Rahimqulov G‘ayrat Norqo‘chqorovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mustaqillik davri tojik matbuotining tili va uslubi(“Ovozi tojik” va “Ovozi Samarqand” gazetalari materiallari asosida)»,   10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti  (tojik tili va tojik adabiyoti), (filologiya fanlari). 

Dissertatsiya  mavzusi  ro‘yxatga  olingan  raqam: B2017.3.PhD/Fil225. 

Ilmiy rahbar ning: Eltazarov Juliboy Danabaevich, filologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand  davlat  universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.27.06.2017.Fil.02.03.

Rasmiy opponentlar: Abdujamol Hasanov, filologiya fanlari doktori, professor; Fayzulla Mo‘minov, filologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.  

Dissertatsiya yo‘nalishi:  nazariy  ahamiyatga  molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqotning asosiy maqsadiistiqlol   davrida O‘zbekistonda nashr etilayotgan tojik gazetalari tilining shakllanishi, gazeta tilining turli janrlari bo‘yicha xos xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘lib, mustaqillikdavrida «Ovozi tojik» va «Ovozi Samarqand» gazetalari tili, uslubini va xususiyatlarini yoritishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy  yangiligi:

tojik matbuoti tarixining asosiy bosqichlari, mustaqillik yillarida tojik gazetalari  tili va uslubida yuz bergan leksik-stilistik, grammatik-stilistik, lug‘aviy-semantik, me’yoriy o‘zgarishlar asoslab berilgan;

tojik davriy matbuotidagi  xabar, reportaj, hisobot, interv`yu kabi axborot (informatsion) janrlar;   korrespondensiya, maqola, taqriz, sharh, obzor, xat kabi tahliliy (analitik) janrlar; lavha, ocherk, fel`eton kabi badiiy-publisistik janrlardagi materiallar tilining aniqlik, informativlik, obrazlilik kabi asosiy xususiyatlari ochib berilgan;

istiqlol davrida  «Ovozi tojik» va «Ovozi Samarqand» gazetalari tilining asosiy lisoniy va uslubiy belgilari, ular tilidagi  lug‘aviy o‘zgarishlar va janrlarda qo‘llanilgan so‘z va iboralarning leksik-semantik taraqqiyoti masalalari yoritib berilgan;

gazetalarning tojik adabiy tili me’yorlariga amal qilish darajasi baholangan, til birliklarini to‘g‘ri qo‘llash va jurnalistning nutqiy mahoratini oshirishyo‘llari asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Ovozi tojik» va «Ovozi Samarqand» gazetalarining tili va uslubini o‘rganish asosida qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalardan:

respublika miqyosida nashr etiluvchi «Ovozi tojik» gazetasining va boshqa tojik tilidagi davriy nashrlarning tili va uslubini takomillashtirishga, ularda e’lon qilinayotgan materiallarning sifatini oshirishga xizmat qilgan (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining 2017 yil 6 dekabrdagi  01-3741-son ma’lumotnomasi). Ilmiy  natijalarning qo‘llanilishi «Ovozi tojik» gazetasida e’lon qilinayotgan turli janrlardagi maqolalarning mazmuni va mundarijasini boyitgan,  gazeta tilida tojik adabiy tili me’yorlarini to‘g‘ri qo‘llashga xizmat qilgan.

Samarqandda nashr etilayotgan «Ovozi Samarqand» gazetasida e’lon qilinayotgan materiallarning nazariy, ijodiy va uslubiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan, jurnalist-kadrlarning kasbiy mahoratinining yuksalishiga xizmat qilgan (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining 2017 yil 6 dekabrdagi 01-3741-son ma’lumotnomasi). Ilmiy  natijalarning qo‘llanilishi ushbu gazetada e’lon qilingan turli janrlardagi maqolalarning ijodiy saviyasini oshirishga,  gazeta tilidagi ba’zi lisoniy va uslubiy kamchiliklarni tugatishga xizmat qilgan. 

«Siyosiy konfliktshunoslik va jurnalistika: siyosiy jarayonlarni tahlil etishning nazariy-uslubiy yo‘nalishlari” mavzusidagi O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2007-2011 yillarda bajarilgan OT-F8-160-raqamli fundamental loyihada tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 7 dekabrdagi FTA-02-11/1275-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalardan “Siyosiy konfliktshunoslik va jurnalistika” o‘quv qo‘llanmasining “Etnohududiy va millatlararo konfliktlar” hamda “XXI asrda insoniyat taqdiri. Konfliktlarni  o‘rganishda OAVning o‘rni va roli» mavzularini yoritishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish