Elmurzaeva Nasiba Xolboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning pedagogik xususiyatlari”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped1805.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Qoraev Samariddin Barakaevich, pedagogika fanlari falsafa doktori (Phd), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matjonov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor; Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning pedagogik xususiyatlarini aniqlashtirish hamda texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning pedagogik-psixologik xususiyatlari imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni ruhiy, intellektual, jismoniy jihatdan kompleks tashxislashning innovatsion yondashuvlarini korreksion ta’lim amaliyotiga integrativ implementatsiya qilish orqali takomillashtirilgan;
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning individual ta’lim traektoriyasini samarali tashkil etish mexanizmlari texnologiya fanini o‘qitish jarayonida  o‘quvchilarning amaliy ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishga muljallangan usullarni maktab va oila hamkorligi muhitida ijtimoiy faollik munosabatida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish modeli shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy  yondashuvlarni korreksion-pedagogik amaliyotga nosog‘lom analizator faoliyatini to‘ldiruvchi kompensatsion ta’sirda integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
dars va korreksion mashg‘ulotlarini tashkil qilish va ularning samaradorligini oshirish texnologiyalari o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatida diagnostika, adaptatsiya, korreksiya tadbirlarini uyg‘unlikda SMART rejalashtirishning instrumental texnikalarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning pedagogik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini pedagogik-psixologik tashkil etish va kompleks tashxislashning innovatsion yondashuvlarini korreksion ta’lim amaliyotiga integrativ implementatsiya qilishga oid takliflari FZ-2016-0910202206-raqamli “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy pedagogik texnologiyalari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Q.Niyoziy nomidagi O‘zbekiston PFITI ning 2020 yil 16 martdagi 01/15-09/77-son ma’lumotnomasi). Natijada, dars va korreksion mashg‘ulotlar jarayonida imkoniyati cheklangan o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha tarbiyaviy ta’sir tadbirlarini olib borish imkoniyatlari kengaytirilgan;
ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish modeli shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy  yondashuvlarni korreksion-pedagogik amaliyotga nosog‘lom analizator faoliyatini to‘ldiruvchi kompensatsion ta’sirda integratsiyalashga doir tavsiyalaridan OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2022 yil 30 iyundagi 02-1515-15-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini texnologik jihatdan samarali tashkil etishga erishilgan;
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning individual ta’lim traektoriyasini samarali tashkil etish mexanizmlari texnologiya fanini o‘qitish jarayonida  o‘quvchilarning amaliy ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishga muljallangan usullarni maktab va oila hamkorligi muhitida ijtimoiy faollik munosabatida qo‘llashga oid takliflaridan  YoA1-009-son “Oliy ta’lim muassasalarida fanlarni o‘qitishning metodik tizimini ishlab chiqish va shu asosda innovatsion elektron o‘quv-uslubiy majmuasini yaratish” mavzusidagi 2017-2018 yillarda bajarilgan ilmiy tadqiqot loyihasi foydalanilgan (Chirchiq davlat pedagogika institutining 2022 yil 14 martdagi 86-son ma’lumotnomasi) Natijada, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan tamoyillar asosida tashkil etishda o‘qituvchilar faoliyatinii modellashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish