Sharipova Nilufar Hikmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Banklarda to‘lov tizimini takomillashtirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.2.PhD/Iqt1328
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kulliev Istam Yangimurodovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Bank-moliya akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi banklarda to‘lov tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank operatsion xarajatlarini kamaytirish maqsadida jismoniy shaxslar uchun bank mobil ilovasida so‘m-valyuta konversiya xizmatlarini komissiyasiz qilib belgilash orqali ilova xizmatlarini takomillashtirish taklif etilgan;
raqamli texnologiyalar yordamida naqd pulsiz to‘lovlarni kengaytirish maqsadida QR-to‘lovlar tranzaksiyalari komissiyalarini 1 foizdan 0,25 foizga tushirish orqali optimallashtirilgan me’yorlarni qo‘llash zarurligi asoslangan;
bank kartalariga «Paysend» tizimida muqobil kanallar orqali transchegaraviy pul o‘tkazmalarining hajmini oshirish maqsadida komissiya xizmatini 0,7 foizdan 0,5 foizga tushirish zarurligi ilmiy asoslangan;
chakana to‘lov tizimlarida bir necha funksiyalarni o‘zida birlashtirgan yagona platformada virtual terminallar ochishga ketadigan vaqtni qisqartirish elektron tijoratda to‘lovlar ulushini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Banklarda to‘lov tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy takliflar asosida:
bank operatsion xarajatlarini kamaytirish maqsadida jismoniy shaxslar uchun bank mobil ilovasida so‘m-valyuta konversiya xizmatlarini komissiyasiz qilib belgilash orqali ilova xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklifi ATIB «Ipoteka-bank»ning 2020 yil 3 noyabrdagi 2090-sonli farmoyishi bilan amaliyotga joriy etilgan (ATIB «Ipoteka-bank» 2022 yil 17 maydagi 17-3/4251-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2021 yil yarim yillik natijalariga ko‘ra masofadan bank xizmatidan foydalanuvchi mijozlar soni 39,7 foizga o‘sishiga erishilgan hamda masofaviy xizmatlar ko‘lamining kengayishi hisobiga CIR (Cost/Income Ratio) operatsion xarajatlar samaradorligi ko‘rsatkichi 21,7 foizni tashkil etgan;
raqamli texnologiyalar yordamida naqd pulsiz to‘lovlarni kengaytirish maqsadida QR-to‘lovlar tranzaksiyalari komissiyalarini 1 foizdan 0,25 foizga tushirish orqali optimallashtirilgan me’yorlarni qo‘llash taklifi ATIB «Ipoteka-bank» Boshqaruvi yig‘ilishining 2021 yil 20 maydagi 141-sonli bayoni bilan amaliyotga joriy etilgan (ATIB «Ipotekabank» 2022 yil 17 maydagi 17-3/4251-son ma’lumotnomasi). Natijada jami to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar hajmi 2021 yil yarimyillik natijalariga ko‘ra 22 foizga ortgan.
bank kartalariga «Paysend» tizimida muqobil kanallar orqali transchegaraviy pul o‘tkazmalarining hajmini oshirish maqsadida komissiya xizmatini 0,7 foizdan 0,5 foizga tushirish orqali optimallashtirish bo‘yicha taklifi ATIB «Ipoteka-bank» Boshqaruvi yig‘ilishining 2021 yil 3 fevraldagi 196-sonli bayoni bilan amaliyotga joriy etilgan (ATIB «Ipoteka-bank» 2022 yil 17 maydagi 17-3/4251-son ma’lumotnomasi). Natijada «Paysend» tizimi orqali xalqaro pul o‘tkazmalarining summasi 2021 yilning yarim yillik natijalariga ko‘ra 101,7 mln. AQSh dollariga oshishiga erishilgan;
elektron tijoratda to‘lovlar ulushini oshirish maqsadida bir necha funksiyalarni o‘zida birlashtirgan yagona platformani yaratish orqali virtual terminallar ochishga ketadigan vaqtni qisqartirish mexanizmini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklifi UZCARD tranzaksiya biznesini rivojlantirish amaliyotiga joriy etilgan («Yagona umumrespublika protsessing markazi» MChJ (UZCARD) ning 2022 yil 26 maydagi 730-son ma’lumotnomasi). Natijada tadbirkorlarning virtual terminallar ochishga ketadigan vaqti qisqarishiga hamda elektron tijoratda to‘lovlar ulushining 2021 yil yarimyillik natijalariga ko‘ra 68 foizga, ishtirokchilar ulushining 45 foizga ortishiga erishilgan.