Baxodirov Azizbek Abdulazizovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gruntli muhit bilan o‘zaro ta’sirlanish holatidagi er osti muhandislik tizimlarida to‘lqin tarqalish dinamikasi», 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/T74.
Ilmiy maslahatchi: Sultanov Karim Sultanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.T/FM.03.04.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Sharofiddin Sayfiddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Mardonov Botir Mardonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Hudoynazarov Hayrulla Hudoynazarovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: inshoot-grunt tizimida to‘lqin tarqalishini hisobga olib er osti muhandislik tizimlarini mustahkamlikka hisoblash usulini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dinamik kuchlar ta’siri ostidagi gruntning elastik-qovushqoq-plastik tavsiflarini aniqlash usuli jarayon kvazistatikligini ta’minlash evaziga takomillashtirilgan;
o‘zaro ta’sirlanish qonuniyatlari va gruntlardagi siljish deformatsiyalanishi qonuniyatlari o‘rtasidagi aloqadorlik darajasini aniqlash usuli grunt yarim fazosi uchun nochiziqli to‘lqin tarqalish masalalarini echish asosida takomillashtirilgan;
qattiq uzun jismning nochiziq-deformatsiyalanuvchan gruntli muhit bilan siljishli o‘zaro ta’sirlanishining to‘lqin tarqalishi masalasini sonli usulda echish asosida gruntda o‘zaro tutashish qatlamining paydo bo‘lishiga ta’sir qiluvchi omillarni baholash usuli takomillashtirilgan;
qattiq jismning grunt bilan o‘zaro ta’sirlanishidagi to‘lqin tarqalishi masalasining sonli echimlarini olish asosida gruntning quvur bilan o‘zaro tutashuvi qatlamining qalinligini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
er osti quvur o‘tkazgichlarini mustahkamlik va zilzilabardoshlikka hisoblash usuli er osti inshootlari seysmik mustahkamligining to‘lqin tarqalishi nazariyasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gruntli muhit bilan o‘zaro ta’sirlanish holatidagi er osti muhandislik tizimlarida to‘lqin tarqalish dinamikasi mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
dinamik kuchlanganlik holatidagi gruntlarning elastik-qovushqoq-plastik ko‘rsatgichlarini aniqlashning takomillashtirilgan usuli “Suvoqava” Namangan davlat unitar korxonasiga er osti muxandislik tizimining dinamik kuchlanganlikdagi mustahkamligini oshirish uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish Vazirligining 28 sentyabr 2017 yildagi 11-1/1179-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijasi er osti muxandislik tizimining uzluksiz ishlashini 1,2-1,5 martaga oshirish imkonini bergan;
to‘lqin tarqalish jarayonini hisobga olgan holda er osti muhandislik tizimlarini seysmik mustahkamlikka va umrboqiylikka hisoblashning takomillashtirilgan usuli “Suvoqava” Namangan davlat unitar korxonasiga seysmik mustahkamlikni ta’minlash uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish Vazirligining 28 sentyabr 2017 yildagi 11-1/1179-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijasi er osti muhandislik tizimlarining dinamik yuklanish paytida gruntning elastik-qovushqoq plastik tavsiflarini aniqlash ishonchliligini 1,3-1,4 martaga oshirish imkonini bergan;
gruntning siljish qatlamini aniqlashning takomillashtirilgan usuli “Suvoqava” Namangan davlat unitar korxonasiga er osti muhandislik tizimlarini yotqizish traektoriyalarini aniqlab olish uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish Vazirligining 28 sentyabr 2017 yildagi 11-1/1179-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijasi quvurlarning yotqizilish traektoriyasi bo‘yicha siljish miqdorini 10-12%ga kamaytirish imkonini bergan.