Yakubova Go‘zal Asatullaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktabgacha yoshda kognitiv rivojlanishga deprivatsiya ta’sirining psixologik xususiyatlari», 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Psi16.

Ilmiy rahbar: Nishonova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Psi.01.07.

Rasmiy opponentlar: Jabborov Azim Meliqo‘zievich, psixologiya fanlari doktori, professor; Tuychieva Saodat Melikuzievna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv rivojlanishga psixik deprivatsiya ta’sirining psixologik asoslarini ishlab chiqishni takomillashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

psixik deprivatsiyaning maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda mayda va yirik motorikaning rivojlanishiga salbiy ta’siri aniqlangan;

maktabgacha yoshdagi bolalarda psixik deprivatsiya vujudga kelishiga ta’sir etuvchi ob’ektiv (atrof-muhit va yopiq muassasa ta’siri) va sub’ektiv (kattalarning bolalarga emotsional munosabati) omillar aniqlangan;

maktabgacha yoshdagi bolalarda hayotiy muhim ehtiyojlari qondirilmasligining bolada kognitiv soha rivojlanishiga salbiy ta’siri hamda bilishga oid motivlarning yo‘qolishiga olib kelishi aniqlangan;

deprivatsiya namoyon bo‘lishiga oiladagi emotsional iliq munosabat etishmasligining salbiy ta’siri hamda buning natijasida bolalarda psixik rivojlanishda orqada qolishi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Maktabgacha yoshda kognitiv rivojlanishga deprivatsiya ta’sirining psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

maktabgacha yoshdagi deprivatsiyalashgan bolalarning kognitiv, ijtimoiy va emotsional sohalarini empirik jihatdan aniqlashda psixodiagnostik metodlar dasturini Vazirlar Mahkamasining  2007 yil 25 oktyabrdagi 225-sonli qarori ijrosi va “O‘zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi Nizom”ning 3, 23, 28, 35-bandlarini bajarish bo‘yicha ishlab chiqilgan maktabgacha yoshdagi bolalarda deprivatsiyaning oldini olishga qaratilgan psixodiagnostik komplek va amaliy psixokorreksion dasturdan mehribonlik uylari amaliyotiga tatbiq etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 31 yanvardagi 01-02/1-3-22-son ma’lumotnomasi) Natijada ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar, ota-ona qaramog‘isiz qolib mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalar hamda noto‘liq oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarda deprivatsiya vujudga kelishining oldini olish hamda ularni psixik, emotsional hamda intellektual jihatdan rivojlantirishda ijobiy natijalarga erishilgan.  

maktabgacha yoshdagi deprivatsiyalashgan bolalarda psixodiagnostik va psixokorreksion kompleks dastur O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim To‘g‘risidagi Qonunining III bo‘lim, 22-moddasida belgilangan “Etim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish” hamda Vazirlar Mahkamasining  2008 yil 17 oktyabrdagi 230-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Mehribonlik uyi to‘g‘risida»gi  nizomdagi bandlar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 31 yanvardagi 01-02/1-3-22-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni ta’lim muassasalarida amaliyotga joriy qilish ota-ona qaramog‘isiz qolib tarbiyalanayotgan bolalar hamda noto‘liq oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarda deprivatsiya vujudga kelishining oldini olish hamda ularni psixik, emotsional hamda intellektual jihatdan  rivojlantirishda ijobiy natijalarga erishishga xizmat qilgan;

turli ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan maktabgacha yoshdagi deprivatsiyalashgan bolalarni o‘rganish bo‘yicha tizimlashtirilgan psixodiagnostik metodikalar Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 24-, Buxoro viloyati “Bolalar uyi”, Samarqand viloyati 9-, Namangan viloyati 26-mehribonlik uyilarining maktabgacha yoshdagi ota-ona qaramog‘isiz qolgan tarbiyalanuvchilari, Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan 92-, 602- maktabgacha ta’lim muassasalarida, SOS – O‘zbekiston bolalar mahallalari uyushmasi Toshkent shahri va Sirdaryo viloyati Guliston shahri filiallarida Yo 1-14 raqamli yosh olimlarning “Maktabgacha yoshdagi bolalarda deprivatsiyaning psixologik xususiyatlari” nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (SOS–O‘zbekiston bolalar mahallalari uyushmasining 2017 yil 17 yanvardagi 70-son ma’lumotnomasi) Natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi, ilmiy-uslubiy ta’minotni takomillashtirish imkoniyati yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish