Usmonov Farrux Nasirdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ratsionallikning epistemologik asoslari» 09.00.01–Ontologiya, gnoseologiya va mantiq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal17.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni:Abdullaeva Mahbuba Nurullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti. DSc.27.06.2017.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Qo‘shoqov Shuxrat Solievich falsafa fanlari doktori, professor; Davronov Ziyod Davronovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ratsionallik evolyusiyasining xususiyatlari va uning epistemologiyaga ta’sirini ochib berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy davrlar bo‘yicha ratsionallik chegaralarining kengayib borishi epistemologiya evolyusiyasining asosi bo‘lganligi isbotlab berilgan;
nochiziqli tafakkurning ortga qaytmaslik, kelajakning bugunga ta’siri kabi xususiyatlarida ratsionallikning amal qilishi ochib berilgan;
nochiziqli tafakkurning namoyon bo‘lishida ratsionallik va noratsionallikning uzviyligi (uzluksiz bog‘langanligi) ochib berilgan;
ratsionallikning oddiy, murakkab va o‘ta murakkab tizimlardagi determinallashgan va determinallashmagan tafakkurdagi ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyaning ilmiy-nazariy xulosalari, metodologik tavsiyalari, amaliy takliflari asosida:
tadqiqot natijalarning qo‘llanilishi murakkab tizim va jarayonlarni tadqiq etishda ratsionallikning amal qilish doirasi, o‘ziga xos jihatlarini falsafiy-metodologik nuqtai nazardan o‘rganish imkonini beradi (O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 29 noyabrdagi FTA-02-11/1208-son ma’lumotnomasi);
ratsionallikning imkoniyatlari, kreativ tafakkur qobiliyati va uning ko‘rinishlari, epistemologiya va unda ratsionallik evolyusiyasi, nochiziqli tafakkur kategoriyalari va tushunchalari “Epistemologiyaning zamonaviy muammolari” nomli oliy o‘quv yurtlari uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma (1-2 kitoblardan iborat, Toshkent., 2012.)da batafsil izohlab berilgan. O‘quv qo‘llanma mazkur mavzudagi ilmiy tadqiqotlarda nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan;
mamlakatimizda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi va intellektual salohiyatini oshirish hamda ma’naviyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan mavkuraviy targ‘ibot ishlarida, ratsional va kreativ fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozisiyaga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash borasidagi tadbirlarda foydalanigan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashining 2017 yil 28 noyabrdagi 02-06/343-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi va intellektual salohiyatini oshirish hamda ma’naviyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan mavkuraviy targ‘ibot ishlari samaradarligini oshirishga xizmat qilgan;
jamiyatimizda amalga oshiriladigan islohotlar ratsionallikka asoslanishi, maqsadni ratsional qo‘yish va unga erishish yo‘llari hamda fuqarolarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda mazkur tadqiqotda ishlab chiqilgan g‘oyalardan O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyati kengashi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining 2017 yil 29 noyabrdagi 1/622-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar fuqarolarimizni vatanparvarlik va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan.