Ayrapetova Alyona Gennad`evnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlarda noto‘g‘ri diniy tushunchalarni shakllantiruvchi shaxs xususiyatlari» 19.00.01–Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Psi35.
Ilmiy rahbar: Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Psi.01.07.
Rasmiy opponentlar: Muxamedova Dil`bar Gafurjanovna, psixologiya fanlari doktori; Kodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent islom universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yoshlarda diniy noto‘g‘ri tushunchalarning shakllanishini belgilab beruvchi shaxs xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diniy noto‘g‘ri tushunchalarga ega yoshlarga past diniy savodxonlik, ta’sirga beriluvchanlik, baland konformlilik, eksternal lokus nazorati, frustratsiya, demonstrativlik (namoyishkoronalik), xavotirli, ta’sirlanuvchan, distim va paranoyalik tiplari bo‘yicha aksentuatsiyalar borligi, diniy addiksiya kabi shaxs hislatlari xosligi isbotlangan;
yoshlarda diniy noto‘g‘ri tushunchalarning shakllanishiga ijtimoiy omillar ta’sir ko‘rsata olishi asoslangan;
shaxs hislatlari miqdoriy diapazonlarda namoyon bo‘lganda diniy noto‘g‘ri tushunchalar hosil bo‘lishiga olib kelishi dalillangan;
shaxs hislatlari ichida yaqqol ifodalangan va bir nechta kuchli ifodalangan fazilatlar ajratib ko‘rsatilgan va ular asosida diniy noto‘g‘ri tushunchalar shakllanishiga ko‘maklashadigan shaxs xususiyatlari ierarxiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yoshlarda diniy noto‘g‘ri tushunchalarning shakllanishini belgilab beruvchi shaxs xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
o‘zining diniy noto‘g‘ri fikrlaridan voz kechmagan, diniy-ekstremistik g‘oyalarning ashaddiy tarafdorlari bo‘lgan shaxslar bilan olib borilgan psixodiagnostika natijalari asosida, diniy noto‘g‘ri tushunchalarning saqlanib qolishiga moyillikni belgilovchi individual xususiyatlar va ustun fazilatlarni inobatga olgan holda, qo‘llanilayotgan usullarning (tushuntirish, ishontirish, ixlos tug‘dirish) samaradorligini oshirishga qaratilgan korreksion ishlar bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘quv-dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi ilmiy-amaliy markazning 2017 yil 28 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari talaba yoshlarda diniy noto‘g‘ri tushunchalarni to‘g‘ri shakllantirishga xizmat qilgan;
respondentlarning individual xususiyatlarini hisobga olib, diniy tolerantlikni shakllantirishga qaratilgan psixologik usullarni qo‘llagan holda tarbiyaviy ishlar bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining o‘quv jarayonlariga joriy qilingan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi ilmiy-amaliy markazning 2017 yil 28 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasasi faoliyatida talabalarda diniy noto‘g‘ri tushunchalarning mohiyati va shakllanishi mexanizmini ochib berishga xizmat qilgan;
diniy savodxonlikni oshirish, yuksak ma’naviyatni mustahkamlash, dunyoviy qarashlarga asoslangan barqaror fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, yoshlar orasida ksenofob maqsadlar va diniy ekstremizmni oldini olish bo‘yicha tavsiyalardan Toshkent islom universiteti va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining o‘quv jarayonlarida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 29 noyabrdagi 89-03-3036-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari talabalarda diniy savodxonlikni oshirish, yuksak ma’naviyatni mustahkamlash, dunyoviy qarashlarga asoslangan barqaror fuqarolik pozisiyasini shakllantirish imkonini bergan.