Abdullaeva Sanobar Baxrillaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Insonni xarakterlashda zoonim komponentli frazeologik birliklardagi lingvopragmatik xususiyatlar (ingliz va o‘zbek tillari misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1129.
Ilmiy rahbar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Bushuy Tat`yana Anatol`evna, filologiya fanlari doktori, professor; Ergasheva Guli Ismailovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi geterogen tillar (ingliz va o‘zbek tillari) materialida zoonim komponentli frazeologizmlarning antropotsentrik, pragmatik va lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash, qiyoslanayotgan tillarning frazeologik birliklari yordamida shaxsni tavsiflashdagi o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
odamning tashqi ko‘rinishi, yoshi, ijtimoiy mavqei, aql-zakovati va shaxsiy xususiyatlarini tavsiflash uchun uy va yovvoyi hayvonlar, qushlar, hashoratlar va boshqa fauna nomlaridan hosil bo‘lgan ingliz va o‘zbek frazeologik birliklarining lingvopragmatik va paremiologik jihatlari dalillangan;
insonning ijobiy va salbiy sifatlarini tasvirlash uchun grammatik konstruksiyalarda va semantik baholash aspektidagi morfologik, sintaktik, strukturaviy o‘xshashliklar hamda ingliz va o‘zbek tillaridagi zoonim komponentli frazeologizmlarning lingvomadaniy va tarixiy-etimologik mazmunidagi mentalital va kognitiv farqlar isbotlangan;
ingliz va o‘zbek lingvomadaniyatlar diskursida zoonim komponentli maqol iboralarning stilistik xususiyatlari, leksikografik tavsifi va kontekstual qo‘llanishi ochib berilgan;
insonning ichki ma’naviy olami, aql-zakovati darajasi va shaxsiy fazilatlarini tavsiflovchi zoonim komponentli frazeologik birliklarning lingvomadaniy mazmuni ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida insonni xarakterlovchi zoonim komponentli frazeologik birliklar tahlilidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
insonning ijobiy va salbiy sifatlarini tasvirlash uchun grammatik konstruksiyalarda va semantik baholash aspektidagi morfologik, sintaktik, strukturaviy o‘xshashliklar hamda ingliz va o‘zbek tillaridagi zoonim komponentli frazeologizmlarning lingvomadaniy va tarixiy-etimologik mazmunidagi mentalital va kognitiv farq qilishiga doir xulosalardan Samarqand chet tillar institutida Evropa Ittifoqi Erasmus+ dasturi 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+ CBHE IMEP: «O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va halqarolashtirish» mavzusidagi ilmiy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 13 yanvardagi 78/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik sohalarida talabalarning bilim darajasini oshirishga erishilgan;
insonning ichki ma’naviy olami, aql-zakovati darajasi va shaxsiy fazilatlarini tavsiflovchi zoonim komponentli frazeologik birliklarning lingvomadaniy mazmuniga doir xulosalardan Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan olib borilgan I-204-4-5 «Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish» mavzusidagi loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 13 yanvardagi 80/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, zoonim komponentli frazeologik birliklarning badiiy matnlarda tahlil qilinishi talabalarning xorijiy tilni samarali o‘rganishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek lingvomadaniyatlar diskursida zoonim komponentli maqol iboralarning stilistik xususiyatlari, leksikografik tavsifi va kontekstual qo‘llanishiga doir xulosalardan Samarqand chet tillar institutida Evropa Ittifoqi tomonidan Tempus Project dasturining 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL: «Evropa tillarini o‘qitishni rivojlantirish: qo‘shma magistratura dasturlarini rivojlantirish orqali til o‘qitishni takomillashtirish» nomli loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 13 yanvardagi 79/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyadan olingan ma’lumot talabalar nutqining o‘sishiga va zoonim komponentli frazeologik birliklarning tipologiyasini aniqlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam bergan;
lingvopragmatik xususiyatlari bo‘yicha insonning tashqi ko‘rinishi va yoshi, aqliy qobiliyati, shaxsiy xususiyatlari, oilaviy holati, mehnat faoliyati, ijtimoiy maqomi va shuningdek, xulqi va hayot tarzini baholovchi ingliz va o‘zbek zoonim komponentli frazeologik birliklari tasnifiga oid ilmiy-nazariy tavsiyalar Samarqand viloyat teleradiokanali orqali ta’lim tizimiga, ilmiy-tadqiqot institutlariga va badiiy adabiyotga qiziquvchi keng ommaga taqdim etilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 29 dekabrdagi 91-son ma’lumotnomasi). Natijada Samarqand radiokanalining «Golos Samarkanda» eshittirishi orqali aholiga, asosan o‘quvchi yoshlarga, talabalarga, olimlarga va ilmiy izlanuvchilarga ingliz va o‘zbek tillarida insonning tashqi va ichki parametrlari bo‘yicha baholovchi zoonim komponentli frazeologizmlarni targ‘ib qilish imkoniyati yaratilgan.