Xalikov Ulug‘bek Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda fond bozori orqali investision faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirish». 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Iqt.40.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Farxod Isamovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusanov Nodir Jumaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotningmaqsadi: O‘zbekistonda fond bozori orqali investision faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fond bozori faoliyatini yanada rivojlantirish uchun uzoq muddatli va yuqori daromad keltiruvchi vositalarni muomalaga kiritish, xususan, qimmatli qog‘ozlar vositasi sifatida «infratuzilmaviy obligatsiya»lardan foydalanish orqali investisiyalarni moliyalashtirish taklif qilingan;
qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini takomillashtirishning samarali usullaridan biri sifatida «depozitar tilxat» vositasidan foydalanishning ilmiy-uslubiy asoslari takomillashtirilgan;
mamlakatdagi muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan va likvidlik darajasi yuqori bo‘lgan kompaniyalarning fond bozoridagi ishtiroki ko‘lamini oshirish hamda qo‘shimcha qimmatli qog‘ozlar chiqarish mexanizmi takomillashtirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investor va menejerlarni jalb etish jarayonlarini faollashtirish maqsadida ularning ustav kapitallarida davlat ulushlarini qisqartirishning samarali yo‘llari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda fond bozori orqali investision faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
fond bozori faoliyatini yanada rivojlantirish uchun uzoq muddatli va yuqori daromad keltiruvchi vositalarni muomalaga kiritish, xususan, qimmatli qog‘ozlar vositasi sifatida «infratuzilmaviy obligatsiya»lardan foydalanish orqali investisiyalarni moliyalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 3 iyundagi O‘RQ-387-son Qonuni bilan tasdiqlangan «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahririga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2017 yil 7 dekabrdagi YoT/15-04-32-10/205-2216-son ma’lumotnomasi). Natijada moliya bozori faoliyati yanada takomillashib, investisiyalarni moliyalashtirish manbalarini kengaytirish imkoni yaratildi;
qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini takomillashtirishda «depozitar tilxat» vositasidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 3 iyundagi O‘RQ-387-son Qonuni bilan tasdiqlangan «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahririga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2017 yil 7 dekabrdagi YoT/15-04-32-10/205-2216-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy fond bozorining xorijiy investorlar uchun jozibadorligini oshirish huquqiy-uslubiy asoslarini takomillashish imkoni yaratildi;
xorijiy investisiyalarni jalb etishni kengaytirish, qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yo‘li bilan mamlakatdagi muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan va likvidlik darajasi yuqori bo‘lgan kompaniyalar aksiyalarining fond bozoridagi ishtiroki ko‘lamini oshirish taklifi «Toshkent» Respublika fond birjasi amaliyotiga joriy qilindi (2016 yil 14 dekabrdagi 01/08-07-1714-son ma’lumotnoma). Buning natijasida respublika fond birjasida tuzilgan bitimlar hajmi 10 foizga ortdi;
aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investor va menejerlarni jalb etish, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallarida davlat ulushlarini qisqartirish taklifi «Toshkent» Respublika fond birjasi amaliyotiga joriy qilindi (2016 yil 14 dekabrdagi 01/08-07-1714-son ma’lumotnoma). Buning natijasida respublika fond birjasi savdo aylanmasi hajmining 49 foizga oshishiga erishildi.