Ziyadullaeva Nigora Saidullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suyak nuksonlarini tiklash uchun yangi osteoplastik xomashelarni kullanilishini asosi (klinik-eksperimental tadkikot)», 14.00.21-Stomatologiya, 03.00.01-Bioximiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib569.
Ilmiy maslaxatchilar: Akbarov Avzal Nigmatullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tulyaganov Dil`shat Ubaydullaevich, texnik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Shalabaeva Klara Zulxarnaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Kozog‘iston Respublikasi); Bikov Il`ya Mixaylovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Dusmuxamedov Maxmudjon Zokirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Adena universiteti (Ispaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuz-jag‘ tizimining turli xil suyak nuqsonlarini tiklash uchun yangi osteoplastik xomashyolarning al`ternativ shakllaridan foydalanish samaradorligini aniklashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor xavfsizligini isbotlash uchun 47.5V osteoplastik materialdan 3 oy davomida terapevtik va maksimal dozalarda intragastral qullanilishi eksperimental hayvonlar qonining gematologik va koagulyasion xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatmaganligi aniqlangan;
ilk bor mikrogranulalar va skaffold shaklidagi 47,5V material bilan osteoplastikadan so‘ng implantat kapsulyasiyalanmaganligi asosida materialning eksperimental hayvonlar tanasi bilan biomuvofiqligi isbotlangan;
ilk bor mikrogranulalar va skaffold shaklida 47,5V material bilan osteoplastikadan so‘ng birinchi oylardan boshlab ishqoriy fosfataza darajasi oshganligiga (nazorat guruhi bilan taqqoslaganda) asoslanib materialning yuqori osteoinduktiv xususiyatlari isbotlangan;
ilk bor infeksiyaning endoparodontal o‘choqli suyak nuqsonlarini tiklash uchun BG-1D materialdan antibiotik amoksisillin bilan birgalikda foydalangandan so‘ng nuqson sohasidagi suyak to‘qimalarining hajmi sog‘lom suyak to‘qimalarining darajasi bilan taqqoslaganda kamaymaganligi asosida suyak atrofiyasini oldini olishini isbotlangan;
ilk bor infeksiyaning endoparodontal o‘choqli suyak nuqsonlarini tiklash uchun BG-1D materialdan antibiotik amoksisillin bilan birgalikda foydalangandan so‘ng 5-chi kundan mikrotsirkulyasiya darajasi va intensivligining pasayishi qayd etilgan, natijada yallig‘lanish belgilari nazorat guruhiga nisbatan tezroq to‘xtaganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sintetik bioaktiv keramika guruhiga mansub yangi osteoplastik materiallarning xavfsizligi, biomuvofiqligi, osteokonduktivligi va osteoinduktivligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning olingan klinik va eksperimental natijalar asosida:
sintetik osteoplastik bioaktiv materiallarni sterilizatsiya qilishning optimal usuli tanlash maqsadida olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan "Yangi osteoplastik materiallarni sterilizatsiya qilishning optimal usulini tanlash" mavzusi bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 8 apreldagi 8n-r/313-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma mikrogranulalar va skaffold shaklidagi Bioaktiv shishalarni eng oddiy, arzon va xavfsiz usulda sterillizatsiya qilish imkonini bergan;
mahalliy BG-1D bioaktiv shishani Amoksisilin antibiotiki bilan birgalikda foydalanish usuli ishlab chiqish va samaradorligini aniqlash maqsadida olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan "Jag‘ nuqsonlarini tiklash uchun "Biologik faol shisha"ning yangi kompozisiyalaridan foydalanish" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 8 apreldagi 8n-r/312-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma alveolyar usimtaning atrofiyasini olidini olish bilan bir vaqtning o‘zida o‘tkir yallig‘lanish jarayonini bartaraf etish uchun imkonini bergan;
mahalliy bioaktiv shishaning yangi kompozisiyalaridan foydalanishning ishlab chiqilgan yondashuvlari, shuningdek bioaktiv shishani sterilizatsiya qilishning tavsiya etilgan usuli olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkentdagi 4-sonli Stomatologiya va IX–Med klinikasining amaliy faoliyatlariga kiritildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 8 apreldagi 8n-d/-175-son ma’lumotnomasi). Mahalliy bioaktiv shishaning yangi kompozisiyalaridan foydalanishga taklif qilingan yondashuvlarni qo‘llash alveolyar jarayonning atrofiyasini oldini olish bilan birga yallig‘lanish jarayonini tezda to‘xtatishga va keyingi tish implantatsiyasi va ortopedik tishlarni davolash uchun qulay sharoit yaratishga imkon berdi. O‘z navbatida, mikrobiologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra tanlangan yangi osteoplastik materiallarni eng oddiy, arzon, xavfsiz va samarali sterilizatsiya qilishning tanlangan termal usulida amalga oshirish imkonini bergan.