’ektlarining barqaror va samarali rivojlanishini ta’minlash asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmining 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan ikki ssenariyli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 7 oktyabrdagi 07/09-10/10-3919-son, Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 30 avgustdagi 11/03-15-7291-son ma’lumotnomalari). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish natijasida Namangan viloyatining 2021-2026 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish