Tojieva Gulbahor Nomozovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbek tili ma’naviy-ma’rifiy leksikasining mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti («milliy g‘oya» atov birliklari tizimi)» (10.00.01). – O‘zbek tili (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2017.1.PhD/Fil 21
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti. PhD.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor; Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon Davlat universiteti .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariyva amaliyahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: milliy g‘oya tushunchalarini ifodalovchi atov birliklarining o‘zbek tili lisoniy tizimidagi o‘rni va sistemaviy xususiyatlari yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birikma shaklidagi atov birliklarining til leksik tizimidan o‘rin olish mexanizmi, uning til sistemasidagi yaxlitlik, uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashi dalillangan;
milliy g‘oyatushunchalarini ifodalovchi atov birliklarining til leksik sistemasida tutgan o‘rni aniqlangan, ularning mavzuviy va ma’noviy guruhlari ajratilgan; farqlash va tasniflash asoslari ishlab chiqilgan;
atov birliklarining markaz va qurshov leksemalari aniqlanib, ularning mazmun ifodalash salohiyati hamda lingvistik qiymati ochib berilgan;
atov birliklarining tarixiy-etimologik, o‘z va o‘zlashma qatlamga oid mikrosistemalar kabi shakliy strukturalari tadqiq qilingan; ularning sodda, murakkab tiplari, bir komponentli, ikki komponentli va ko‘p komponentli turlari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.O‘zbek tili ma’naviy-ma’rifiy leksikasining mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti tadqiqoti davomida ilmiy asoslangan adovat, alla, alloma, an’ana, axborot erkinligi, axloq, aqida, aqidaparastlik, barkamol avlod, barkamollik, barqarorlik, bunyodkor g‘oyalar, buyuk ipak yo‘li, Vatan, vatanparvarlik, vijdon erkinligi, diniy tashkilot, diniy e’tiqod, do‘st, ijtimoiy adolat, immunitet, insonparvarlik, istiqlol, istiqlol mafkurasi, iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, iqtisodiy manfaatlar, iqtisodiy mustaqillik, komillik, madaniy meros, madaniyat, manfaat, matbuot erkinligi, mafkura, ma’naviy zarar, ma’naviyat, ma’rifat, mahalla, mahalliychilik, mehmondo‘st, milliy mafkura, milliy til, milliy g‘oya, milliylik, mustaqillik, mutafakkir, Navro‘z, ogohlik, oila, ommaviy madaniyat, semurg‘, siyosiy madaniyat, siyosiy e’tiqod, sulola, so‘z erkinligi, erksizlik, e’tiqod, qadriyatkabi atov birliklarning izohidan FA–F1-G041 raqamli “O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining rivojlanish tamoyillari” (2012–2016) nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining FTK-0313/888-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalardan mustaqillik yillarida shakllangan o‘zbek tili ma’naviy-ma’rifiy leksikasining asosiy belgilarini va birliklarini aniqlashtirishda foydalanilgan
“O‘zbek tilining qisqacha ma’naviyat lingvokul`turologik qomusiy lug‘ati” (ISBN 978-9943-4921-1-0) nashr etilgan va unda 100 dan ortiq milliy g‘oya tushunchalarini ifodalovchi atov birliklarining izohi berilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati o‘zbek tilining milliy g‘oya tushunchalarini ifodalovchi atov birliklarini “lison→nutq” tamoyili asosida lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqelanishi aspektida o‘rganish uchun nazariy manba vazifasini bajarishi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati esa tegishli lug‘atlarni tartib berishda, ta’limning turli bo‘g‘inlari uchun o‘zbek tilidan darslik va qo‘llanmalar yaratishda, oliy filologik ta’limda ixtisoslik va tanlov fanlarini tashkil etish, tavsiyanoma va yo‘riqnomalar tayyorlashga xizmat qilishi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalari va xulosalarining asosiy mazmuni Qarshi davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakul`teti talabalariga o‘qilgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda, shuningdek o‘zbek tilshunosligida milliy g‘oya tushunchalarini ifodalovchi atov birliklarining sistem xususiyati tavsifi bo‘yicha olib borilgan mavjud ma’lumotlarni kengaytiradi va to‘ldiradi. Milliy g‘oya tushunchalarini ifodalovchi atov birliklarining sistem xususiyati tavsifi tilshunoslik fanlarining rivojiga xizmat qilishi tadqiqotchining respublika, xorij ilmiy nashrlari va to‘plamlarda nashr etilgan maqolalarida o‘z ifodasini topgan.