Alieva El`nara Ametovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni raqobatbardoshligini oshirishda innovatsiyalardan foydalanish samaradorligi (Namangan viloyati misolida)», 08.00.15 - Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1525.
Ilmiy rahbar: Kazakov Olim Sabirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.1.66.03.
Rasmiy opponentlar: Bayxanov Baxodirjon Tursunbaevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xonkeldieva Go‘zal Sherovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
to‘qimachilik sanoat tarmog‘ida faoliyat yurituvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining raqobatbardoshliligini ta’minlashda innovatsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik sanoati tarmog‘i kichik biznes korxonalarida innovatsiyalarni joriy etishning o‘rtacha darajasi (AIR (average innovation rate) = 0,471) aniqlanib, mazkur ko‘rsatkichning turli me’yorlari (past (0-0,5), o‘rta (0,51-1,5), yaxshi (1,51-2,0), yuqori (2,1-2,5))da tarmoq raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlari baholangan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari innovatsion faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning trend indikatorlari (x2 = -1, x3 = -1); (x2 = 0, x3 = 0); (x2 = 1, x3 = 1)dan foydalangan holda innovatsion faoliyatni amalga oshirish imkoniyatlari va sohalarini kengaytirish taklifi asoslangan;
to‘qimachilik sanoatining innovatsion salohiyatli jarayonlari va mahsulotlarini ishlab chiqarishni alohida yuqori texnologik bazaga ega, ixtisoslashgan kichik biznes korxonalariga joriy etish orqali  raqobatbardoshligini oshirish taklif etilgan;
to‘qimachilik sanoatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari innovatsion faollik darajasini oshirishning  2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadkikot natijalarining joriy qilinishi:
Kichik biznes va tadbirkorlikning raqobatbardoshliligini oshirishda innovatsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
to‘qimachilik sanoati tarmog‘i kichik biznes korxonalarida innovatsiyalarni joriy etishning o‘rtacha darajasi (AIR (average innovation rate) = 0,471) aniqlanib, mazkur ko‘rsatkichning turli me’yorlari (past (0-0,5), o‘rta (0,51-1,5), yaxshi (1,51-2,0), yuqori (2,1-2,5))da tarmoq raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlaridan foydalanish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi faoliyatida foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 29 sentyabrdagi 11/03-29-8124-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “MEGA TEKSTIL” MChJ tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning eksport hajmlarini 4,8% ga oshishiga olib kelgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari innovatsion faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning trend indikatorlari (x2 = -1, x3 = -1); (x2 = 0, x3 = 0); (x2 = 1, x3 = 1)dan foydalangan holda innovatsion faoliyatni amalga oshirish imkoniyatlari va sohalarini kengaytirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi faoliyatida foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 29 sentyabrdagi №11/03-29-8124-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qayta ishlash tarmog‘idagi tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining umumiy xarajatlarini 7,5 foizgacha qisqartirishga imkon bergan;
to‘qimachilik sanoatining innovatsion salohiyatli jarayonlari va mahsulotlarini ishlab chiqarishni alohida yuqori texnologik bazaga ega, ixtisoslashgan kichik biznes korxonalariga joriy etish orqali  raqobatbardoshligini oshirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi faoliyatida foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 29 sentyabrdagi 11/03-29-8124-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida qayta ishlash tarmoqlaridagi tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari yalpi foydasi 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 5,6% ga oshishiga olib kelgan;
to‘qimachilik sanoatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari innovatsion faollik darajasini oshirishning  2025 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi faoliyatida foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 29 sentyabrdagi 11/03-29-8124-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlari asosida Namangan viloyati hududiy boshqarmasining biznes muhitini yaxshilash va ishbilarmonlik indekslarini baholash bo‘limi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini innovatsion faolik darajasini baholash yo‘riqnomasini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish