Komilova Adiba Zokirjonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda glossalgiyani davolashni takomillashtirish»,14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1943.
Ilmiy rahbar: Ibragimova Malika Xudayberganovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Blashkova Svetlana L`vovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Bekjanova Ol`ga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bashkordiston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 bilan xastalangan va glossalgiya tashxisi bilan asoratlangan bemorlarda glossalgiyani davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 bilan xastalangan va glossalgiya tashxisi bilan asoratlangan bemorlarda immun tizimining pasayishi va organizmning shartli potagen mikroflorasining o‘zgarishi oqibatida Staphylococcus aureus, escherichia Coli, candida albicans rivojlanishi og‘iz bo‘shlig‘idagi kislotalik muhitning o‘zgarishi va mikrobiotsenozi bilan bog‘liqligi asoslangan;
COVID-19 bilan xastalangan va glossalgiya tashxisi bilan asoratlangan bemorlarda bosh va bo‘yin qon tomirlarnig torayishi natijasida tilda kuchli og‘riq va achishish paydo bo‘lishi natijasida qon tomirlarining o‘tkazuvchanlik holati RI periferik qarshilik indeksining o‘zgarishiga bog‘liqligi isbotlangan;
COVID-19 bilan xastalangan va glossalgiya tashxisi bilan asoratlangan bemorlarda o‘limdan qo‘rquv va xavotirlikni ortishi, organizmining funksional imkoniyatlarni pasaytirish, bemorlarda ruxiy zo‘riqishning ortishi natijasida til paresteziyasini ortishiga olib kelishi asoslangan;
COVID-19 bilan xastalangan va glossalgiya tashxisi bilan asoratlangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘idagi noinvaziv davolashda nurlantirish natijasida uyqu arteriyasida qon aylanishini yaxshilash va o‘tkazuvchanligi oshirish orqali kasallik asoratlari kamaytirilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 kasalligi bilan og‘rigan bemorlardagi glossalgiyani davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
COVID-19 ni boshdan kechirgan glossalgiya bilan xastalangan bemorlarda kliniik kechish xususiyatlari va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Reabilitatsiya bosqichida COVID-19 bo‘lgan glossalgiya bilan xastalangan bemorlarning klinik-funksional diagnostikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 apreldagi 8 nr/363-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar COVID-19dan so‘ng glossalgiya bilan og‘rigan bemorlarni LDF yordamida tashxislash samarasini oshirish imkonini bergan;
COVID-19 bilan kasallangan glossalgiya bilan og‘rigan bemorlarda davolashni takomillashtirish olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «COVID-19 bo‘lgan glossalgiya bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 apreldagidagi 8 nr/364sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar SOVID-19 bo‘lgan glossalgiya bilan xastlangan bemorlarda Lazmik-Vlok apparati yordamida noinvaziv usulda qo‘llash tavsiya etilgan, davolash usuli o‘z samaradorligini oshirish imkonini bergan.
COVID-19 bo‘lgan glossalgiya bilan og‘rigan bemorlarda davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan «TORTINCHI» MChJ (Toshkent shaxar) stomatologik poliklinikasi va Olmazor tumani «Kamelot med servis» MChJ (Toshkent shaxar) stomatologik poliklinikasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 6 may 2022 y. 8n-z/221-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar COVID-19 bo‘lgan glossalgiya bilan kasallanishni davolashga samarali ta’sir qilishi, mikrobiotsenozda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilishi, og‘riq simptomini kamaytirib, 90 kundan so‘ng og‘riq sindromi 1,26 martaga, 180 kundan keyin 1,80 marta pasayganligi va bemorlarda klinik ko‘rsatkichlarning sezilarli yaxshilanishiga imkon bergan.