Kdirbaeva Gulzira Kurbanbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Man» - «adam» konseptosferasi birliklarining lingvomadaniy va lingvokognitiv xususiyatlari (ingliz va qoraqalpoq tillari misolida)», 10.00.06– Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: D2017.2.PhD/Fil180
Ilmiy rahbar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.27.07.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Quronbekov Axmatqul, filologiya fanlar doktori, professor; Seytjanov Jetkerbay Elubaevich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz va qoraqalpoq lisoniy madaniyatlarida «man» - «adam» konseptosferasi birliklarining lingvokognitiv va lingvomadaniy ifodalanish xususiyatlarin ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qiyoslanayotgan madaniyatlardagi «man» - «adam» konseptosferasining voqelantiri-lishi holatlari, konseptosferaning madaniyatlararo lingvokognitiv va lingvomadaniy o‘ziga xos xususiyatlari dalillangan;
«man» - «adam» konseptosferasiga oid «man», «adam», «mother», «ana», «father», «ata», «adult», «g‘arri», «child», «bala», «person», «shaxs», «human», «insan», «erkek», «man», «hayal», «woman» konseptlarning lisoniy voqelanish usullari va vositalari ishlab chiqilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillari nominativ maydonida «man» - «adam» konseptosfera-sini izohlovchi “odam” universal va milliy o‘ziga xos komponentlarning farqlari isbotlangan;
konseptosferaning ingliz va qoraqalpoq madaniyatining badiiy, paremiologik, fol`klor va sakral matnlarida lisoniy verballashuvi dalillangan;
definision tahlil, etimologik tahlil, kontekstual tahlil, konseptosferani voqelantiruvchi sinonimik birliklar, olamning milliy manzarasining paremiyalarda voqelanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz va qoraqalpoq olam milliy lisoniy manzarasidagi «man» - «adam» konseptosferasi birliklarining o‘ziga xos voqelanishga oid ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
qoraqalpoq milliy lisoniy birliklarining kognitologiya va lingvomadaniyatshunoslik yo‘nalishlari bilan bog‘liq nazariy xulosalaridan FA-F1-G003 raqamli «Hozirgi Qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasash» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 12 sentyabrdagi FTA 02-11/636-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi qoraqalpoq tilshunosligida matnlarni lingvokognitiv va lingvomadaniyatshunoslik aspektlarida talqin qilish turli konseptosferalarga oid birliklarining lisoniy voqelanishiga oid ma’lumotlaridan foydalanish imkonini bergan;
«adam» konseptosferasining konseptual tahlil tizimi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalaridan FA-F1-G007 raqamli «Qoraqalpoq naql-maqollarining tilshunoslik ob’ekti sifatida tadqiqi» mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihada foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining yoshlar siyosati va ma’naviy ma’rifiy masalalari bo‘yicha kotibiyati 2017 yil 19 oktyabrdagi 5-376-son ma’lumotnomasi). Natijada «adam» konseptosferasi birliklarining paremiologik olam manzarasi voqelantiruchilarining konseptual maydonidagi o‘ziga xos xususiyatlarin ochib berishga xizmat qilgan;
«man» - «adam» konseptosferasi bilish ob’ekti sifatida barcha tillar va madaniyatlar sohiblari uchun universal hodisa ekanligi, o‘ziga xos idrok etish xususiyatlarining lisoniy voqelanishi va borliqni kategoriyalashdagi ahamiyati har bir milliy tilda idioetnik tabiati bilan bog‘liq natijalaridan «5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili va adabiyoti)», «5111400-Xorijiy til va adabiyoti» bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va «5A120102-Lingvistika (ingliz tili)», «5A120102 -Lingvistika (Qoraqalpoq tili)» magistratura mutaxassisliklarining ilmiy faoliyati mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 10 oktyabrdagi 89-03-2308-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va qoraqalpoq xalqlariga xos olamni idrok qilish, «man» - «adam» konseptosferasi birliklari voqelanishining idioetnik hususiyatlarini ochib berishga imkon bergan.