Shodiev Abbos Ne’mat o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kuydirilgan molibden tarkibli maxsulotni soda-sorbsion usulida kompleks qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc./T534.
Ilmiy maslahatchi: Xasanov Abdirashid Salievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Shadrunova Irina Vladimirovna, texnika fanlari doktori, professor; Sharipov Hasan Turapovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kamolov Tursunboy Ochilovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kuydirilgan molibden tarkibli maxsulotni soda-sorbsion usulida kompleks qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
natriy karbonat eritmalari bilan kuydirilgan oraliq mahsulot tarkibidagi molibden oksidi o‘rtasida kimyoviy reaksiya yuzaga kelishi aniqlangan;
kuydirilgan oraliq mahsulotdan molibden oksidini 100,0-120,0 g/l konsentratsiyali natriy karbonat eritmasi bilan tanlab eritish reaksiyasining kinetikasi va mexanizmlari isbotlangan;
karbonat molibdat eritmasi rN 2,5-3,0 nitrat kislota bilan neytrallanganda, molibden polianionlari MonOmh- va A100 (Mo) Puoralite anioniti selektivligini oshishi aniqlangan;
to‘yingan sorbent yuzasida molibdenli polianionlarni sorbsiyalash jarayonida natriy ionlarining yupqa elektrostatik diffuziya qatlami (fon) hosil bo‘lishi va anion almashinuvchi hajmini qoplashi asoslangan;
to‘yingan sorbentni natriy ionlaridan iliq kislotali yuvishni amalga oshirish uchun maxsus konstruksiyali kolonna tipidagi apparat ishlab chiqilgan;
qimmatbaho komponentlarni ajratib olish uchun ikkilamchi xom ashyo sifatida nodir metallar bilan mis-temir keki ishlab chiqarishning optimal texnologik parametrlari ishlab chiqilgan;
natriy nitratining qattiq tuzini bug‘latish va kristallash usuli bilan kuydirilgan molibden oraliq mahsulotlarini gidrometallurgik qayta ishlashdan olingan sanoat oqava suvlarini utilizatsiya qilishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuydirilgan molibden tarkibli maxsulotni soda-sorbsion usulida kompleks qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sorbsion texnologik sxemadan foydalangan holda kuydirilgan molibden oraliq mahsulotlaridan molibden ajratib olishning ishlab chiqilgan texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJda joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2022 yil 2 avgustdagi AA-005782-son ma’lumotnomasi). Natijada, molibden oksidi va soda eritmasi o‘rtasida 90-95 °S haroratda erituvchi konsentratsiyasi va aralashtirish tezligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq ravishda molibdenni 90% gacha ajratib olish imkonini bergan;
ionitlarning sig‘im xususiyatlari va fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq qilish asosida sodali eritmadan molibdenni ajratib olish uchun sorbsiya va desorbsiya jarayonlarining kinetikasini tadqiq qilish hamda sodali tanlab eritish texnologiyasining ishlab chiqilgan parametrlari «Olmaliq KMK» AJda joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2022 yil 2 avgustdagi AA-005782-son ma’lumotnomasi). Natijada, molibdenning selektiv sorbsiyasi uchun A100 (Mo) Purolite anioniti va reniyning sorbsiyasi uchun A170 (Re) Purolite anionitidan foydalanish imkonini bergan;
kuydirilgan molibden oraliq mahsulotlaridan tanlab eritish jarayonida sodaning solishtirma sarfini kamaytirish maqsadida ishlab chiqilgan texnologiya va membrana elektroliz usuli yordamida sodani regeneratsiya qilishning texnologik sxemasi «Olmaliq KMK» AJ MEZda joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2022 yil 2 avgustdagi AA-005782-son ma’lumotnomasi). Natijada, natriyni chiqarib tashlashning umumiy darajasi 92,0%, tok bo‘yicha unum taxminan 90,0% ni tashkil qilgan hamda qo‘shimcha ravishda kekda mis, oltin va kumush olish imkonini bergan.