Xramova Natal`ya Vladimirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuzni yumshoq to‘qimalar nuqsonlarida to‘qima injenerlik konstruksiyasidan foydalanish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/Tib313.
Ilmiy rahbar: Amanullaev Rustam Azimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Yaremenko Andrey Il`ich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rosssiya Federatsiya); Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich,tibbiyot fanlari doktori, professor; Gulyamov Surat Saidvalievich,tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Qozon davlat tibbiyot Universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fibroblastlar bilan turli rezorbsiyalanuvchi va rezorbsiyalanmaydigan tashuvchilarda to‘qima-muhandislik konstruksiyalardan foydalangan holda yuz terisi va yumshoq to‘qimalarining shikastlangan sohalarini reparativ regenerasiyasini muqobillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qaynatilgan ipak doka, polimerli biokol-plyonkasi, sellyuloza asosidagi metilen ko‘k bilan qoplama va Saphora japonica dan flavonoidlar bilan qoramol kollageni to‘qima-muhandislik konstruksiyasi uchun taglik sifatida qo‘llanilganida fibroblastlar kul`turasi uchun tekshirilayotgan tashuvchilarning toksik emasligi haqida dalolat beruvchi, metabolik faol fibroblast hujayralarining ko‘payishi va proliferativ faollik ortishi isbotlangan;
polimerli biokol-plyonkasi, sellyuloza asosidagi metilen ko‘k bilan qoplama va Saphora japonica dan flavonoidlar bilan qoramol kollageni,  to‘qima-muhandislik konstruksiyasi, qaynatilgan ipak doka va dermal allofibroblastlar asosidagi to‘qima-muhandislik tuzilmalarini qo‘llashda, organizmga toksik ta’sir yo‘qligini tasdiqlovchi, ALT, ACT fermentlari, ishqorli fosfataza darajasining ortishi, gamma-glutamiltranspeptidaza, umumiy oqsil, albumin, xolesterin, glyukoza, umumiy bilirubin tarkibi esa fiziologik me’yordan tashqariga chiqmaganligi aniqlangan;
polimerli biokol-plyonkasi, sellyuloza asosidagi metilen ko‘k bilan qoplama va Saphora japonica dan flavonoidlar bilan qoramol kollageni va dermal allofibroblastlar asosidagi to‘qima-muhandislik tuzilmalari dag‘al biriktiruvchi to‘qima shakillanishini oldini oluvchi, yarada yangi qon tomirlarini hosil bo‘lish jarayonini faollashtirish hisobiga yuz to‘qimalarining chuqur nuqsonlarida granulyasion to‘qima hosil bo‘lish sifatini yaxshilashi aniqlangan;
terining yuza nuqsonlarida qo‘llaniluvchi to‘qima-muhandislik konstruksiyasi yaraga migratsiya jarayonida derma regeneratsiyasi uchun o‘sish omilini ajratuvchi, fibroblastlar uchun mexanik va tayanch vazifani bajarib, teri qoplamini tiklashga ko‘maklashishi aniqlangan;
tadqiqot ma’lumotlarga asoslangan qaynatilgan ipak doka va dermal allofibroblastlardan tayyorlangan to‘qima-muhandislik konstruksiyasining qo‘llanilishida teri nuqsonlarini bitish tezligini baholash bo‘yicha taklif etilgan matematik-statistik usul terining yuza nuqsonlarida davolash natijalarini bashoratlash imkonini berishi aniqlangan;
yallig‘lanishli leykositlar infiltrasiyasini kamayishi va qon aylanishning yaxshilanishi hisobiga yuz-jag‘ sohasi nuqsonlari atrofidagi to‘qimalarning holatini yaxshilashda autofibroblastlarning hususiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yumshoq to‘qimalarning yuzaki va chuqur nuqsonlarini davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuzning yumshoq to‘qimalari nuqson va deformasiyalarini bartaraf etish usullarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida “Yuz yumshoq to‘qimalarining nuqsonlari va deformasiyalarini bartaraf etishda rekonstruktiv operasiyalar usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 sentyabrdagi 8n-r/806-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yuzning yumshoq to‘qimalari nuqsonlari va deformasiyalari uchun davolash taktikasi samaradorligini oshirish imkonini bergan;
yuz-jag‘ sohasida foydalanish uchun to‘qima-muhandislik tuzilmalarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Yuz-jag‘ sohasida to‘qima muhandislik tuzilmalarini qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 sentyabrdagi 8n-r/807-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yuz-jag‘ sohasi terisining yuzaki nuqsonlari va yumshoq to‘qimalarning chuqur nuqsonlarining regeneratsiyasini rezorbsiyalanuvchi va rezorbsiyasiz tashuvchilar va dermal fibroblastlardagi to‘qima-muhandislik tuzilmalar yordamida muqobillashtirish imkonini bergan;
zamonaviy hujayraviy texnologiyalarni o‘rganish va tahlil qilishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida “Zamonaviy hujayraviy texnologiyalari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 sentyabrdagi 8n-r/808-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yuzning yumshoq to‘qimalari nuqsonlarida biotexnologiyaning zamonaviy yo‘nalishlari va hujayra terapiyasining istiqbollari haqida tushunchani oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining kattalar yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limi, Toshkent shahar shoshilinch tibbiy yordam Klinik shifoxonasining shoshilinch yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 oktyabrdagi 8n-z/373-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi teri nuqsonlarining yuza va yumshoq to‘qimalarning chuqur nuqsonlarini normal regeneratsiyasi uchun sharoit yaratish va kelgusida keng qo‘llanilishi uchun raqobatbardosh xujayra mahsulotini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish