Kaniyazova Jupargul` Orinbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sh.Seytov romanlarida xarakter yaratish mahorati («Xalqobod» roman-tetralogiyasi asosida)», 10.00.03–Qoraqalpoq tili. Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil43.
Ilmiy rahbar: Jarimbetov Qurbanbay Qudaynazarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Saparboy Ruzimboev, filologiya fanlari doktori, professor; Jalg‘as Xoshniyazov Xoshniyazovich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpoq adibi Shaudirboy Seytovning xarakter yaratishdagi o‘ziga xos badiiy mahorati va poetik uslubini tadqiqi hamda yozuvchining XX asr qoraqalpoq nasri taraqqiyotidagi o‘rnini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adib ijodiy yo‘lining tadrijiy rivoji hamda roman yaratishdagi o‘ziga xos adabiy mahoratini ochib berish orqali uning XX asr qoraqalpoq nasri taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi ko‘rsatilgan;
«Xalqobod» roman-tetralogiyasi obrazlar tizimining kompleks tahlili asnosida adibning syujet strukturasini yaratish va qahramon xarakterini talqin qilishdagi ijodiy novatorligi aniqlangan;
yozuvchining qahramon ruhiy holatini ifodalashda qo‘llangan xotira, tush va maktub kabi badiiy detallari, portret va peyzaj singari poetik ifoda usullari asar syujeti va kompozisiyasining yaxlitligini ta’minlanganligi isbotlangan;
roman-tetralogiyasining badiiy tili va qahramonlar nutqining poetik ifodasi asarda tasvirlangan qahramonlar xarakterini yaratishda asos bo‘lganligi dalillangan;
varvarizmlar, vulgarizmlar va laqablarning qahramon xarakteri qirralarini ochish va individuallashtirishda asosiy badiiy vosita vazifasini bajarganligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqotning natijalarining joriy qilinishi.
Taniqli qoraqalpoq yozuvchisi Sh.Seytovning «Xalqobod» roman-tetralogiyasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
adibning qahramon xarakterini yaratishdagi o‘ziga xos badiiy mahorati va roman syujet strukturasi shakllantirishdagi individual poetik uslubi haqidagi nazariy umumlashmalardan O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilayotgan FA-F01-005 raqamli «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi loyiha ishini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2017 yil 23 noyabrdagi 1701/106-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq romanlarining janr xususiyatlari va qahramon xarakterining badiiy talqiniga doir nazariy qarashlarni mukammallashtirishga erishilgan;
tadqiqot materiallari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi Berdaq Milliy muzeyida Sh.Seytovning hayoti va ijodi bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etish, ekskurs darslarini o‘tishda va ilmiy-nazariy anjumanlarda ma’ruza shaklida targ‘ib etildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirligining 2017 yil 14 oktyabrdagi 2-04/1029-1-son ma’lumotnomasi). Shu asnoda yozuvchi Sh.Seytovning nasriy asarlarining o‘ziga xosligi va qahramon ruhiy olamini in’ikos etishdagi ma’naviy–ma’rifiy yangiliklarini joriy etish imkonini bergan;
badiiy adabiyotning yosh avlodni vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyatiga doir ilmiy-nazariy qarashlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi radiokanalining 2017 yil aprel` oyidagi «So‘nmas yulduzlar» va «Adabiy portret» eshittirishlarini tayyorlashda amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2017 yil 17 apreldagi 01-02/160-son ma’lumotnomasi). Natijada radioeshittirishlarning ilmiy dalillarga boy bo‘lishini ta’minlagan hamda Sh.Seytov ijodi keng targ‘ib qilinishiga erishilgan.